«Ona tili» 5-sinf sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi


So‘zlar bir ma'noli va ko‘p ma'noli so‘zlarga bo‘linadi



Download 1.87 Mb.
Page277/371
Date15.05.2023
Size1.87 Mb.
#61343
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   371
5-sinf-ona-tili-yillik-dars-ishlanma
So‘zlar bir ma'noli va ko‘p ma'noli so‘zlarga bo‘linadi. O‘n, Toshkent, Mirzacho‘l singari aniq bir ma'noni ifodalash uchun qo‘llanilgan so‘zlar bir ma'noli so‘zlar sanaladi.
Nutqiy jarayonda ikki va undan ortiq ma'noda qo‘llanuvchi so‘zlarga ko‘p ma'noli so‘zlar deyiladi.


483-mashq. Ko‘p ma'noli so‘zlarning ma'nosini izohlang.
1. O‘zbekistonning Davlat tili-o‘zbek tilidir. 2. Razvedkachilarga «til» tutib kelish topshirilgan edi. 3. Shoir boshini birdan ko‘tardi. (Oybek) 4. Ochilgan paxtani bir boshdan teringlar.
484-mashq. Avval bir ma'noli, keyin esa ko‘p ma'noli so‘zlarni ko‘chiring. Ko‘p ma'noli so‘zlarning har bir ma'nosi asosida gap tuzing.
Og‘iz, geografiya, geometriya, qo‘l, oyoq, maktab, bo‘g‘in, torn, o‘tmas, dasturxon, oshxona, kitob, non, iflos.
485-mashq. Quyidagi birikmalardagi ko‘p ma'noli so‘zni toping, qanday ma'no ifodalayotganini izohlang.
Iliq munosabat, qalb izhori, chuqur tekshirmoq, xira odam, istiqbol yo‘li, sovuq xabar.


Savol va topshiriqlar
1. Qanday so‘zlarga bir ma'noli so‘zlar deyiladi?
2. Qanday so‘zlarga ko‘p ma'noli so‘zlar deyiladi?
3. Bir ma'noli va ko‘p ma'noli so‘zlarga misol keltiring.


486-mashq. Uyga topshiriq. «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»dan peshana, burun, og‘iz, tish, quloq, yuz, bel so‘zlarining ma'no turlarini aniqiang. Ular ishtirokida gaplar tuzing.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.


Ilmiy bo’lim mudiri: _____________________

«Ona tili» 5-sinf sana:_________________ Sinf: ________________




Mavzu: 161-dars.SO‘ZNING O‘Z VA KO‘CHMA MA'NOLARI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.

Download 1.87 Mb.

Share with your friends:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   371




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page