Kafedrasi



Download 62.35 Kb.
Page2/7
Date12.03.2024
Size62.35 Kb.
#63818
1   2   3   4   5   6   7
Berdiyor Kurs
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar xalqimiz tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda. Bu o’zgarishlarning dastlabki natijalari aholimiz hayoti va kundalik turmushida o’zining yaqqol ifodasini topmoqda, tadbirkorlarning ijtimoiy faolligi, ertangi kunga ishonchi o’sib bormoqda. Bu ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Tadbirkorlar huquqlarini ishonchli himoya qilishda Savdo-sanoat palatasi tomoshabin bo’lib o’tirmasligi lozim. Shu bilan birga, palata faqat davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni muhokama qilmasdan, tadbirkorlar sodir etayotgan noma’qul ishlarni, ayniqsa, jinoyatlarni tanqidiy muhokama qilishi zarur. Tadbirkorlar hamjamiyati nopok tadbirkorlarga nisbatan murosasiz bo’lishi lozim.
Ularga nisbatan birinchi navbatda davlat emas, balki tadbirkorlarning o’zlari munosabat bildiradigan va ushbu muhit sofligini ta’minlaydigan tizim yaratishimiz kerak. Yana bir muhim masala – yurtimizda fond bozori, fond birjasini yanada rivojlantirish uchun qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi ishini tubdan qayta tashkil etish lozim. Biz bo’sh turgan davlat mulki ob’ektlarini o’zaro sheriklik asosida xususiy sektorga o’tkazish bo’yicha ishlarni davom ettiramiz. Internet tarmog’ida elektron savdolar va auktsionlar orqali yer uchastkalarini, jumladan, tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibini o’rnatish zarur. Shu maqsadda 2018 yildan boshlab elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotish bo’yicha elektron tizim tashkil etiladi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan ahamiyatga ega. Biz aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirmasdan turib, “yashirin iqtisodiyot”dan to’liq xalos bo’la olmaymiz. 2018 yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida samarali va o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta’minlash masalalariga 4 asosiy e’tiborni qaratish zarur” 1 deb takidlaydi. Aholini turmush darajasini ko’tarish uchun ularga ko’rsatilayotgan servis xizmatlarini yuqori saviyaga ko’tarish kerak.U ushbu vazifa oson emasligini ta’kidladi. Qo’shimcha qilinishicha, bunga erishish uchun, «iqtisodiyotda ilm va innovatsiyalarga asoslangan rivojlanish hisobidan yangi texnologiyalar va qo’shilgan qiymat zanjirlarini ko’paytirish orqali mehnat samaradorligida tub o’zgarishlar qilish shart».
Shuningdek, prezident 2023 yil oxirigacha inflyatsiya darajasi 5 foizga tushurilishini aytib o’tdi. Ma’lum qilinishicha, davlat budjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,5 foizdan oshmasligi ta’minlanadi.
«Bevosita aholining talablari asosida yiliga 1,5 — 2 trln so’m mablag’ joylardagi eng dolzarb muammolarni hal etishga sarflanadi. Yangidan jalb qilinadigan yillik tashqi qarz miqdori 5 mlrd dollardan, umumiy davlat qarzi esa yalpi ichki mahsulotning 50−60 foizidan oshmasligi ta’minlanadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Kelgusi besh yilda 120 mlrd dollar, shundan kamida 70 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi ta’kidlandi.
Qo’shimcha qilinishicha, mamlakatning eksport salohiyati 1,7 barobar oshirilib, 2026 yilda 30 mlrd dollarga yetkaziladi.
«Eksport tarkibida xomashyoning ulushi hozirgi 46 foizdan 23 foizga kamayib, tayyor mahsulotlar hajmi 2,5 barobar ko’payadi», — dedi prezident.
Oldinroq, O’zbekiston hukumati aholi jon boshiga YAIMni hozirgi paytdagi 1700 dollardan 2025 yilgacha 2500 dollarga va 2030 yilgacha bo’lgan muddat ichida 4200 dollarga yetkazishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yganligi haqida xabar berilgan edi.




  1. Download 62.35 Kb.

    Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page