Tayanch iboralar: minora, A shaklidagi minora, balandligi, yuk ko‘tarishi, nasoslar, rotor, chig‘iriq, tal, kran blok, ilgak, shtrop, elevator, yuritgichlar, tal arqonlari, avtomatik kalitlar.
Quduqlarni aylantirish usulida burg‘ilashning texnologik sxemalari.
Bizga ma’lumki tog‘ jinslariga ta’sir etishiga muvofiq burg‘ilash usullari quyidagi tasniflarga bo‘linadi: mexanik, issiqlik, fizik-kimyoviy, elektr uchqunli va boshqalar. Hozirgi kunda mexanik usulda tog‘ jinslarini parchalash keng qo‘llanilib, qolgan usullarni ekspremental ishlov natijasida ishlab chiqarishga qo‘llash rejalashtirilgan.
Mexanik burg‘ilash zarbali, aylantirish va zarbali-aylantirish usullarida amalga oshiriladi, lekin aylantirish usuli keng qo‘llaniladi.
Aylantirish usulida burg‘ilash ishlari Rossiya, Azarbayjon, O‘zbekiston va boshqa ko‘pgina davlatlarda keng olib borilmoqda. Burg‘ilangan tog‘ jinslari quduq tepasiga to‘xtovsiz suyuqlikning serkulyatsiya harakati yoki quduqka bosim bilan havo va gaz haydash yo‘li bilan chiqariladi.
Burg‘ilash jarayoni quyidagi bosqichlardan tashkil topgan: tushirish-ko‘tarish ishlari (burg‘ilash quvurlarini burg‘i bilan quduq tubiga tushirish va ishlab bo‘lingan burg‘ini burg‘ilash quvurlari bilan birgalikda ko‘tarib olish) va quduq tubida burg‘i bilan ishlov berish (burg‘i bilan jismlarni parchalash).
Bu bosqichda burg‘ilash jarayoni quduq ustunini nurashi neft va suv gorizontlarini ajratishda himoya quvurlarini quduqka tushirish paytida davriy ravishda to‘xtatiladi.
Quduqlarni burg‘ilash jarayoni bilan bir vaqtda bir qator yordamchi ishlar ham amalga oshiriladi: nusxa olish, yuvuvchi eritmalarni tayyorlash, karotaj, egrilikni o‘lchash, quduqka neft (gaz) oqimlarini oqib kelishini himoya qilish va hakoza. Avariya va asoratlar sodir bo‘lganda kerakli qo‘shimcha ishlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Yuqorida sanab o‘tilgan jarayonlarni amalga oshirishda burg‘ilash minoralari qo‘llaniladi.
Burg‘ilash tizmasi quvurlari tarkibidagi eng yuqori quvur aylana shaklida bo‘lmay, balkim kvadrat (balkim olti qirrali yoki tarnovli) bo‘lishi mumkin. Eng tepadagi quvur yetakchi burg‘ilash quvuri deyiladi.
Yetakchi burg‘ilash quvuri rotorning aylanma stoli teshigi orqali o‘tib, quduqni burg‘ilashda pastga quduq tubiga tushirib boriladi.
Rotor burg‘ilash minorasi markaziga joylashtiriladi. Burg‘ilash quvurlari va yetakchi quvurlar ichki bo‘shliqqa joylashtiriladi.
Yetakchi quvur yuqori uchi bilan vertlyugga biriktiriladi. Vertlyugning pastki qismi, yetakchi quvur bilan birlashtirilgan, burg‘ilash tizmasi bilan aylanishi mumkin, uning yuqori qismi esa doimiy qo‘zg‘almas bo‘ladi
Share with your friends: |