1. Xorijiy marketing tushunchasi va mohiyati Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing tamoyillari va usullaridan foydalanish tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Chet el mamlakatlarida marketing sohasidagi tashqi iqtisodiy faoliyat Xorijiy marketing nomini olgan. Uning yuzaga kelishiga o’tgan asrning 60-yillarida Xorijiy mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish sharoitlarining jadallashuvi va turli mamlakatlarda tovar iste’mol qilishning chuqurlashuv jarayoni asosiy sabab bo’ldi.
Xorijiy marketing sohasida Yevropa marketing jamiyati (ESOMAR), Xorijiy marketing federasiyasi (IFM), shuningdek, ko’pchilikka ma’lum bo’lgan Amerika marketing assosiasiyasi (American Marketing Association – AMA) kabi Xorijiy tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda. Xorijiy marketing ko’pincha mamlakatlar chegarasidan tashqaridagi tovar va xizmatlar marketingi yoki mahsulot va xizmatlarni ikki yoki undan ortiq mamlakatda ishlab chiqaruvchi va taqsimlovchi Xorijiy kompaniya tomonidan amalga oshiriluvchi marketing sifatida ta’riflanadi.
Xorijiy marketing konsepsiyasining mazmuni va uning rivojlanish yo’nalishlari tovar va xizmatlar jahon bozori bilan aloqasi xarakteri va kengligiga bog’liq bo’ladi.
Bu aloqalarni quyidagilar yordamida tavsiflash mumkin:
1. Korxona mahsulot eksportchisi ham, importchisi ham bo’lmaydi va Xorijiy mehnat taqsimotining boshqa hech qanday shakllarida ishtirok etmaydi.
2. Korxona vaqti-vaqti bilan tayyor mahsulotlarni eksport qiladi hamda chet eldan tovar va xizmatlarni import qiladi.
3. Korxona Xorijiy mehnat taqsimotida import materiallar yoki tarkibiy qismlar, nou-xauni iste’mol qilish orqali ishtirok etadi yoki aksincha, u etkazib beruvchi material va yarim tayor mahsulotlar yakuniy mahsulot tarkibida eksport qilinadi.
4. Korxona shartnomaviy ishlab chiqarish yoki qo’shma korxona shaklida Xorijiy sanoat va ilmiy-texnik hamkorliklarda ishtirok etadi.
Korxonalarning Xorijiy mehnat taqsimotida ishtirok etishiga quyidagilar sabab bo’ladi:
• mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to’laroq foydalanishga intilish;
• eksport hisobiga ishlab chiqarish apparatini modernizatsiyalash uchun o’z moliyaviy ahvolini yaxshilash;
• mamlakat ichkarisida eksortchi sifatida mashhur bo’lishga intilish;
• mamlakatda raqobatchilik ustunligiga ega bo’lishni ta’minlash;
• chet el valyutasini olish imkoniyati;
• xorijiy bozorlarda aylanmalarning rentabelligi yuqori bo’lishini ta’minlash;
• chet eldan qimmatli nou-xaularni olish.
Xorijiy bozorga chiqish yoki chiqmaslik uchun o’z motivlarini aniqlash korxona uchun muhim ahamiyat kasb etib, jiddiy marketing ishlarini boshlashga turtki vazifasini bajarishi mumkin. Bundan tashqari, motivlar ro’yxatini ishlab chiqish va taqsimlash korxonaning Xorijiy mehnat taqsimotida ishtirok etish shakllari va muayyan maqsadlarini aniqlashga imkon beradi. Shu tariqa, milliy kompaniyalarni Xorijiy biznesni amalga oshirish, Xorijiy marketing faoliyatiga kirishishga chorlovchi uchta asosiy jihatni ajratib ko’rsatish mumkin: sotuvni kengaytirish; resurslarni sotib olish; ta’minot manbalarini diversifikasiyalash. Xorijiy sotuv milliy kompaniyalarning Xorijiy marketing faoliyatida ishtirok etishining asosiy motivi hisoblanadi. Biroq Xorijiy marketing faoliyati faqatgina kompaniyalarning milliy sotuv bozorlarini kengaytirishga qaratilgan hattiharakatlaridan iborat emas. Jahon iqtisodiyoti uchun ishlab chiqarishni baynalminallashtirish va buning natijasida marketingni bayonalminallashtirish ham xarakterlidir.
