rasm Elevatorlar osib qo‘yiladigan shtroplar a – ikki qator torli;
b – bir qator torli.
Burg‘ilash nasoslari. Quduqlarni burg‘ilashda yuvish burg‘ilash nasoslari yordamida amalga oshiriladi. Burg‘ilash nasoslari yuvuvchi eritmalarni bosim bilan quduqka uzatish uchun mo‘ljallangandir.
Quduqlarni burg‘ilashda faqat yopiq uzatmali ikki va uch silindrli porshenli nasoslar qo‘llaniladi. Val 7 chini krivoship 6 va shatun 5 yordamida aylantirib, tebratma harakat paydo bo‘ladi, 4-chi kreyskofga harakat uzatiladi, to‘g‘ri yo‘nalishda ilgarilanma-qaytma harakat va unga bog‘langan holda shtok 3 va 12-chi porshenlar 2-chi silindr ichida harakatni tugallaydi. Suruvchi qopqoqlar 11 suruvchi quvurli uzatma 8 bilan biriktirilgan va pastki uchi 9-sizma bilan ta’minlangan. Eritma 10-chi chinadan suriladi.
Bosimli qopqoq 13 bosimli kompensator-1 va bosim tizimi14 bilan birlashtirilgan. Porshenni o‘ngdan silindrni chap qismiga harakatlanishida siyraklashish sodir bo‘ladi, atmosfera bosimida china-10 dagi yuvuvchi eritma suruvchi quvurli uzatma-8 chi orqali ko‘tariladi, chap suruvchi qopqoq 11 chi ochiladi va nasos silindriga kiradi. Shu vaqtning uzida silindrning o‘ng bo‘shlig‘ida eritma siqiladi o‘ngdagi 13-chi bosim qapqog‘iga yo‘naltiriladi. Bunda 13-chi chap bosim qapqog‘i va o‘ng suruvchi 11-chi qopqoq yopiq bo‘ladi. Porshenni teskari tomonga harakatida silindrning o‘ng bo‘shlig‘ida surilish, chap tomonida bosimni oshishi sodir bo‘ladi. Shunday qilib, porshen u yoki bu tomonga harakatida silindrning bir yarmida surish, boshqa yarmida suyuqlikni bosimini oshishi, ya’ni nasosning ikki martalik harakati kuzatiladi.