Elektron pochta - bu dasturiy va boshqa vositalar to‘plami bo‘lib, u komp’yuterlar o‘rtasida ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan. Ma’lumotlar oddiy matn ko‘rinishida yoki matnli bo‘lmagan (grafik , dastur , video , rasm , tovush) shaklida bo‘lib, unda ma’lumotlarni yetkazish uchun bir necha sekundlardan tortib 10 minutgacha vaqt sarflanadi.
Elektron ma’lumotlarni olish, shu bilan birgalikda javobni tayyorlash va jo‘natish masofaviy ta’limda ishtirok etuvchilarni har biri uchun qulay paytda amalga oshiriladi.
Shuning uchun Elektron pochta interaktiv bo‘lmagan telekommunikatsion texnologiyalar safiga kiradi va (OFF LINE) rejimida ishlaydi. Elektron pochta telekommunikatsion texnologtyalarning eng arzon va uncha murakkab bo‘lmagan turlaridan biri hisoblanadi. Lekin Elektron pochta joriy vaqt rejimida (OFF LINE)to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazishga ega bo‘lmaganligi uchun uning Masofaviy ta’limda Pedogogik jarayonda samarasi cheklangandir.
Masofaviy ta’limni amalga oshirishda Elektron pochta quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatish mumkin:
1.Tinglovchiga o‘quv uslubiy materiallarni va ma’muriy xujjatlarni yetkazish uchun.
2.O‘qituvchiga bajarilgan uy vazifalarini tezkor yetkazish
3.O‘qituvchi va tinglovchi o‘rtasida o‘zaro aloqani o‘rnatish
4.Tinglovchilar o‘rtasida muloqotni amalga oshirish
5. OFF LINE rejimida telekonferensiyalarni tashkil qilish va boshqalar
Elektron pochtaning Masofaviy ta’limda kurslarni o‘tkazish uchun o‘qituvchiga foydali bo‘lgan, quyidagi asosiy imkoniyatlarga ega:
-Xabarlarni tarqatish ro‘yhatini tuzish
-Xatlarga ilovalarni yaratish (Fayllarni biriktirish)
-Xabarlarga tayyor fayldan matn yoki rasmni kiritish
-Xabarlarni qayta ishlash qoidalarni o‘rganish
Masofaviy ta’limda o‘qituvchi tinglovchi va tinglovchilar aro aloqani o‘rnatish uchun telekonferensiyalardan foydalanish mumkin.Bu texnologiya yordamida o‘qituvchi har bir tinglovchi bilan shug‘ullanishdan ozod bo‘lib,tinglovchi lar jamoasiga bir vaqtni o‘zida ta’lim beradi.
Telekonferensiyalar , zuvlar almashinuvi shaklida elektron pochta yordamida (OFF LINE) rejimi yoki joriy vaqt (ON LINE) rejimida tashkil qilinishi mumkin. Birinchi holatda ma’lumotlar tinglovchilarga ro‘yhat bo‘yicha jo‘natiladi. Ikkinchi holatda esa telekonferensiya tizimini tashkil qilish uchun mahsus dasturmy ta’minotdan foydalaniladi.Bunda texnologiyaning o‘zi joriy vaqtda matnli ma’lumotlarni almashishdan iborat bo‘lib , ma’lumotlar barcha telekonferensiya ishtirokchilari komp’yuterlarining ekranida darhol hosil bo‘ladi.
Joriy vaqt rejimidagi telekonferensiya mahsus dasturlarning interfeysi asosan 3 ta elementdan iborat:
- Xabar matnini kiritish va tahrirlash maydoni
- Asosiy maydon. (Bu yerda hamma qatnashchilar yuborgan matnli xabarlar joylashtiriladi)
- Qatnashchilar ro‘yhatini aks ettiruvchi maydon.
Ma’lumotlarni almashinishda konferensiya yakunlangandan so‘ng har-bir qatnashchi matn ma’lumotlarini fayl tarzida saqlab qolish imkoniyatiga ega.
Share with your friends: |