Kafedrasi


Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar auditini takomillashtrish



Download 62.35 Kb.
Page6/7
Date12.03.2024
Size62.35 Kb.
#63818
1   2   3   4   5   6   7
Berdiyor Kurs
Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar auditini takomillashtrish

Foyda korxonalar tomonidan yil davomida budjet oldidagi foyda (daromad) dan ajratma bo’yicha majburiyatlarni bajarish uchun ishlatiladi. Yil davomida budjetga daromad (foyda) dan ajratma bo’yicha bo’nak to’lanmalar va haqiqiy foydadan qaytadan hisoblash bo’yicha to’lanmalar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 9810-«Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar» va 9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyoti. Bular tranzit schyotlar bo’lib kontrpassiv schyotlariga mansubdir. Ushbu schyotlarning debet oborotlari yil davomida daromad (foyda) dan budjetga ajratma bo’yicha to’lanmalar summasini ko’rsatadi. Hisobot davri oxirida yillik hisobotini tuzishda bu schyotlar yopiladi va ularda yil boshiga qoldiq qolmaydi.
Foyda (daromad) dan ajratiladigan soliqlarni hisoblash va to’lash qonunchilik va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Yil davomida budjetga foydadan ajratma, yig’im va boshqa ajratmalar hisoblanganda 9810 va 9820 schyotlari debetlanib 6410 -«Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz» schyoti kreditlanadi. Ushbu foydadan ajratma, yig’im va boshqa ajratmalar budjetga o’tkazib berilganda 6410- schyot debetlanib, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi.
Hisobot yili oxirida bu schyot quyidagi yopiladi: Dt 9910- «Yakuniy moliyaviy natija», Kt 9810, 9820 - schyotlar.
Foydadan ajratma, yig’im va boshqa ajratmalarni hisobga oladigan 9810 va 9820 - schyotlarning sintetik va analitik hisoblari bankning hisob - kitob schyotidan berilgan ko’chirmasiga va boshqa hujjatlarga asosan 15 - jurnal - orderda yuritiladi.
Odatda korxona faoliyatining yakuniy moliyaviy natijasi yil oxirida aniqlanadi. Buning uchun korxona buxgalteriyasida 9910- «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti ochiladi. Bu schyot hisobot yilida korxona faoliyatining yakuniy moliyaviy natijasini shakllanishi to’g’risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan.
Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) quyidagicha aniqlanadi: asosiy faoliyatdan olingan moliyaviy natija (foyda) ga moliyaviy faoliyatdan olingan daromad va favquloddagi foyda summasi qo’shiladi va shu faoliyatlardan sodir bo’lgan zarar (xarajat) lar olib tashlanadi.
9910- «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti tranzit bo’lib aktiv - passiv schyotlarga mansubdir. Debeti bo’yicha xarajatlar, krediti bo’yicha - korxonaning foydasi aks ettiriladi. Bu schyotning debet oboroti bilan kredit oborotini solishtirish yo’li bilan hisobot davridagi yakuniy moliyaviy natija aniqlanadi.
BHir hisobot davrining oxirida 9910- «Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debet va kredit tomonlari ko’rsatkichlari jamlanib bu schyotning umumiy saldosi hisoblab chiqariladi. Ҳisoblab topilgan saldo hisobot davrida soliqqa tortilgunga qadar bo’lgan umumiy balans foydasi (yoki zarari) ni ko’rsatadi.
Hisobot yilining oxirida 9810- «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar», 9820 «Foydadan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyotlarida foyda (daromad) dan hisoblangan umumiy summa aks ettiriladi. Yillik hisobotni tuzishda oxirgi buxgalteriya o’tkazmalari bilan hisoblangan soliq va yig’imlar summasi, ilgari aytilganidek, quyidagi hisobdan chiqariladi: Dt 9910-«Yakuniy moliyaviy natija», Kt 9810-«Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar» yoki Kt9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyotlari.
9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotida qolgan sof foyda (yoki zarar) summasi quyidagi yozuv bilan taqsimlanmagan foydaga o’tkaziladi:
Sof foyda summasiga - Dt 9910-«Yakuniy moliyaviy natija», Kt 8710- «Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)». Zarar summasiga esa, Dt 8710, Kt 9910 - «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti.
Korxona faoliyatining boshidan yig’ib kelingan va hisobot davrida sodir bo’lgan mavjud taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar summasining harakati to’g’risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» va 8720-«Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)» schyotlari. Bu schyotlar nazariy jihatdan passivdir, lekin amaliyotda 8710-schyot debet saldoga ham ega bo’lishi mumkin, ya’ni korxona hisobot davrini zarar bilan yakunlashi ham mumkin.
Jamg’arilgan foyda - bu har qanday zararlar, dividendlar va mulkdorlar qarori bo’yicha hususiy kapitalga reinvestitsiya qilingan summalar chiqarilib tashlangandan qolgan xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyatini boshidan boshlab olgan sof foydasidir.
8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotida korxonaning hisobot yili bo’yicha taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) hisobga olinadi.
