Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish



Download 388.85 Kb.
Page6/7
Date13.05.2023
Size388.85 Kb.
#61333
1   2   3   4   5   6   7
hisobot 2022 (2)
4-jadval5

Departament direktori ( 1 shtat birlik )





Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasini rivojlantirish va moliyaviy ta’minlash bo’limi ( 5 shtat birlik )


“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimini joriy etish va takomillashtirish bo’limi ( 4 shtat birlik )



direktor o’rinbosari-bo’lim boshlig’i bo’lim boshlig’i


bo’lim boshlig’i o’rinbosari bo’lim boshlig’i o’rinbosari
bosh mutahasis bosh mutahasis
bosh mutahasis yetakchi mutahasis
yetakchi mutahasis
4-jadval. Departament tuzilmasi.

  1. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Aholini ijtimoiy himoya qilish va davlat ijtimoiy xizmatlari tarmoqlarda budjet siyosati” departamenti faoliyati va islohotlari.

Aholini ijtimoiy himoya qilish va davlat ijtimoiy xizmatlari tarmoqlarida byudjet siyosati Departamenti tomonidan o’z faoliyati doirasida quyidagi tashkilotlar:
Pensiya jamgʻarmasi boʻyicha bolalikdan nogironlik nafaqasi, mexnatga layoqatsiz va zarur ish stajiga ega boʻlmagan fuqarolarga nafaqa, uy-joy kommunal xizmatlari xaqqini toʻlash uchun kompensatsiya pul toʻlovi, bola tugʻilganda beriladigan bir martalik suyunchi nafaqasi, bir martalik dafn nafaqasi, Nuroniy jamgʻarmasiga Urush qatnashchilariga kiyim-kechak xarajatlari, Xalq bankiga nafaqalarni yetkazib bergan uchun xizmat haqqi, yetim bolalarni uy-joy bilan taʼminlashga, 25 yoshgacha boʻlgan xodimlarning ijtimoiy solikni byudjetdan toʻlanishi boʻyicha hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) birinchi darajali taqsimlovchi sifatida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali moliya yilining1-apreliga qadar tasdiqlanadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali 1-yanvar holatiga mehnatga haq toʻlash miqdorlari va narxlarda, birinchi darajali taqsimlovchilar boʻyicha 3 nusxada, boshqa byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlarini oluvchilar boʻyicha 2 nusxada tuziladi.
Byudjet kodeksining 112-moddasiga asosan, bir yoʻla beriladigan davlat pul mukofotlari, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatish ishtirokchilariga kompensatsiyalar, davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻtkazib beriladigan mablagʻlarga xarajatlar smetasi tuzish talab etilmaydi.
Pensiya jamgʻarmasi boʻyicha byudjet mablagʻlari sarflanishining oʻtgan yilgi ijrosi, nafaqa, suyunchi puli va kompensatsiya oluvchilarning yillik dinamik oʻzgarishi boʻyicha tahlil qilinib, moliya yili uchun aholi sonining oshishi, maqroiqtisodiy koʻrsatkich omillarini hisobga olgan holda byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetalari tuziladi.
Nuroniy jamgʻarmasiga Urush qatnashchilariga kiyim-kechak xarajatlari uchun, Pensiya jamgʻarmasi tomonidan beriladigan moliya yilining 1-yanvar holatiga urush qatnashchilari soni, Vazirlar Mahkamasining 28.04.2018-yildagi 317 sonli qarori bilan belgilangan kiyim-kechaklar va poyabzal roʻyxatidan kelib-chiqib xarajatlar smetasi ishlab chiqiladi.
Xalq bankining nafaqalarni yetkazib bergan uchun xizmat haqqi hisob-kitobi moliya yilida kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam jami summasining 0.5 % idan kelib chiqib xarajatlar smetasi tuziladi.
Agentlikka qarashli Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari Vazirlar Mahkamasining 08.02.2022-yildagi 62-sonli qarori talablari asosida shtat jadvallari tuziladi hamda xarajatlar smetasida ish haqi xarajatlarida aks ettiriladi. 4 gurux xarajatlari oʻtgan yilgi kassa xarajatlari, debitor-kreditor qarzdorliklarni tahlil qilib, maqroiqtisodiy koʻrsatkich omillarini hisobga olgan holda byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetalari tuziladi.
Agentlik markaziy apparati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.03.2021-yildagi PQ-5038-sonli qaror talablari asosida shtat jadvallari tuziladi hamda xarajatlar smetasida ish haqi xarajatlarida aks ettiriladi. 4 gurux xarajatlari oʻtgan yilgi kassa xarajatlari, debitor-kreditor qarzdorliklarni tahlil qilib, maqroiqtisodiy koʻrsatkich omillarini hisobga olgan holda byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetalari tuziladi.
Vazirlar Mahkamasining 24.12.2014-yildagi 361-son qaroriga asosan 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilariga har yili sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursini olish uchun mablagʻlar Agentlikning xarajatlar smetasida rejalashtiriladi. Ushbu mablagʻlar Moliya vazirligi tomonidan belgilangan sanatoriy yoʻllanmasi narxi, urush qatnashchilari soni, debitor-kreditor qarzdorliklarni tahlil qilib, maqroiqtisodiy koʻrsatkich omillarini hisobga olgan holda byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetalari tuziladi.
Keksalar va nogironlar, urush va mexnat faxriylari uchun sanatoriy (keyingi oʻrinlarda - Sanatoriy) larning shtatlar jadvali Sogʻlikni saqlash vazirining 09.04.2018-yildagi 12-sonli, 24.03.2017-yildagi 123-sonli buyruqlari bilan tasdiqlangan tipovoy shtat normativga asosan tuziladi hamda xarajatlar smetasida ish haqi xarajatlarida aks ettiriladi. 4 gurux xarajatlari koykalar soni, oʻtgan yilgi kassa xarajatlari, debitor-kreditor qarzdorliklarni tahlil qilib, maqroiqtisodiy koʻrsatkich omillarini hisobga olgan holda byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetalari tuziladi.
Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi, Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazlarning shtatlar jadvali Sogʻlikni saqlash vazirining 09.04.2018-yildagi 12-sonli, 24.03.2017-yildagi 123-sonli buyruqlari bilan tasdiqlangan tipovoy shtat normativga asosan tuziladi hamda xarajatlar smetasida ish haqi xarajatlarida aks ettiriladi. 4 gurux xarajatlari koykalar soni, oʻtgan yilgi kassa xarajatlari, debitor-kreditor qarzdorliklarni tahlil qilib, maqroiqtisodiy koʻrsatkich omillarini hisobga olgan holda byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetalari tuziladi.
Agentlikka qarashli tashkilotlarda oziq-ovqatlar boʻyicha kunlik normasi va gigiyenik talablari 22.08.2007-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining sanitar-gigiyenik normativlariga asosan xarajatlar smetasida rejalashtiriladi.
Kommunal toʻlov xarajatlari oʻtgan yilgi haqiqiy xarajatdan kelib chiqib, debitor-kreditor qarzdorliklarni tahlil qilib, maqroiqtisodiy koʻrsatkich omillarini hisobga olgan holda rejalashtiriladi.

Download 388.85 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page