Mavzu: Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi Reja: Kirish. 1-Bob. Ibtidoiy tafakkur va uning taraqqiyoti



Download 113.39 Kb.
Page10/11
Date16.05.2024
Size113.39 Kb.
#64267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Shabonov Bahodir
handbook, EJAR0538, 5-mavzu, moxi1, Livestock-CDE-Test-Bank-Answer-Key, Reja Kirish I. Bob. Savod o`rgatish davrida o`quvchilarni dikta-fayllar.org, Ушинский, 145. Challenge Your English, Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi reja
Tafakkur ixchamligi deganda muammoni hal qilishning dastlab tuzilgan rejasi mazkur jarayonda masala echish shartini qanoatlantirmay qolsa, nomutanosiblik hosil bo’lsa hech ikkilanmay elastik ravishda o’zgartirishlar kiritishdan iborat fikr yuritish faoliyatini tasavvur qilmog’imiz shart. Fikrning operativ jihatdan tezkorlik bilan o’zgartirishdan va to’g’ri yo’nalishga yo’llab yuborishdan iborat tafakkur sifati uning ixchamligi deyiladi. Masalan, talaba imtihonda avval g’oyani noto’g’ri yoritayotib, o’z-o’zicha birdaniga xatosini anglab to’g’ri javob bera boshlashi kabilar. Demak, tafakkurning mazkur sifati fikrlarni, axborotlarni tinglovchilarga xato va kamchiliklarsiz etkazib berish garovidir.
Tafakkurning tezligi qo’yilgan savolga va muammoga to’liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi. Uning tezligi qator omillarga, jumladan fikrlar uchun zarur materialni tez yodga tushira olishga, muvaqqat bog’lanishlarning tezligi, turli hislarning mavjudligiga, insonning diqqatiga, qiziqishiga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari tafakkurning tezligi boshqa shartlarga – insonning bilim saviyasiga, fikrlash qobiliyatiga, mavjud ko’nikma va malakalariga ham bog’liq ekanligi isbotlangan. Xulosa qilib aytganda, tafakkur jarayonlarining tezligi va jarayonlarning ma’lum fursat ichida qanchalik samara berganligi bilan baholanadi.
Fikrlarning tezligi talabalar va o’quvchilarga zarur psixologik qurol bo’lib xizmat qiladi. Imtihon paytida, seminar mashg’ulotlarida faol ishtirok qilgan talaba hayajonlanib, egallagan bilimlarini vaqtincha unutib o’zini yo’qotib qo’yadi. O’rinsiz salbiy emotsiyalar uning tafakkurini tormozlab, muvaffaqqiyatsizlikka olib keladi, ya’ni fikrni bayon qilishda inertlik paydo bo’lib, keyinchalik butunlay tormozlanishga aylanadi. Ba’zi talabalar aksincha, imtihonda hayajonlanib fikrlari ravshanlashadi. Qattiq hayajonlanish, qattiq tashqi ta’sir natijasida uyqudagi ayrim neyronlar uyg’onib, funktsiyasi jadallashib ketadi va fikr birdaniga ravshanlashishi mumkin. SHuning uchun o’qitish jarayonida talaba va o’quvchilarning aqliy faoliyatini to’g’ri baholashda ularning individual tipologik xususiyatlarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Jahon psixologlarining ko’rsatishiga qaraganda, yuqorida tahlil qilib chiqilgan tafakkur sifatlari ularning asosiy xususiyati bilan uzviy bog’liqdir. Tafakkurning asosiy va eng muhim belgisi, xususiyati bu moddiy voqelikdagi muhim jihatlarni ajratib mustaqil ravishda yangi mazmundagi umumlashmalarni keltirib chiqarishdir. Inson oddiy narsalar to’g’risida fikr yuritganda ham ularning tashqi belgilari bilan chegaralanib qolmaydi, balki hodisa mohiyatini ochishga intiladi, oddiy turmush haqidagi umumiy qonuniyatni yaratishga harakat qiladi. Shubhasiz, inson tafakkuri hali izlanmagan, to’la foydalanilmagan zahira va imkoniyatlarga ega. Tafakkur psixologiyasining asosiy vazifasi ana shu zahirani to’la ochish fan-texnika rivojini intensivlashdan iborat. Chunki har qanday kashfiyot, yangilik, rivojlanish inson aql-zakovatining mahsulidir. SHu boisdan ham fan va texnikaning rivojlanishi insonshunoslik fanining rivojiga ko’p jihatdan bog’liqdir.

Xulosa.
Tafakkurning voqelikni bevosita aks ettirish qobiliyati insonning xulosa chiqarishga, isbotlashga bo`lgan qobiliyatida ifodalanadi. Bu qobiliyat bilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Inson tafakkuri turli fanlar (mantiq, psixologiya, gnoseologiya, kibernetika va sh.k.) tomonidan va turli usullarda o`rganiladi. Eksperimental tadqiqotlar orasida so`nggi vaqtda tafakkurni turli kibernetik qurilmalar yordamida modellashtirish shaklida tadqiq qilish metodlari ancha keng rivojlangan.


Biz yuqorida tafakkurni bilish, ong, idrok kabi tushunchalar bilan bog`liq ekanligini qayd etdik. Tafakkur til bilan ham zich aloqador ekanligini ham unutmaslik kerak. Uning til bilan munosabati, aloqadorligi tilshunoslik fanining o`rganilish doirasiga ham kiradi. Har qanday fikr so`zlarda o`z ifodasini topadi. Fikrning voqeligi, uning mavjudligi tilda namoyon bo`ladi. Biz istalgan predmet, voqea-hodisa haqida til vositasisiz, so`z va gaplarsiz fikrimizni ifodalay olmaymiz. Til – bilish jarayonining muhim sharti. Tilsiz tafakkur mavjud bo`lmaganidek, tafakkursiz til ham mavjud emas. Hech qanday ma’noga ega bo`lmagan, faqat ma’lum tovushlar tizimidan iborat bo`lgan so`zlar muayyan tushunchani ifodalamaydi, tasavvur ham hosil qilolmaydi. Va nihoyat, fikr ifodalash funksiyasini bajarmagan bunday so`zlar nutq uchun xizmat qilolmaydi. Xullas, til va tafakkur munosabati o`zaro dialektik aloqadorlikda bo`lib, birgalikda rivojlanish va ta’sir etish qonuniyatlariga amal qiladi. Ammo til qonunlari bilan tafakkur qonunlari bir-biriga teng kelmaydi.
Xullas, til bilan tafakkur bir-biridan ajralmas dialektik birlikni tashkil etuvchi, ammo o`z xususiyatlariga, qonun-qoidalariga ega bo`lgan hodisalardir. Til bilan tafakkurni bir hodisa deb tushunish qanchalik xato bo`lsa, ularni bir-biridan ajratish ham shunchalik xatodir. F.de Sossyur ta’biri bilan aytganda: “Язык можно сравнить также с листом бумаги. Мысль – его лицевая сторона, a звук оборотная… ”, demak, tilni fikrdan ajratish mumkin emas. Fikr va tilda voqeiy turmush, hayot namoyon bolishi lozim.

Download 113.39 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page