Mavzu: Parallel to'g'ri chiziqlar O’tkazish sanasi



Download 23.06 Kb.
Page3/4
Date08.05.2024
Size23.06 Kb.
#64205
1   2   3   4
d4
Mavzuni yoritish.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

O’quvchilar bilan salomlashish
Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish
Yo’qlamani aniqlash
Navbatchi axboroti.
Siyosiy daqiqa.

  1. Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.

  2. Tayanch bilimlarning faollashtirish.

Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
Topshiriq: O’tgan dars mavzu bo’yicha mashqlarni yechish



  1. Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).

Nazariy qism:
Bir tekislikda yotgan va o‘zaro kesishmaydigan to‘g‘ri chiziqlar parallel to‘g‘ri chiziqlar deb ataladi. 1-rasmda parallel to‘g‘ri chiziqlar tasvirlangan. a va b to‘g‘ri chiziqlarning parallelligi a||b tarzda yoziladi va qisqacha “a to‘g‘ri chiziq b to‘g‘ri chiziqqa parallel” deb o‘qiladi. Parallel to‘g‘ri chiziqlarda yotgan kesmalar (nurlar) parallel kesmalar (nurlar) deb yuritiladi. 2-rasmda parallel kesmalar tasvirlangan. Parallel kesmalarni hayotda ko‘p uchratgansiz. Misol uchun, temiryo‘l relslari (3-rasm), to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi stolning qarama-qarshi qirralari, katakli daftar varag‘idagi gorizontal yoki vertikal chiziqlar va hokazo. Shunday qilib, ta’rifga ko‘ra, to‘g‘ri chiziqlar parallel bo‘lishi uchun ular bir tekislikda yotishi va umumiy nuqtaga ega bo‘lmasligi, ya’ni kesishmasligi kerak. 53-betda oldin isbotlangan teoremani endi quyidagicha ifodalash mumkin: Masala. a to‘g‘ri chiziqqa tegishli bo‘lmagan O nuqtadan unga parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkinligini ko‘rsating. Yechish. 57-betda isbotlangan teoremaga ko‘ra, O nuqtadan a to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar OA to‘g‘ri chiziq o‘tkazamiz (4-rasm). So‘ng O nuqtadan OA to‘g‘ri chiziqqa, yana o‘sha teoremaga ko‘ra, perpendikulyar b to‘g‘ri chiziqni o‘tkazamiz. Natijada a⊥OA va OA⊥b, ya’ni OA to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar bo‘lgan ikkita a va b to‘g‘ri chiziqlarga ega bo‘lamiz. Unda yuqoridagi teoremaga ko‘ra, a va b to‘g‘ri chiziqlar o‘zaro parallel bo‘ladi, ya’ni b izlangan to‘g‘ri chiziqdir.
A nur olib, unga ABkesma qo‘ying (5-rasm). A va B to‘g‘ri burchaklarni A nurdan boshlab tayin yarimtekislikka qo‘ying. Bu burchaklar tomonlariga bir-biriga teng bo‘lgan AD va BC kesmalarni qo‘ying. So‘ng DC kesmani o‘tkazing. Natijada “Sakkeri to‘rtburchagi” deb nomlangan to‘rtburchakka ega bo‘lasiz. Bu to‘rtburchak qanday xossalarga ega? Uning to‘g‘ri to‘rtburchak ekanini isbotlashga urinib ko‘ring va xulosa chiqaring. Ma’lum bo‘lishicha, Sakkeri to‘rtburchagida: a) diagonallar o‘zaro teng: AC=BD; b) ∠ADC va ∠DCB ham o‘zaro teng. Bu xossalarni mustaqil isbotlab, ishonch hosil qiling. Lekin ∠ADC va ∠BCD larning 90°ga tengligini isbotlashning hech iloji yo‘q ekan. Buni isbotlash uchun “parallellik aksiomasi” deb nomlangan xossa zarur bo‘lar ekan. To‘g‘ri chiziqqa unda yotmagan nuqtadan nechta parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin? Bu savolga ham parallellik aksiomasi javob beradi.

Download 23.06 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page