Milliy iqtisodiyotni rivojlanishi va aholi bandligini ta`minlashga korxonaning o`rni va roli. Reja: Kirish


Sanoat korxonasining milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni va roli



Download 34.6 Kb.
Page4/4
Date23.02.2024
Size34.6 Kb.
#63645
1   2   3   4
Milliy iqtisodiyotni rivojlanishi va aholi bandligini ta`minlashga korxonaning o`rni va roli.
6 maruza Ichki pochta Kuryerlik jo’natmalarini qabul qilish, ishlov
Sanoat korxonasining milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni va roli.
Davlat mustaqilligi e’lon qilingandan beri o‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda katta yutuqlarga erishiladi.
Milliy iqtisodiyot – bu ushbu mamlakatning ma’lum xududiy chegaralarida tarixan shakllangan, yagona tizimga birlashtirilgan iqtisodiy tarmoqlarining yig‘indisidir.
O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish Prezidentimiz I.A.Karimov ilgari surgan besh asosiy tamoyilga asoslanadi. Ular bozor munosabatlariga o‘tishning milliy modelini shakllantirishning butun dasturi negiziga qurigan.
Mustaqillik shakllangan qisqa davr ichida respublikada bozor munosabatlariga o‘tishning qonuniy – huquqiy asoslari yaratiladi. Zarur bo‘lgan hamma xo‘jalik – huquqiy me’yorlar, subyektlarning iqtisodiy erkinligini, xususiylik va tadbirkorlikni himoya qilishni kafolatlovchi bir qator qonunchilik xarajatlari va hujjatlar paketi qabul qilinadi va ular amalga oshirilmoqda.
Sanoat korxonasi milliy iqtisodiyotning muhim subyekti, moddiy subyektlar ishlab chiqaradigan O‘zbekiston sanoat majmuasining boshlang‘ich xalqasidir.
Ishlab chiqarish – bu odamlar hayot faoliyatidagi obyektiv zarurat, kishilik jamiyati mavjud bo‘lishning asosidir. Faoliyatning istalgan turi bilan shug‘ullanishni boshlashdan avval odam o‘z xayotining moddiy sharoitlarini yaratish: oziq-ovqat, kiyim, turar joy topishi kerak.
Ishlab chiqarishning asosiy maqsadi – inson talablarini qondirish.
Talablar esa chegarani bilmaydi. Bu ishlab chiqarishni doimiy rivojlantirib borishni taqozo etadi.
Qandaydir tovarni ishlab chiqarish jarayoni yakka tartibda – korxonada amalga oshiriladi. Boshqa tomondan esa iqtisodiyot – bu bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan turli xildagi korxonalar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning murakkab yig‘indisidir. Shunday tarzda ishlab chiqarish doimo ijtimoiy shaklda namoyon bo‘ladi. Shunchaki tashkil qilingan ishlab chiqarish yo‘q. U hamma vaqt turli xil iqtisodiy subyektlarning o‘zaro munosabatlari bilan taqdim etiladi, chunki ishlab chiqarish omillari (yer, kapital, mehnat) ning o‘z egalari, mulkdorlari bor.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotida yetakchi uchta xo‘jalik yurituvchi harakat qiladi.

Xulosa.
Aholi daromadlariga doir nazariyalarni ko’rib chiqishni klassiklardan boshlash maqsadga muvofiq, chunki iqtisodiyot fanining ulardan oldingi namoyondalari (sxolastlar, merkantilistlar, fiziokratlar va boshqalar) ushbu masalalar yuzasidan yaxlit qarashlar tizimini bayon etmaganlar.
Klassik siyosiy iqtisod vakillari (A. Smit, D. Rikardo, D. Mill’ va boshqalar) birinchilar aholi daromadlari yuzasidan yaxlit qarashlar tizimini qatorida ta’riflab berdilar. Ularning nuqtai nazariga ko’ra, pulning barcha tovarlar va xizmatlarga nisbatan narxlarning o’rtacha darajasi bo’yicha hisoblangan xarid qobiliyati doimiy bo’ladi. Klassik iqtisodchilar asosan Maltusning aholi o’sishining oziq-ovqat resurslariga bog’liqlik nazariyasiga qo’shilar edilar. Xuddi ana shu nazariya ularga tirikchilik minimumi bilan belgilanadigan ish haqi nazariyasini asoslashga yordam berdi.
Mazkur maktab namoyandalari tirikchilik minimumi deganda, mehnat xizmatlarining «tabiiy» bahosi – jismonan yashash uchun zarur bo’lgan ish haqi darajasi, ya’ni ishchilar olishi kerak bo’lgan minimal haqini tushunar edi.
Klassiklar aholining o’zgarmas sonini qo’llab-quvvatlaydigan «tabiiy ish haqini» qisqa muddatli «bozor ish haqidan» farqlar edilar. Agar «bozor ish haqi» tabiiy ish haqidan ortiq bo’lsa, aholining o’sishiga yo’l qo’yadi. Ularning fikricha, ish haqi darajasining tirikchilik minimumigacha pasayish tamoyili aholi ortiqchaligini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, ular har bir jon boshiga to’g’ri keladigan daromad maksimal bo’lgan vaqtdagi aholi soni optimal son bo’ladi, deb hisoblar edilar.
Klassiklar Maltus izidan borib, kambag’allikning sababini aholi o’sish sur’ati bilan tirikchilik minimumini belgilaydigan hayotiy ne’matlarning o’sish sur’ati o’rtasidagi oddiy nisbatdan iborat deb qaraganlar. Ular bevosita davlat subsidiyalari yoki xususiy xayr-ehsondan foydalanib, qashshoqlikni engishga qarshi chiqar edilar, chunki bu aholi o’sishining asosiy cheklovini kuchsizlantirishi mumkin edi. Agar bir ishchiga to’g’ri keladigan ish haqi tirikchilik minimumiga teng bo’lsa, aholi sonida muvozanat o’rnatiladi. Aholi kam bo’lganida tirikchilik minimumini saqlab turish uchun kerak bo’lganiga qaraganda ko’proq daromad hosil qilinadi.
Foydalangan adabiyotlar.
http://fayllar.org
Download 34.6 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page