Kafedrasi


Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar auditini o’tkazish



Download 62.35 Kb.
Page5/7
Date12.03.2024
Size62.35 Kb.
#63818
1   2   3   4   5   6   7
Berdiyor Kurs
Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar auditini o’tkazish.

Favqulodda foyda va zararlar - bu korxonaning xo’jalik faoliyatida nihoyatda kam sodir bo’ladigan, uning uchun odat bo’lmagan va korxonada boshqaruv qarorlarini qabul qilish natijasi bilan bog’liq bo’lmagan voqealardan olinadigan daromad va xarajatlardir. U yoki bu moddani favqulodda daromad va xarajat tarzida aks ettirilishi uchun quyidagi uchta talablarga javob berishi kerak:

  • o’z xarakteri bo’yicha odatdagidek bulmasli (korxonaning odatdagi xo’jalik faoliyatiga tegishli emas);

  • bir necha yillar davomida takrorlanmaydigan;

  • korxonaning boshqaruv xodimlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog’liq bo’lmagan holatlardan tashkil topadi.

Shunday qilib, tegishli modda bir vaqtning o’zida odatdagidek emaslik, oldindan ko’rabilmaslik va takrorlanmaslik talablariga mos kelishi kerak.
Korxonalarning xo’jalik faoliyatida shunday voqealar sodir bo’lishi mumkinki, ular faqat odatdagidek emas yoki faqat oldindan ko’rabilmaydigan voqea. Masalan, xorijiy valuta muomalalaridan olingan foyda yoki zararlarni oldindan ko’rib bo’lmaydi, lekin bu favqulodda emas, chunki valuta kursining barqaror emaslik sharoitida bu odatdagi foyda va zarar hisoblanadi.
Demak, quyidagi moddalar favqulodda foyda va zararlarga kiritilmaydi: darg’umon debitor qarzlarni hisobdan chiqarilishi yoki shu maqsad uchun tashkil qilinigan zaxira; valuta muomalalaridan yoki kurslar farqidan olingan daromad yoki yo’qotishlar; narxlardagi tuzatishlar; aktivlar qiymatini qaytadan baholashdan olingan natija, soliq summalari bo’yicha tuzatishlar; oldingi yillar foydasi yoki zarari.
Хorijiy amaliyotda favqulodda zararlarga quyidagilar kiritiladi: tabiiy ofatlardan ko’rilgan yirik yo’qotishlar; siyosiy voqealar, masalan, urush, inqiloblar natijasida yo’qotishlar; mazkur davlatning qonuniyatchiligidagi o’zgarishlar, natsionalizatsiya qilish, ma’lum bir faoliyatni taqiqlash va boshqalar natijasidagi yo’qotishlar.
Shuni ham aytish kerakki, tegishli modda favqulodda holatga to’g’ri kelishi va kelmasligiga korxona faoliyat ko’rsatayotgan tashqi muhit ham ta’sir qiladi. Foyda va zararlar summasining hajmi favqulodda voqealarga o’tkazish va o’tkazmaslik uchun sabab bo’lolmaydi.
Favqulodda foyda va zararlarni alohida ajratib hisobga olishdan maqsad hisobot davri ichida korxona faoliyati natijasini obyektiv aks ettirishdir. Favqulodda voqealar sodir bo’lganda bu voqealardan olingan foyda va zararlar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 9710-«Favquloddagi foydalar» va 9720-«Favquloddagi zararlar» schyoti. Bular tranzit schyotlar bo’lib 9710-passiv, 9720-aktiv schyotlariga mansubdir.
Favqulodda voqealardan olingan daromadlar summasiga 9710-«Favquloddagi foydalar» schyoti kreditlanib turli schyotlar debetlanadi. Sodir bo’lgan zarar summasiga esa 9720-«Favquloddagi zararlar» schyoti debetlanib turli schyotlar kreditlanadi. Bu schyotlarning debet va kredit oborotlari hisobot davri oxirida yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi: favqulodda voqealardan olingan foyda summasiga- Dt 9710-«Favquloddagi foydalar», Kt 9910- «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti.
Favqulodda voqealardan sodir bo’lgan zarar summasiga- Dt 9910-«Yakuniy moliyaviy natija», Kt 9720-«Favquloddagi zararlar» schyoti.
Ma’lumki, xo’jalik yurituvchi subyektlarda asosiy vositalarning qiymati odatda ularga eskirish (amortizatsiya) hisoblash yo’li bilan qoplanadi. Asosiy vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati uning butun foydali xizmat muddati mobaynida xo’jalik yurituvchi subyektning xarajatlariga amortizaiion ajratmalar ko’rinishida muntazam taqsimlanali. Bu yerda amortizatsiyalanadigan qiymat deyilganda aktivning moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatidan uning taxminiy (baholangan) tugatish qiymatini chegirib tashlangandan qolgan summasi tushuniladi.
5-son BHMS, aktivning foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning tayinlashidan kelib chiqib, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam ravishda taqsimlanadigan eskirishning qiymat ko’rinishidagi ifodasini amortizatsiya sifatida belgilab beradi. Shuni nazarda tutish kerakki, asosiy vositalar obyekti bo’yicha eskirish hisoblanishi, mazkur obyekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi va ushbu obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to’la qoplanguncha yoki u balansdan chitsarilguncha amalga oshiriladi. Agar asosiy vositalarning obyektlari bo’yicha eskirish hisoblanishi mazkur obyekt qabul qilingan oydan keyingi birinchi oydan boshlanadigan bo’lsa, unga mos ravishda mazkur obyekt bo’yicha eskirish hisoblanishi uning amortizatsiya qiymati to’liq qoplangan yoki u balansdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan to’xtatiladi.
Asosiy vositalar obyektining foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya hisoblanishi to’xtatilmaydi, qonunchilikda o’rnatilgan tartibda ularni konservatsiyaga o’tkazish hollaridan hamda obyektning foydalanishi to’liq to’xtatilgan sharoitda ularning qo’shimcha qurilishi, qo’shimcha jihozlanishi, rekonstrukiiya qilinishi, zamonaviylashtirilishi, texnik qayta qurollantirilishi davridan tashqari.
Asosiy vositalar obyektlari bo’yicha amortizatsiya ajratmalarining hisoblanishi, korxonaning hisobot davridagi faoliyati natijalaridan qat’iy nazar, amalga oshiriladi va u mos holatda hisobot davrining buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
21son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar obyektlari bo’yicha hisoblangan amortizatsiya summasi buxgalteriya hisobida tegishli summalarni to’plash yo’li bilan asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarda (0200) aks ettiriladi.3 Хo’jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobida asosiy vositalar obyektlari bo’yicha amortizatsiya hisoblanishi quyidagi tarzda aks ettiriladi:
Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli bo’yicha amortizatsiyani hisoblash davrida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati kamayib boradi. Ushbu usul bo’yicha amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya meyori ikki karraga oshirilib, mazkur hisobot davridagi tegishli asosiy vositaning qoldiq qiymatiga ko’paytirilali. Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli bo’yicha amortizatsiyani hisoblashda taxminiy baholangan tugatish qiymati boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatilan chegirib tashlanmaydi.
Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy vositalar obyektining hisobot yili boshidagi qoldiq qiymati va ushbu obyektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib hisoblangan va ikki karraga oshirilgan amortizatsiya meyoriga asoslangan holda aniqlanadi.
Masalan: oldingi -misolda kompyuterning foydali xizmat muddati 5 yilga teng edi. Mos holatda, to’g’ri chiziqli usulda yillik amortizatsiya meyori 20 % (100% / 5)ni tashkil etadi. Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida, amortizatsiya meyori 40 % (2 x 20%) ga teng bo’ladi. Ushbu 40 %dagi qatiy stavka har yil oxirida asosiy vositaning balans qiymatiga nisbatan ishlatiladi.
5.1-jadval
Kompyuter bo’yicha amortizatsiya ajratmalari

