Burg‘ilash qurilmalari.
Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash, maxsus burg‘ilash qurilmalari orqali olib boriladi. Burg‘ilash qurilmasi murakkab mashinalar jamlanmasidan: mexanizmlar, apparatlar, metall konstruksiyalaridan, nazorat o‘lchov asboblari va boshqaruv vositalaridan tashkil topgan.
Burg‘ilash qurilmasi tarkibiga quyidagilar kiradi: tal tizimini, osma va burg‘ilash quvurlarini joylashtiradigan, (minora) asboblarini ko‘taradigan-tushiradigan jihozlar, asboblarni uzatadigan va aylantiradigan qurilmalar, yuvish eritmalarini uzatadigan nasoslar kuch berish uzatmalari, yuvish eritmalarini tayyorlaydigan va tozalaydigan mexanizmlar, tushirish-ko‘tarish operatsiyalarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash mexanizmlari, nazorat-o‘lchov asboblari va yordamchi qurilmalardan tashkil topgandir.
Agregat usuli – birinchi marta montaj qilganda har bir agregat qurilmasini tashishda va montaj qilishda alohida amalga oshirish. Qaytadan va navbatdagi montaj qilishda agregat usulidagi qurilmalar agregatlarga va tugunlarga ajratiladi hamda yangi burg‘ilash joyiga universal transportlarda tashiladi, yana qaytadan jihozlar va inshootlar montaj qilinadi.
Agregat usulida bir qator murakkab ishlarni amalga (qurilish, duradgorlik, slesarlik va boshqa) oshirish, ya’ni ajratishda va yangi joyda yig‘ishda, montaj ishlari muddatini chuzilib ketishiga olib keladi.
Agregat usuli hozirgi paytda kam qo‘llanilib, asosan tayanch quduqlarni burg‘ilashda, og‘ir yuklarni, qurilmalarni montaj qilishda va qurilmalarni katta masofaga ko‘chirishda qo‘llaniladi.
Maydablokli usul – qurilma agregatlari va tugunlari metalli asoslarda ko‘chiriladi va montaj qilinadi. Bunday asoslar qandaydir qurilma tuguni bilan montaj mayda blokni tashkil qiladi. Bunday bloklarning soni qurilma konstruksiyasi, qazilma konlarini qayta ishlash shartlari va geofizik shartlarga muvofiq aniqlanadi. Odatda burg‘ilash qurilmasi 15÷20 ta mayda bloklarga ajratilib, gabarit o‘lchamlari va massalari unversal transportlarda tashish uchun qulay, qiyin, og‘ir joylarga vertalyotlarda tashiladi.
Bu usulda montaj qilish qidiruv burg‘ilashlarda kengroq qo‘llanilib, bir qancha rayonlarda ishlatish burg‘ilashlarida, qurilmalarni katta blokda tabiiy-geografik sharoiti og‘ir rayonlarda qurilmalarni katta blokda olib borilishi qiyin bo‘lganligi uchun qo‘llaniladi.
Yirik blokli usul – katta blokdagi agregat va qurilma tugunlari maxsus transportlarda (og‘ir yuk tashuvchi, zanjirli, og‘ir aylanadigan yoki havo g‘ildirakli) blok qurilmalarini poydevorga yoki bir-biri bilan kommukatsiyali biriktirilgan bloklarni tashishda qo‘llaniladi. Bunday burg‘ilash qurilmalari massasi 60 ÷120 tonnadan ikkita va uchta bloklarga ajratiladi. Yirik bloklarda metall asoslardan tashkil topgan bo‘lib, maxsus transport vositalarida tashiladi, bunda agregat va burg‘ilash tuguni qurilmalari bir-biri bilan kinematik bog‘langan. Bunday bloklarni tashishda amaliyotda qurilma tuguni va kommunikatsiya oraliqlaridagi kinematik bog‘lanishlar buzilmaydi, yopilmalari ajralmaydi, boshqa usullarda montaj qilishdagi og‘ir ishlarni bajarishdan holi bo‘linadi. Yirik blokli montaj qilishda montaj qilish muddati qisqa vaqt darajasigacha kamaytiriladi.
Burg‘ilash tizmalarini tushiradigan va ko‘taradigan burg‘ilash minoralari va qurilmalari.
Burg‘ilash jarayoni burg‘ilash tizmalari tushirish va ko‘tarish hamda ularni og‘irligini ko‘tarib turish ishlarini bajarish bilan kuzatiladi. Burg‘ilash qurilmalari ko‘tarish kerak bo‘lgan jihozlarni og‘irligi, bir necha yuzlab kilonyutonga to‘g‘ri kelishi mumkin. Metall arqonga beriladigan yuklanmani kamaytirish va dvigatel quvvatini kamaytirish uchun kamaytiruvchi qurilmalar qo‘llanilib, u minora, burg‘ilash chig‘irig‘i va tal tizimlaridan tashkil topgan. Tal tizimi o‘z navbatida qo‘zg‘almaydigan qismdan – kronblokdan, minora tepasiga o‘rnatilgan chirog‘lar, qo‘zg‘aluvchi qismlar-tal bloki (qo‘zg‘aluvchi blok poli, sirg‘algich), tal arqoni, ilgak va shtroplardan tashkil topgan.
Ko‘tarish qurilmalari har qanday usulda quduq burg‘ilanganda ajralmaydigan qismi hisoblanadi.
Burg‘ilash minorasi quduqka burg‘ilash tizmalarini va burg‘ilash quvurlarini tushirish va ko‘tarish burg‘ilash davrida burg‘ilash tizmalari og‘irligini ko‘tarib turish, unga tal tizimini joylashtirish, burg‘ilash quvurlari va jihozlarni qismlarini burg‘ilash jarayonida joylashtirish uchun mo‘ljallangan.
|
|
rasm. Burg‘ilash qurilmasining tushirish-ko‘tarish jihozlari.
1-kronblok; 2-minora; 3-tal arqoni; 4-tal bloki; 5-ilgak;
6-burg‘ilash chig‘irig‘i; 7-tal arqonining quzg‘almas uchi.
|
|
Share with your friends: |