Baynalminallashtirish bosqichlarini quyidagi ko’rinishda aks ettirish mumkin:
1-bosqich. Mahalliy rivojlanish bosqichi – mahalliy ishlab chiqarish bilan tavsiflanadi
2-bosqich. Baynalminallashtirishning boshlang’ich bosqichi chet ellik diler va agentlar bilan hamkorlikni boshlashdan avval chet el mamlakatalri bilan aloqalarning mavjudligi bilan ajralib turadi.
3-bosqich. Ushbu bosqich chet elda ishlab chiqarish korxonalari tuzishdan avval chet ellik kontragentlar bilan turli xil shartnomalarning mavjudligi bilan tavsiflanadi.
4-bosqich. O’sish bosqichi chet elda 6 tadan ortiq bo’lmagan mamlakatlarda joylashgan ishlab chiqarish korxonalarining mavjud bo’lishini nazarja tutadi.
5-bosqich. Baynalminallashtirishning ko’p millatli bosqichi 6 dan ortiq mamlakatlarda ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilishni ko’zda tutadi (mazkur bosqich transmilliy korporatsiyalar uchun xosdir).
Hozirgi kunda fan-texnika taraqqiyoti bilan bog’liq tovar va xizmatlarning jahon xarakteri ko’zga tashlanib turibdi. Biroq axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya vositalarining rivojlanishi bilan deyarli barcha bozorlar global bozorga aylanmoqda.
Mamlakatlar o’z hududlari bilan cheklanib qolmay, birgalikda jahon bozori segmentlarini tashkil etmoqda. Iqtisodiy agentlar endi faqat sotuvchi, xaridor yoki savdo vositachisi sifatidagina ishtirok eta olmaydilar. O’zaro aloqalar omili Xorijiy marketingning muhim jihatlaridan biriga aylanib bormoqda. «Ichki» (mamlakatning ichki bozorida faoliyat ko’rsatuvchi) va Xorijiy marketing o’rtasida katta farq mavjud emas. Ikkala holda ham marketing faoliyatining bir xil tamoyillari qo’llanadi. SHu bilan birga, tashqi bozorlarning faoliyat ko’rsatishi va ularda ishlar sharoitlari yuzaga keltiruvchi o’ziga xos xususiyatlar Xorijiy marketingga alohida e’tiborga olish zarur bo’lgan jihatlarni baxsh etadi.
Xorijiy bozorda korxonaning marketing faoliyati markazida quyidagi vazifalarni hal qilishga imkon beruvchi boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish turadi: Xorijiy bozorga chiqish kerakmi? Bunda qanday maqsadlarni belgilash lozim? Korxona oldida qanday istiqbollar ochilishi va qanday xavf-xatarlar yuzaga kelishi mumkin? Mamlakatning qaysi bozoriga chiqish lozim? Bu bozorda iste’molchilarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni taklif qilish lozimmi yoki yangi tovarlarnimi? Tanlangan bozorga qanday kirib borish, iste’molchilarni qanday topish va ularga o’z mahsulotini qay tariqa taklif qilish kerak? Bozorga importchi yoki eksportchi sifatida mustaqil chiqish kerakmi yoki boshqa tajribali hamkor bilan birgalikdami? Tanlangan bozorga tayyor mahsulot etkazish kerakmi yoki yarim tayyor mahsulotlarmi? Tanlangan bozorda qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun qanday marketing chora-tadbirlari majmuasi dasturini ishlab chiqish zarur? Boshqacha qilib aytganda, Xorijiy bozorga chiqishdan avval korxona o’zining Xorijiy marketing konsepsiyasining hech bo’lmasa umumiy qoidalarini ishlab chiqishi lozim.