Amortizatsiya ajratmalari davri

Boshlang’ich (qayta tiklash) qiymat

Amortizatsiyaning yillik summasi

Тo’plangan amortizatsiya

Balans qiymati

1-yil oxiri

1 100 000

40% x 1100000= 440000

440 000

660 000

2-yil oxiri

1 100 000

40% x 660000= 264 000

704 000

396 000

3-yil oxiri

1 100000

40% x 396000=158 400

862 400

237 600

4-yil oxiri

1 100000

40% x 237600=95 040

957440

142 560

5-yil oxiri

1 100 000

(40%x 142560=57024
«nazorat maqsadida")
1000000-57440= 42560

1000 000

100 000

Yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul) ga muvofiq, har bir yil uchun amortizatsiya me’yori amortizatsiya muldatining oxirigacha qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatning ulushi sifatida aniqlanadi. Ushbu ulush, amortizatsiya ajratmalari tugashigacha qolgan to’liq yillar raqami (soni)ni amortizatsiya muddatini tashkil qiluvchi yillarning tartib raqami yig’indisiga bo’lish orqali aniqlanali.


Yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul) da yillik amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy vositalar obyektining tugatish qiymati chegirib tashlangan boshlang’ich (qayta tiklash) qiymati hamda mahrajida obyektning foydali xizmat muddati oxirigacha qolayotgan yil soni (raqami) va suratida obyektning foydali xizmat muddati yillari yig’indisi bo’lgan nisbatdan kelib chiqib aniqlanadi.
Masalan: oldingi -misolda kompyuter 5 yillik foydali xizmati muddatiga ega edi. Foydalanish yillari soni (raqamlari)ning yig’indisi 15 (kumulyativ son) ni tashkil etadi.
5.2-jadval
Kompyuter bo’yicha amortizatsiya ajratmalari

