«Ona tili» 5-sinf sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi



Download 1.87 Mb.
Page130/371
Date15.05.2023
Size1.87 Mb.
#61343
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   371
5-sinf-ona-tili-yillik-dars-ishlanma
VII. Dars usuli:_______________________________________
VIII.Darsning borishi
IX.Darsning rejasi:
1. Olmosh haqida ma'lumot.
2. Olmoshning ma'no turlari.
Dars 1-topshiriqni bajarish bilan boshlanadi. Sinf taxtasiga quyidagi gaplar yoziladi:
Ahmad sinfimizda eng a 'lochi o 'quvchi, shuning uchun u katta obro'-e'tiborga ega. Gaplarni bir-biriga qiyoslab o’qish so’raladi. Ikkinchi gapdagi u so’zi birinchi gapdagi qaysi so’z o’rnida almashib kelganiga o’quvchilarning diqqati tortiladi. Shundan so’ng sinf taxtasiga quyidagi so’zlar ham yoziladi: . . keldim, . . o’qidi, . . yozdik. O’quvchilardan nuqtalar o’rniga kesimlarning mazmuniga mos egalar qo’yish so’raladi. Og'zaki bajartiriladi.260-mashqni bajartirish orqali olmoshlarning qaysi so’z turkumi o’rnida qo’llanishiga o’quvchilar e'tibori tortiladi. Olmoshlar o’rniga tegishli so’z turkumidagi so’zni almashtirish topshirig'ini berish tavsiya etiladi. Masalan: U o’ymakor eshikni qiya ochib ichkari kirdi - Nodirbek o’ymakor eshikni qiya ochib ichkari kirdi.261-mashq yuqoridagi mashqlarga nisbatan biroz murakkabroq. O’quvchilardan fikrlash talab etiladi. Namuna: Uning beshta kitobi bor. Yana . . . bo’lsa o’nta bo’ladi. Daftarga shunday yozilishi kerak: Uning beshta kitobi bor, yana shuncha bo’lsa o’nta bo’ladi. Nuqtalar o’rniga qo’yilgan so’zga so’roq beriladi. Qaysi so’z turkumi o’rnida qo’llangani izohlab o’tiladi. Qaysi gap bo’lagi vazifasini bajargani belgilanadi.Mashqlar bajartirilgach, olmoshning ma'no turlari bo’yicha tayyorlangan jadval tavsiya etiladi:
Olmoshning ma'no turlari

T/r

Olmosh turlari

misollar

1

kishilik olmoshi

men, sen, u, biz, siz, ular

2

ko’rsatish olmoshi

u, bu, shu, o’sha, mana shu, ana shu

3

o’zlik olmoshi

o’z

4

so’roq olmoshlari

kim, nima, qayer, qancha, nechta

5

belgilash olmoshlari

hamma, barcha, bari, har bir, har kim

6

bo’lishsizlik olmoshlari

hech kim, hech nima, hech qanday, hech qaysi

7

gumon olmoshlari

birov, allakim, allanima, kimdir, nimadir

Yuqoridagi jadval asosida olmosh so’z turkumi haqidagi nazariy ma'lumotlar o’quvchilarga yetkaziladi.

Download 1.87 Mb.

Share with your friends:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   371




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page