Dividendlar va mulkdorlar qaroriga binoan boshqa ajratmalar qilingandan so’ng hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotidan 8720-«Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)» schyotiga o’tkaziladi.
Ilgari aytganimizdek, 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyoti, agar xo’jalik faoliyatidan olingan foydasidan zararlari va to’langan dividendlari ko’p bo’lsa, debet saldoga ham ega bo’lishi mumkin. Bunday hollarda zarar summasi quyidagi yozuv bilan jamg’arilgan foydani kamaytirishga o’tkaziladi: Dt 8720-«Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)», Kt 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyoti.
Тaqsimlanmagan foydadan zaxira kapitalini shakllantirish uchun ajratiladi. Bunda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)», Kt 8520- «Zaxira kapitali» schyoti.
Тaqsimlangan foydadan dividendlar hisoblansa, 8710- schyot debetlanib, 6610- «Тo’lanadigan dividendlar» schyoti kreditlanadi. Dividendlar to’langanda, 6610 «Тo’lanadigan dividendlar» schyoti debetlanib quyidagi schyotlar kreditlanadi: 5010, 5110, 5210- schyotlar. Pul mablag’lari bilan yoki 9010- «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar» schyoti - sotish bahosida ishlab chiqarilgan mahsulot bilan to’lansa, shu bilan birga natura shaklida to’langan mahsulotning haqiqiy tannarxiga 9110- «Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi» schyoti debetlanib, 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti kreditlanadi.
4610-«Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi» schyoti - dividendlar aksiyalar bilan to’lansa, 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotining sintetik va analitik hisobi 15-jurnal - orderida yuritiladi. Bu jurnal - orderga yozish uchun asos bo’lib buxgalteriyaning ma’lumotnomasi, bankning hisob - kitob schyoti va boshqa schyotlardan bergan ko’chirmasi va boshqa hujjatlar hisoblanadi. Chorak va hisobot yili oxirida jurnal - order ko’rsatkichlari chorak va yillik hisobot shakllarini tuzish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Asosiy vositalar obyektlarini ishchi holatda ushlab turish ularni tamirlash yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Joriy tamir — asosiy vositalar obyektini ishchi holatida ushlab turish maqsadida amalga oshiriladigan tamirlashdir. O’rta ta’mirda tamirlanadigan agregatni qisman ajratib yig’ish yoki detallar qismlarini qayta tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi.
Uskuna va transport vositalarini kapital tamirlash agregatni to’liq ajratib yig’ish, bazaviy va korpus detallari va uzellarni ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig’ish, sozlash va sinash amalga oshiriladigan tamirlashdir.
Bino va inshootlarni kapital tamirlash — bazaviy va korpus detallari va uzellarini tamirlash, barcha eskirgan konstruksiyalarning detallari va uzellarini almashtirish yoki tiklash ishlari amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
Obyektni ishchi holatida ushlab turish va undan foydalanishda kelgusidagi iqtisodiy manfaatning dastlab aniqlangan malum summasini olish maqsadida amalga oshirilgan xarajatlar ular tegishli bo’lgan hisobot davri xarajatlari tarkibiga olib boriladi. Ishlab chiqarish asosiy vositalarini ishchi holatida saqlab turish xarajatlari va ishlab chiqarish asosiy vositalarning barcha turdagi ta’mirlashini o’tkazish bilan bog’liq xarajatlar mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga, mamuriy va ijtimoiy, madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan asosiy vositalar obyektlari bo’yicha esa davr xarajatlari tarkibiga olib borilali.
Zarur holatlarda, alohida sohalarning xo’jalik yurituvchi subyektlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan kapital tamirlash ishlarini o’tkazish uchun mablag’lar zaxiraini tashkil etishlari mumkin. Mazkur zaxira bo’yicha ajratmalar "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar" elementi tarkibida aks ettiriladi, u asosiy vositalarning har bir obyektini kapital ta’mirlanishdan o’tkazishning davriyligi va unga ketadigan xarajatlarning taxminiy baholangan qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Zaxira bo’yicha ajratmalar meyori har bir hisobot davri oxirida qayta ko’rib chiqiladi va zarur hollarda yangi moliyaviy yil uchun ajratmalar hajmi ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Agar kapital tamirlash uchun zaxira qilingan mablag’lar summasi mazkur obektning tamirlashiga ketgan haqiqiy xarajatlardan oshib ketsa, ortiqcha summa tuzatib qo’yilishi kerak; agarda haqiqiy xarajatlar zaxira qilingan mablag’lar summasidan oshib ketsa, unda ortiqcha summa "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlari" elementi tarkibida aks ettiriladi.
Zaxiralarni hisoblash bo’yicha operatsiyalar 8910 - «Kelgusidagi xarajatlar va to’lovlar zaxiralari" schyoti krediti va harajatlarni hisobga oluvchi schyotlar debeti bo’yicha aks ettiriladi.
Zaxira qilingan mablag’lar summasi hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajat va to’lovlar, 8910 - «Kelgusilagi xarajatlar va to’lovlar zaxiralari" schyotining debeti hamda xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti yozuvi orqali, zaxiralarning kamayishiga olib boriladi.

