Kronbloklar.
Burg‘ilash qurilmalaridagi kronbloklar konstruksiyasiga ko‘ra arqon roliki sonlari ularni joylashuv soni va o‘rnatilishiga qarab bir biridan farq qiladi.
Burg‘ilash qurilmalari BU50 va BU8 beshta arqon roliki va kronblok jihozlangan bo‘lib u beshta o‘qqa o‘rnatilgan.
Burg‘ilash qurilmasi BU125 minora kronblok, blok ta’minlangan bo‘lib, 2 seksiyasi bitta o‘qqa joylashtirilgan, har biri uchtadan arqon roliklaridan tuzilgan.
Burg‘ilash qurilmasi BU125 A shaklidagi minora va ASP mexanizmi, 3 seksiyali kronblok, bitta o‘qqa 3 tasi boshqa o‘qqa, 2 tasi 3 o‘qqa bitta arqon roliki orqasi payvandlangan.
jadval
№
|
Ko‘rsatgichlar
| Kronbloklar turi |
BU-50Br
|
BU-75 Br
|
93-130-2
|
UZ-2002
|
KBN-7-200
|
1.
|
Yuk ko‘tarish qobiliyati
|
50
|
75
|
130
|
200
|
300
|
2.
|
Ilgakka beriladi-gan maks. yuk
|
70
|
100
|
160
|
250
|
|
3.
|
Arqonni maks. tortish kuchi
|
10
|
15
|
22
|
22
|
22
|
4.
|
Shkif arigi bo‘yicha
|
800
|
800
|
900
|
1000
|
1000
|
5.
|
Kronblok og‘irligi kg
|
923
|
1070
|
2400
|
3915
|
4850
|
Tal bloki.
Tal blok payvandlangan korpusdan iborat bo‘lib, qaysiki unga shkivlar va podshipniklar tuguni kronblokdagi kabi joylashtiriladi.
Burg‘ilash qurilmalarida ikki xil turdagi tal bloklari qo‘llaniladi: ilgakli blok - svechalarni qulda joylashtirish uchun; osilgan avtomatik elevatorlarni ishlatish uchun tal bloklari, tushirish-ko‘tarish operatsiyalarini avtomatik va mexanizatsiyalashgan holda amalga oshirish avtomatik mexanizmlarni jamlanmasidan foydalaniladi.
Burg‘ilash qurilmasini tal tizimida trosli konstruksiyani olti qator o‘ramli arqonlari qo‘llaniladi, natijada ikki tomonlama o‘ram hosil bo‘ladi: eshilgan simlar va arqonning eshilgani. Tal arqonlarining eshilmasi 19 tadan 37 tagacha simlar sonidan tashkil topgan bo‘lib, arqon organik yoki metalli yurakchalar atrofida uraladi. Mustahkam tal arqonlarini tayyorlashda yuqori uglerodli va yuqori marganesli arqon simlaridan foydalaniladi.
Ishlatish jarayoni davrida tal arqonining holatini kuzatish iqlim bo‘yicha qattiq nazorat o‘rnatiladi; har bir smena almashishdan oldin katta nazoratchi tekshirib ko‘radi.
Agarda quyidagi nuqsonlardan birortasi ruy bergan bo‘lsa tal arqoni almashtiriladi:
arqonning bitta to‘qimasi uzilgan bo‘lsa;
diametri 20 mm gacha, arqonning o‘ramidagi qadamida uzilgan simlarning soni 50% dan oshganda arqonning diametri 20 mm dan katta bo‘lganda uzilgan simlarni soni 10% dan oshganda;
arqonning yurakchasini yorilishi natijasida bitta o‘ram pachoqlangan bo‘lsa;
arqon cho‘zilgan yoki qo‘shilgan bo‘lsa, boshlang‘ich diametriga nisbatan eng kichik diametri 75 % ni tashkil etsa;
arqonda bo‘ralgan (buklangan) bo‘ralma bo‘lsa;
yemirilish yoki zanglash natijasida boshlang‘ich diametrga nisbatan 40% va undan oshganda.
Share with your friends: |