Neft va gaz konlari geologiyasi va geofizikasi


rasm. Machtali turdagi burg‘ilash minorasi



Download 2.06 Mb.
Page5/11
Date31.01.2024
Size2.06 Mb.
#63386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Burmalar va Burma hosil qiluvchi harakatlar
rasm. Machtali turdagi burg‘ilash minorasi.
a – A shakldagi minora; b – P shakldagi minora.



Burg‘ilash minora yuk ko‘tarish, balandligi va konstruksiyasi bo‘yicha ajratiladi.
«Uralmash» zavodida quyidagi turdagi burg‘ilash qurilmalari ishlab chiqariladi:
A – shakldagi VM-turidagi;
P – shakldagi VMP-turidagi;
A – shakldagi minora 3200/200 va 5000/320 tasnifli burg‘ilash minoralarida qo‘llaniladi.
P – shakldagi minora 5000/320 tasnifli burg‘ilash qurilmalarida qo‘llaniladi (rasm).
To‘rt tayanchli machtali minoralar 6500/400 va 8000/500 burg‘ilash qurilmalarida qo‘llaniladi (4.4-rasm).
Minorani ko‘tarish va tushirish, burg‘ilash chig‘irig‘i yordamida amalga oshiriladi. Minoraning bitta oyog‘ida kronblok osti maydonigacha tonnel ko‘rinishidagi narvon mavjud, ikkinchi oyog‘i ichida – o‘tish maydoniga ega bo‘lgan qadamli ko‘rinishidagi narvon mavjud.
Volgograd burg‘ilash texnikalari zavodida ishlab chiqarilgan burg‘ilash minoralarining parametrlari jadval va rasmda tasvirlangan.
Har qanday burg‘ilash minoralarini konstruksiyalarida asos, balkon va narvonlarida texnika xavfsizligi choralari etiborga olinishi zarurdir.
Burg‘ilash minoralarida qisman yoki to‘liq buzilishi natijasida har xil turdagi jiddiy xavflar vujudga kelishi mumkin.





rasm. To‘rt tayanchli machtali minora.



rasm. Volgograd burg‘ilash texnikalari zavodida ishlab chiqarilgan burg‘ilash minoralari.
a – B4.01.00.000; b – Sb.01/2500EU; v – B1, B11, B12


Burg‘ilash qurilmalarini va minoralarini o‘rnatish bilan bir vaqtda inshoat usti qurilishi quyidagicha olib boriladi.
Reduktor (agregat) saroyi – dvigatel va chig‘iriqni uzatma mexanizmlarini usti qismi yopish uchun mo‘ljallangan. Uni minoraga orqa panel yo‘nalishiga qarshi tomonidan ko‘prik tartibida o‘rnatiladi. Reduktor saroyining o‘lchamlari qurilma turiga qarab aniqlanadi.
Nasos saroyiga burg‘ilash nasoslari va kuch jihozlari joylashtiriladi. Nasos saroyi minora chirog‘i yon tarafidagi reduktor saroyiga yondosh qilib quriladi. Reduktor va nasos saroylarining devorlari va tomi aniq sharoitlarga bog‘liq holda taxta, gefr g‘ovakli temir, qamishli shit, rezina to‘qimali yoki polietilen plyonkalar bilan qoplanadi. Ba’zi bir burg‘ilash qurilmalari reduktor va nasos saroylarini birgalikda qurilishini talab etadi.
Qabul ko‘prigi burg‘ilash, himoyalash va boshqa quvurlarni, jihozlarni, asboblarni, materiallarni va ehtiyot qismlarni ko‘chirish uchun mo‘ljallangan. Qabul ko‘prigi yotiq va qiya holda bo‘ladi. Qabul ko‘prigi qurilmasini balandligi burg‘ilash minorasi ramasi qurilmasini balandligiga muvofiq rostlanadi (belgilanadi). Qabul ko‘prigining kengligi 1,5÷2 m, uzunligi 18 metrgacha.
Burg‘ilashdagi bir qator yordamchi inshootlar: elektr uzatmali transport maydonchasi, ichki yonuv dvigateli (IYoD) –maydonchasi, qaysiki unda yoqilg‘i moylash materiallari va boshqalar joylashtiriladi.
Ijtimoiy maishiy ma’daniy ob’ektlar: oshxona, vagon yotoqxona va boshqalar.


Download 2.06 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page