Amortizatsiya ajratmalari davri

Amortizatsnya kilingan kiymat

Amortizatsiyaning yillik summasi

Тo’plangan amortizatsiya

1-yil oxiri

1000 000

(5/15x1000000)= 333333,3

333333,3

2-yil oxiri

1 000 000

(4/15x1000000)= 266666,7

600000,0

3-yil oxiri

1 000 000

(3/15x1000000)= 200000,0

800000,5

4-yil oxiri

1000 000

(2/15x1000000)= 133333,3

933333,3

5-yil oxiri

1000 000

(1/15x1000000)= 66666,7

1000000,0

Keyinchalik har bir kasrni 1000000 so’mga teng bo’lgan amortizatsiyalanadigan qiymatga ko’paytirish yo’li bilan har yilgi amortizatsiya summasi aniqlanadi: yani 5/15, 4/15, 3/15, 2/15,1/15.
Soliq solish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida asosiy vositalarning boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatiga nisbatan foizlarda yillik amortizatsiya meyori belgilangan bo’lib, ular xarajatlarga bir tekisda olib boriladi.
Masalan: kompyuterning boshlang’ich qiymati 1100000 so’m, uning foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatish) qiymati 100000 so’m, xizmat muddati 5 yil, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bo’yicha yillik amortizatsiya meyori amortizatsiyalanadigan qiymatdan 20 %ni yoki 200000 so’m ((1100000-100000)/5=200000 so’m) ni tashkil etadi.
Hisobot yili davomida, qo’llanilayotgan amortizatsiya hisoblashning usulidan qatiy nazar (ishlab chiqarish usuli bundan mustasno), asosiy vositalar obyektlari bo’yicha amortizatsiya ajratmasi har oyda, yillik summaning 1/12 miqdorida hisoblanib boriladi.
Mavsumiy xarakterli ishlab chiqarishga ega korxonalarda foydalanilayotgan asosiy vositalar bo’yicha yillik amortizatsiya ajratmalari summasi bir tekisda, korxona tomonidan hisobot yilida asosiy vositalardan foydalanish mobaynida, hisoblab boriladi.
Asosiy vositalarning turli guruhlariga nisbatan amortizatsiyani hisoblashning turli usullarining qo’llanilishiga yo’l qo’yilali. Bunda, asosiy vositalarning bir toifadagi obyektlari faqatgina bir usul qo’llaniladi.
Foydalanilayotgan amortizatsiya hisoblash usuli majburiy tartibda korxonaning hisob siyosatila aks ettirilishi kerak. Kalendar yil davomida hisob siyosatini o’zgartirish mumkin emas. Хo’jalik yurituvchi subyektning hisob siyosatini quyidagi hollarda o’zgartirishga yo’l qo’yiladi: subekt qayta tashkil etilganda; mulk egalari almashganda; O’zbekiston Respublikasi qonunlarida yoki O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi me’yoriy tizimda o’zgarishlar bo’lganda; buxgalteriya hisobining yangi usullari ishlab chiqilganda.
Agar asosiy vositalardan foydalanishdan kutilayotgan iqtisodiy manfaatlarda muhim o’zgarish sodir bo’lsa, u holda amortizatsiya hisoblash usuli o’zgarayotgan tendeniiyani to’la aks ettira oladigan tartibda o’zgartirilishi mumkin, qachonki kelib chiqqan bunday holat amortizatsiya usulining o’zgarishini oqlasa.
Bunday o’zgartirish albatta hisob siyosatida aks ettirilishi kerak. Bunda, moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida ushbu o’zgarishning sabablarini va ularning iqtisoliy samarasini ochib berish zarur bo’ladi.
Foydali xizmat muddati korxona tomonidan aktivning foydalanilishi kutalayotgan vaqt davri yoki korxona tomonidan ushbu aktivni ishlatishdan kutilayotgan mahsulot (ish va xizmatlar) miqdori. Asosiy vositalarning foydali xizmat muddati, korxona tomonidan asosiy vositalarning holatini yaxshilash maqsadida va shuningdek foydali xizmat muddatini oshirilishiga yoki texnologik o’zgartirishlar hisobiga ushbu muddatni qisqartirilishiga olib keladigan amalga oshirilgan xarajatlarni hisobga olgan holda, qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
Тugatish qiymati kutilayotgan foydali xizmat muldati oxirida asosiy vositalarni tugatishda olinadigan aktivlarning taxminiy baholangan summasidan asosiy vositaning chiqib ketishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni ayirib tashlash natijasidagi qiymatdir.
Asosiy vositalarning amortizatsiyalanidigan qiymatini hisoblashda tugatish qiymati muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Тugatish qiymatining miqdori jiddiy summani tashkil etmaydigan bo’lsa, bunday holatda, amortizatsiyalanadigan qiymatni hisoblashda u hisobga olinmasligi mumkin.
Agar tugatish qiymati muhim summani tashkil etsa, bunday holda, u asosiy vositalar sotib olingan sanada yoki qayta baholangan sanada belgilanishi shart. Тugatish qiymati asosiy vositalarning xizmat muddati oxirida tugatish bilan bog’liq kutilayotgan xarajatlar summasiga kamaytirilishi kerak.



  1. Download 62.35 Kb.

    Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page