Xulosa
Moliyaviy natijalar - korxona faoliyatining yakuniy natijasini tasniflovchi ko’rsatkich bo’lib, balansning foyda va zarari haqidagi umumiy ma’lumotlarni buxgalteriya hisobida qiymat ko’rinishida ma’lum davrga aks etishidir. Shuningdek, korxonalarda hisobot davri ichida sodir bo’lgan xarajatlar va daromadlarni tan olish, dastlabki hisob ma’lumotlarni aniqlashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobi va hisobotlarida to’g’ri hisobga olishning nazariy –uslubiy asoslarini mukammallashtirish hisob tizimini tashkil qilishda muhim ijobiy natijalarga erishiladi.
Asosiy vositalar obyektlari chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija, asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan daromad summasidan ularning qoldiq qiymatini hamda asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog’liq egri soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
Asosiy vositalar obektlarining chiqib ketishidan ko’rilgan moliyaviy natijani aniqlashda, ilgari qayta baholangan asosiy vositalar obektlarini qo’shimcha baholash summasining qoldig’i, ya’ni avvalgi qo’shimcha baholash summalarining asosiy vositalar ushbu obyektining avvalgi arzonlashtirilgan summasidan oshib ketgan qismi, asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan daromad tarkibiga kiritilib, ayni vaqtda 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti bo’yicha zaxira kapitali kamayadi.
Savdo-tijorat korxonalarida buxgalteriya hisobi va auditni xalqaro standartlar asosida tashkil etishni takomillashtirish borasida berilgan ilmiy tavsiya va takliflarni qo’yidagicha umumlashtirish mumkin: 1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida respublikamiz iqtisodiyotini savdo korxonalarining ahamiyati, ularni tashkil qilish va rivojlantirish zaruriyatiga asoslangan. Unda savdo va tijorat korxonalarining umumiy hamda farqli jihatlari iqtisodchi olimlar fikrlari asosida ifodalab ko’rsatilgan. 2. Savdo korxonalarida dastlabki va yig’ma hujjatlarni takomillashtirish, tovarlarning kirimi va chiqimi, jo’natish va sotish muomilalarini hisobga olishni auditini, tovarlar inventarizatsiya natijalarini to’g’ri rasmiylashtirish imkonini beradigan hujjatlarni takomillashtirish borasida tavsiyalar ishlab chiqish. 3. Savdo korxonalari tovar boyliklarining auditning xalqaro va milliy standartlar asosida takomillashtirish yo’nalishlari atroflicha tadbiq etilgan. Jumladan; unda savdo korxonalarida tovarlarni shartnomalari asosida sotish hisobini mukammallashtirish borasida muhim takliflar berilgan. 4. Hozirgi kunda savdo korxonalari amaliyotida sotilgan tovarlari bilan ularga tegishli soliqlar va to’lovlar, sotilmagan tovarlarga soliq to’lashni, tovarlarni rastalarga turib qolishi, sifatini buzilishi va yakuniy moliyaviy natijasi kamaytirib ko’rsatilyotganligini ta’kidlash lozim va audit sohasida tekshirilishini yaxshilash. 5. Savdo korxanalari savdosi auditini xalqaro standartlarga asoslangan schyotlar rejasi bo’yicha yuritish tartibi ishlab chiqilgan hamda sotish xarajatlarini hisobga olish bo’yicha muhim tavsiyalar aytib o’tilgan. Masalan: savdo 67 korxonalari faoliyati uchun ishchi schyotlar rejasi taklif etilgan. 21-sonli buxgalteriya hisobi milliy standarti tarkibida 3010-“Savdo ustamasi” 3020-“Savdo chegirmasi” kabi schyotlarni ochish hamda ularga aloqa schyotlari taklmf qilingan. 6. Savdo korxanalari auditini tashkil qilishning ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek savdoda audit o’tkazishda audit rejasi va audit dasturining namunaviy shakli tavsiya etilgan. 7. Savdoda auditorlik tekshiruvi bo’yicha muhim nazariy-amaliy takliflar keltirilgan. Jumladan; savdo korxonalarida nobudgarchiliklar, kamomadlar va yo’qotishlarni hujjatlashtirish, ularga oid muomilalarni buxgalteriya schyotlarida aks ettirish va audit qilishda uslubiy ko’rsatmalar berilgan. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, savdo korxonasida auditorlik tekshiruvlarining o’z vaqtida o’tkazib turilishi savdo tashkilotlarning befoyda, ortiqcha xarajatlarni qisqartirishi hamda mamlakat doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni aholiga tez va sifatli ravishda etkazish, ma’lum qonun-qoidalar va me’yoriy xujjatlar asosida yuqori foyda olib ishlashini ta’minlaydi.


Download 62.35 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page