Takrоrlanuvchi tartib – bunda tanlab оlingan birlik tanlamaga kiritilgandan so'ng bоsh to'plamga qaytariladi.
Takrоrlanmaydigan tartib - bunda tanlab оlingan birlik tanlamaga kiritilgandan so'ng bоsh to'plamga qaytarilmaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tanlab kuzatish usulining qo‘llanilishiga bo‘lgan ehtiyoj yanada yaqqolroq namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekiston respublikasi statistikasining milliy hisoblar tizimi halqaro andozalariga o‘tishi MHT ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularni tahlil qilishda tanlab kuzatish usulining keng ko‘lamda qullanilishini taqozo etadi.
Tanlama kuzatish usulining qo‘llanilishiga ehtiyoj turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Ma’lumki, hozirgi bosqichda xo‘jalik faoliyatining bozor iqtisodiyotiga xos ko‘plab sub’ektlari yuzaga keldi. bular jumlasiga aksionerlik jamiyatlari, fermer xo‘jaliklari, kichik korxonalar, qo‘shma korxonalar va shu singarilar kiradi. YUzlab va minglab xo‘jalik sub’ektlarini yalpi kuzatishni amalga oshirish katta miqdordagi moddiy, moliyaviy va boshqa harajatlarni talab qiladi. Tanlama kuzatish usulining qo‘llanilishi esa ko‘plab ish kuchi va mablag‘larni tejash imkonini beradi, bu esa bozor munosabatlari sharoitida muhim ahamiyatga egadir.
Ressurslarni tejalishidan tashqari , yana bir muhim sabablardan biri, tanlab kuzatish usulining qo‘llanilishi, kerakli ma’lumotlarni to‘plash uchun sarf qilinadigan vaqtning ham tejalishiga, oqibat natijada esa ma’lumotlarni qisqa vaqt ichida to‘planishiga imkon beradi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti ijtimoiy - iqtisodiy vaziyatning tez-tez o‘zgarib turishiga sabab bo‘ladigan bugungi kunda vaqt omili muhim ekanligi tanlab kuzatish usulini qo‘llanilishini zaruriy shartlardan biriga aylantiradi.
Tanlama kuzatish usulining bozor munosabatlari sharoitida statistik ma’lumotlarni to‘plashning eng muhim usuliga aylanib qolishning yana bir sabablaridan biri, yalpi kuzatish ma’lumotlarining to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish va qayta ishlashda undan foydalanish imkoniyatidir.
Statistika amaliyotida tanlama kuzatish statistik ma’lumotlarni olishning asosiy usuli sifatida keng qo‘lamda qo‘llaniladi. Davlat statistikasi asosan quyidagi ishlarni amalga oshirishda tanlab kuzatish usulidan foydalanadi:
1) Yalpi ma’lumotlarni tanlab kuzatish:
2) Ishchi, xizmatchilar va tadbirkorlar oilalarning byudjetlarini tanlab o‘rganish:
3) aholini ro‘yxatga olishda tanlab kuzatish usulidan foydalanish:
4) Maxsulotlar va tovarlar sifatini nazorat qilishda:
5) Ishchi, xizmatchialr va tadbirkorlar daromadlarining tarkibini va o‘y sharoitlarini kuzatishda:
6) YAkka ho‘jalik va dehqon xo‘jaliklaridagi ekin maydonlarini hisobgaolishda:
7) Aholining xalq iste’moli tovarlariga bo‘ladigan talabini o‘rganishda:
8) Korxonalarda ish vaqtidan foydalanish samaradorligini o‘rganishda:
9) Bozor kon’yukturasi o‘rganishda:
10) Boshqaruv samaradorligini aniqlashda va shu singari ishlarni amalga oshirishda qo‘llaniladi.
Tanlama kuzatish iqtisodiyotning deyarli hamma sektorlarini qamrab oladi.
Xulosa va asosiy fikrlar Muhimligi
Tanlanma kuzatish bozor iqtisodiyotining ajralmas qismidir. Bu bizga jarayonlarni yaxshiroq tushunishga va foydali tushunchalar,xulosalarni chiqarishga yordam beradi.
Afzalliklar
Tanlanma kuzatish xarajatlarni kamaytirishga, nazoratni ta'minlashga, yaxshilashga va ravshanlikni oshirishga yordam beradi.
Xatarlar va qiyinchiliklar
Namuna olishdagi xatolar, ma'lumotlarning etarli emasligi va natijalarning o'zgaruvchanligini hisobga olish kerak. Biroq, bu xavflarni asosiy vazifaga e'tibor qaratish orqali kamaytirish mumkin.