Neft va gaz konlari geologiyasi va geofizikasi



Download 2.06 Mb.
Page7/11
Date31.01.2024
Size2.06 Mb.
#63386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Burmalar va Burma hosil qiluvchi harakatlar
Kronbloklar.

Burg‘ilash qurilmalaridagi kronbloklar konstruksiyasiga ko‘ra arqon roliki sonlari ularni joylashuv soni va o‘rnatilishiga qarab bir biridan farq qiladi.


Burg‘ilash qurilmalari BU50 va BU8 beshta arqon roliki va kronblok jihozlangan bo‘lib u beshta o‘qqa o‘rnatilgan.
Burg‘ilash qurilmasi BU125 minora kronblok, blok ta’minlangan bo‘lib, 2 seksiyasi bitta o‘qqa joylashtirilgan, har biri uchtadan arqon roliklaridan tuzilgan.
Burg‘ilash qurilmasi BU125 A shaklidagi minora va ASP mexanizmi, 3 seksiyali kronblok, bitta o‘qqa 3 tasi boshqa o‘qqa, 2 tasi 3 o‘qqa bitta arqon roliki orqasi payvandlangan.
jadval



Ko‘rsatgichlar

Kronbloklar turi


BU-50Br

BU-75 Br

93-130-2

UZ-2002

KBN-7-200

1.

Yuk ko‘tarish qobiliyati

50

75

130

200

300

2.

Ilgakka beriladi-gan maks. yuk

70

100

160

250




3.

Arqonni maks. tortish kuchi

10

15

22

22

22

4.

Shkif arigi bo‘yicha

800

800

900

1000

1000

5.

Kronblok og‘irligi kg

923

1070

2400

3915

4850



Tal bloki.

Tal blok payvandlangan korpusdan iborat bo‘lib, qaysiki unga shkivlar va podshipniklar tuguni kronblokdagi kabi joylashtiriladi.


Burg‘ilash qurilmalarida ikki xil turdagi tal bloklari qo‘llaniladi: ilgakli blok - svechalarni qulda joylashtirish uchun; osilgan avtomatik elevatorlarni ishlatish uchun tal bloklari, tushirish-ko‘tarish operatsiyalarini avtomatik va mexanizatsiyalashgan holda amalga oshirish avtomatik mexanizmlarni jamlanmasidan foydalaniladi.
Burg‘ilash qurilmasini tal tizimida trosli konstruksiyani olti qator o‘ramli arqonlari qo‘llaniladi, natijada ikki tomonlama o‘ram hosil bo‘ladi: eshilgan simlar va arqonning eshilgani. Tal arqonlarining eshilmasi 19 tadan 37 tagacha simlar sonidan tashkil topgan bo‘lib, arqon organik yoki metalli yurakchalar atrofida uraladi. Mustahkam tal arqonlarini tayyorlashda yuqori uglerodli va yuqori marganesli arqon simlaridan foydalaniladi.
Ishlatish jarayoni davrida tal arqonining holatini kuzatish iqlim bo‘yicha qattiq nazorat o‘rnatiladi; har bir smena almashishdan oldin katta nazoratchi tekshirib ko‘radi.
Agarda quyidagi nuqsonlardan birortasi ruy bergan bo‘lsa tal arqoni almashtiriladi:

  1. arqonning bitta to‘qimasi uzilgan bo‘lsa;

  2. diametri 20 mm gacha, arqonning o‘ramidagi qadamida uzilgan simlarning soni 50% dan oshganda arqonning diametri 20 mm dan katta bo‘lganda uzilgan simlarni soni 10% dan oshganda;

  3. arqonning yurakchasini yorilishi natijasida bitta o‘ram pachoqlangan bo‘lsa;

  4. arqon cho‘zilgan yoki qo‘shilgan bo‘lsa, boshlang‘ich diametriga nisbatan eng kichik diametri 75 % ni tashkil etsa;

  5. arqonda bo‘ralgan (buklangan) bo‘ralma bo‘lsa;

  6. yemirilish yoki zanglash natijasida boshlang‘ich diametrga nisbatan 40% va undan oshganda.




Download 2.06 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page