Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V.Darsning jihozi: grammatik boshqotirma chizmasi.
VI. Dars turi:__________________________________________
VII. Dars usuli:________________________________________
VIII.Darsning borishi:
IX.Darsning rejasi:
1. Sintaksis haqida ma'lumot.
2. Gapda tinish belgilarining ahamiyati.
Bu darsda o’quvchilar boshqatildan o’zlashgan tilshunoslikning ilmiy atamalariga ilk bor duch keladilar. O’qituvchi bu atamalarga alohida e'tibor bilan to’xtalib, bundan keyin ham shunday atamalar uchrashini tushuntiradi.
Sof ilmiy tushunchalar olamiga endi kirib kelayotganlari uchun darslikda berilgan qoidalarni o’quvchilarga batafsil, kengaytirilgan holda tushuntirish, qo’shimcha misollar yordamida izohlash lozim. Sintaksis va punktuatsiyaning bir-biriga bog'liqligi uqtiriladi. Buning uchun ikki dars oldin o’tilgan maqsadga ko’ra gap turlariga qaytib, gap qoliplari sintaksisga, ularga qo’yiladigan tinish belgilari punktuatsiyaga tegishligi tushuntiriladi.
Berilgan barcha mashqlar o’quvchilarning ijodiy ishlashi, mustaqil fikrlashi uchun qaratilgan. Mashqlarning shakli, sharti turlicha bo’lsa-da, ularni quyidagi uchlik birlashtirib turadi: Talaffuzda: gap — ohang — ma'no
Yozuvda: gap — tinish belgisi — ma 'no
Har bir gapni shu ikki sxema bo’yicha tahlil qilish kerak, misol tariqasida 56-mashqning birinchi gapini olaylik.
Bu gaping yomon, bo’lmadi. Bu gaping yomon bo’lmadi.
O’quvchilar avval gaplar orasidagi farqni tushuntiradilar. Bu farqni talaffuzda ohang bilan ham farqlab berishlari kerak. So’ng tinish belgisi (ya'ni vergul) izohlanadi.
59-mashqda 56-, 58-mashqlar xarakteridagi topshiriq berilgan. Farqi shuki, oldingi mashqlarda tayyor berilgan gaplarda tinish belgilari orqali ma'no o’zgarishi kuzatilsa, bu mashqda o’quvchi o’zi mustaqil gap tuzishi kerak. Vergul o’rnini o’zgartirish bilan gapning mazmunini o’zgartirishi kerak. Alballa, bunday gap tuzilishi 5-sinf o’quvchisi uchun biroz murakkabroq, shuning uchun u iqtidorli o’quvchilarga mo’ljallangan. Bu topshiriqqa sinfdagi barcha o’quvchilarni jalb etish mumkin. Iqtidori pastroq o’quvchi bunday gapni tuzolmas, har holda, uning o’ylanishi, izlanishi, gap tuzishga intilishi o’qituvchi uchun yutuq hisoblanadi. O’quvchi tomonidan tuzilgan bitta muvaffaqiyatli gap uning ijobiy baholanishi uchun yetarli bo’ladi. Uni ijodiy ish sifatida baholab, sinf taxtasiga yozdirib, hamma bilan birgalikda tahlil qilish kerak.
Share with your friends: |