B suvni olish jarayonida minimal napor yo'qolishiga erishish lozim



Download 159.48 Kb.
Date26.04.2024
Size159.48 Kb.
#64103
5.2 va 5.3

5.2. MikroGESlarning suv olish qurilmalari.
MikroGESlarning suv olish qurilmalari quyidagi asosiy talablarni bajarishi kerak:
a) suv manbaidagi ba'zi bir oqib yuradigan jismlarning turbina quvuriga tushishiga yo'l qo'ymasligi zarur;
b) suvni olish jarayonida minimal napor yo'qolishiga erishish lozim;
v) qurilmaning gabarit o'lchamlari og'irligi iloji boricha kichik bo'lishi, uni o'rnatish va tashish qiyinchilik tug'dirmasligi kerak;
g) zarurat tug'ilganda suv yo’lini to'sish, sarfini kamaytirish imkoniyati bo'Iishi kerak.
Yuqoridagi talablarni bajarish uchun mikroGESIaming suv olish qurilmalari oldiga panjara yoki tur(setka), suv darvozasi yoki qulfak (zadyijka) o'rnatiladi.

1 - oqiziq ushlovchi panjara yoki to‘r; 2 - suv yo'lini to'suvchi metall devor (suv darvozasi); 3 - konfuzor; 4 - turbina quvuri; 5 - panjara va suv darvozasini ko'tarish-tushirish moslamasi.
Napor yo'qolish qiymati minimal bo'Iishi uchun suv olish qurilmasining kirish diametri Dkir shunday tanlanadiki, undagi suv tezligi Vkir = 0.25...0.5 м/с bo'lishi kerak .
Ushbu talab suv kirish qismi diametrining turbina quvuri diametri d ga nisbatan birmuncha katta bo'lishini, shu sababli konfuzor orqali quvurga suv berilishini taqozo etadi (5.4 - rasm). Konfuzor uzunligi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Ldif =2d (5.2)
Suv olish qurilmasi ishlayotgan paytda uyurma hosil bo'lib suv yuzasidan havo so'rilmasligi uchun qurilmaning kirish qismi quyidagi ifoda bilan aniqlanadigan chuqurlikda joylashishi kerak [ 1 1 ] .
h = (0,54... 0,72) Vkir d1,5

1 — suv manbai; 2 - panjara; 3 - suv darvozasi; 4 – damba; 5 - turbina quvuri; 6 - gidroturbina; 7 - suv chiqarish moslamasi; 8 - generator; 9 - boshqaruv pulti; 10 - ballast qurilmasi; 11 - energiya uzatish qutisi; 12 - suv tashlash moslamasi.
Suv olish qurilmasining suv manbaiga nisbatan joylashishi suvning yetarli chuqurligi, tiniqligi, sathining uncha ko‘p o'zgarmasligini hamda maksimal napor hosil qilish imkonivatini hisobga olib aniqlanadi. Manbada suv oqimining chuqurligi yetarli darajada bo'lmagan sharoitlarda suv sathi kichik dambalar yordamida ko'tariladi. Ba'zi hollarda (asosan napor kichik bo’lganda, suvning tarkibi toza va o’zgarmas sathlarda) suv manbadan bevosita turbinaning kirish qismiga hech qanday qurilmasiz berilishi mumkin. Shuningdek erkin oqimli mikroGESIarda ham suv olish qurilmasi bo'lmaydi.
Misol sifatida Kaplan (o'qiy. propellerli) turbinasi bilan jihozlangan KGESlar suv olish qurilmasining joylashishi 5.5 - rasmda ko'rsatilgan.
5.3. KGESning suv olish inshootlarining mexanik jihozlarini loyihalashga quyiladigan talablar.
KGESning suv olish inshootlarini mexanik jihozlarini loyihalashda quyidagi talablarga amal qilish tavsiya etiladi.
1.Oqiziq ushlash panjaralari, suv darvozalarini ko'tarish - tushirish paytida ularning pazlarda tiqilib qolishi va salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida bu mexanizm larning balandligi h ning eniga nisbati birdan katta bo'lishi kerak. Ya'ni h/l .
2.Oqiziq ushlash panjaralarini gorizontal rigellar bilan tayyorlash maqsadga muvofiq. Panjaralarni tozalash, odatda, qo‘l bilan amalga oshiriladi. Agar panjara o'lchamlari kichik va suv ostiga chuqur joylashmagan bo'lsa, bu ish maxsus grabellar orqali joyida amalga oshiriladi. Aks holda yuqoriga olib chiqilib tozalanadi. Katta o'lchamdagi va chuqur joylashgan panjaralarni tozalash uchun maxsus tozalovchi mexanizmlar (greyfer)dan foydalaniladi.
3. Suv darvozalari ikkita: ishchi va zahira darvozalar - ularning konstruksiyasi va o'lchamlari bir xil bo'lishi kerak. Agar binoda turbina oldida qulfak o'rnatiladigan bo'lsa, suv darvozalari soni bitta bo'lishi mumkin.
4. Suv olish inshootidagi suv darvozalari ishchi holatini doimo ta’minlash uchun ularning pazlari va mexanizmlarning holatini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish kerak.
Download 159.48 Kb.

Share with your friends:




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page