Web serverlar
Masofaviy ta’limda qo‘llaniladigan asosiy vositalaridan biri, interfeysdagi Web muhitdir. Bu muhit orqali turli ko‘rinishdagi ma’lumotlarni birlashtirish va ularni istagan masofaga jo‘natish mumkin. Bundan tashqari Web muhit ma’lumotlarini universal ko‘rinishlarini yaratish bo‘yicha keng imkoniyatlarga ega.6
Web muhit yordamida Masofaviy ta’limning bir necha vazifalarini amalga oshirish mumkin:
-O‘quv va test o‘tkazish vositalarini yaratish
-Istalgan ko‘rinishdagi matnli, grafikli, audio va video materiallari o‘quv kurslarini saqlash va namoyish etish
-Tinglovchilarda hosil bo‘lgan javoblarga tezkor javoblarni jo‘natish
-Hamma tarmoq bo‘yicha yuklanadigan ilovalarni yaratish
Web muhitda Masofaviy ta’limni tashkil qilish shuni ko‘rsatdiki, bu muhitdagi o‘quv materiallari an’anaviy darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan farq qilgan holda o‘ziga hos hususiyatlarga ega bo‘ladi. Shunday hususiyatlardan biri bu o‘quv jarayonini interaktiv vositalar yordamida olib borishdir.
Media server
Harakatdagi tasvirlarni va audio axborotni kodlash va dekodlash
texnologiyalari web serverlar tarkibiga harakatlanuvchi videoni kiritish imkoniyatini yaratadi. Umuman olganda web hujjatlarni harakatlantiruvchi video bilan ta’minlash ikki xil turdagi modellar bilan amalga oshirish mumkin:
-Web serverlar va video serverlar funksiyalarini birlashtirish,
-Ikki mustaqil lekin o‘zaro bog‘langan serverlarni tashkil qilish.
Ikkinchi model grafikli oqimni boshqarishda juda katta imkoniyatlarga ega ,u kommunikatsion tarmoqlarning yuklamalarini kamaytiradi. Shuningdek, mijozlarga qulay bo‘lgan xizmatni taklif etadi.
Zamonaviy video serverlar jonli video va audio materiallarni (masalan: jonli ma’ruzani uzatish imkoniyatlariga) ega bo‘lib, ushbu texnologiyani yaratadi.
Media serverlar web o‘quv materiallarining samaradorligini oshirish uchun ham foydalaniladi va turli jarayonni o‘rganishda yordam beradi.
Media-video va audioni kodlab jo‘natish.
Share with your friends: |