Mavzu: ta’lim boshQARUVIDA MASOFAVIY ta’lim texnologiyalaridan foydalanish usullari mundarija: kirish i-bob. MASOFAVIY ta’lim texnologiyalari asoslari



Download 230.5 Kb.
Page2/10
Date10.05.2022
Size230.5 Kb.
#58772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu ta’lim boshQARUVIDA MASOFAVIY ta’lim texnologiyalaridan
dissirtation, kimjovij kinetika va muvozanat
III -bob bo‘yicha xulosa

XULOSA

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI

Ta’lim muassasalari boshqaruvi magistratura mutahassisligi magistranti Abdirazoqov Nozimjon Maxmudjon o‘g‘lining “Ta’lim boshqaruvida masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish usullari” mavzusida magistrlik dissertatsiyasi mavzusi ASOSNOMASI
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligi. Bugun axborot texnologiyalari kirib bormagan soha qolmadi. Qaysi bir jabhani olmaylik qulaylik, oshkoralik va tezkorlik bobida zamonaviy axborot texnologiyalari yangilanishlarning muhim omiliga aylanib borayotir. Shu bois yurtimizda iqtisodiy -barqarorlik, ijtimoiy farovonlikni ta’minlash, aholi turmush darajasini yanada oshirish uchun barcha jabhaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga alohida ahamiyat berilmoqda1.

Ilm-fan tarakkiy etayotgan zamonaviy jamiyatda rivojlangan axborot-kommunikatsiya tizimlari vositasida turli fan soxalarida yoritilgan yutuqlarning tez yangilanib borishi ta’limda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish, o‘quv jarayoniga komp’yuterli o‘qitish va nazorat kilish texnologiyalarini ishlab chiqish va qullash vazifasini qo’yadi.

Ohirgi yilning pandemiya sharoiti ayniqsa bu jarayonni jadallashtirib o‘qitishning masofaviy turini birinchi o‘ringa surdi. Mamlakatimiz o‘quv yurtlariga kirib kelgan masofaviy ta’lim va moodle elektron platformada o‘quv jarayonini tashkil etilganligi zamonaviy kompyuterlar foydalanish elektron darsliklar yaratish, dars jarayonlarini virtuallashtirish, o‘qitishda virtual va multivositalardan foydalanish, ta’limning virtual bazasini yaratish kabi faollashtirildi. Shuningdek internet tarmoqlari ochiq elektron resurslarning ta’lim-tarbiya sohasidagi ahamiyati beqiyosdir.

Ta’lim jarayonida xozirgacha yaratilgan elektron qo‘llanmalarni taxlil qilgan xolda o‘quvchilar uchun qulay bo‘lgan, xam nazariy bilim beradigan, xam amaliy ko’nikmalarni xosil qiladigan shakllar xaqida tasavvurlarni boyitadigan, uz-uzini sinab kurish imkoniga ega bulgan elektron qo’llanma yaratish.

Masofaviy ta’lim tizimi- elektron resurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalar kiritish asosida pedagogik jarayonni o‘zgartirishdir. Butun jahon zamonaviy oliy o‘quv yurtlarining ta’lim fazosida ochiq elektron resurslar katta didaktik salohiyatga ega. Yuqoridagi xususiyatlarni inobatga olgan holda Ta’lim boshqaruvida masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish usullari- mavzu ilmiy izlanish mavzusi sifatida kiritilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Magistr dissertatsiyasining maqsadi va vazifalari. Ta’lim boshqaruvida masofaviy ta’limni tashkil etishni metodologik asoslarini o‘rganib chiqish hamda ularni O‘zbekiston Respublikasida yanada targ‘ibot qilish, rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni tashkil etish2




Download 230.5 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page