«Ona tili» 5-sinf sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi


b) Frontal (guruh bilan ishlash) Topshiriq



Download 1.87 Mb.
Page315/371
Date15.05.2023
Size1.87 Mb.
#61343
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   371
5-sinf-ona-tili-yillik-dars-ishlanma
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Topshiriq. Quyidagi so‘zlar birikmasining ma'nosini izohlang.
O‘rmon podshosi, ko‘zimning nuri, qalbim quyoshi, zangori kema.


Biror narsa va hodisani boshqa bir narsa va hodisaga o‘xshatish orqali tasvirlab ifodalashga tasviriy ifoda deyiladi.
Tasviriy ifodalar narsa va hodisalarning ikkinchi nomi hisoblanadi.
M a s a 1 a n: о 'rmon podshosi - sher.
Tasviriy ifodalar nutqimiz ta'sirchanligini ta'minlaydi.
535-mashq. Quyidagi tasviriy ifodalarni daftaringizga ko‘chirib yozing va ularga izoh bering.
Mo‘yqalam sohibi-
Salomatlik posbonlari-
Charm qo‘lqop ustasi-
G‘azal mulkining sultoni-
Hayotimiz qomusi-
536-mashq. Gaplarni o‘qing. Tasviriy ifodalar orqali nimalar haqida gap ketayotganini belgilang.
1. Zangori ekran orqali «Qishloqdagi tengdoshim» ko‘rsatuvi namoyish etildi. 2. Oq oltin ijodkorlari bu yil ham o‘z zimmalaridagi vazifani sharaf bilan bajarishdi. 3. Dalalarga baraka urug‘i ekib bo‘lindi.
537-mashq. Gaplarni o‘qib, tasviriy ifodalarni toping, ularga izoh bering.
1. Yaylov bahodirlari qo‘zilatish kampaniyasini boshlab yubordilar. 2. Yurtimizga uzoq o‘lkalardan qanotli do‘stlarimiz uchib kela boshladi. 3. O‘zbekiston «qora oltin»i bilan ham dunyoga mashhur bo‘lmoqda.
538-mashq. Kumush tola, o‘rmon malikasi, aql gimnastikasi, oltin boshoq tasviriy ifodalariga izoh berib, ular ishtirokida gaplar hosil qiling va daftaringizga ko‘chirib yozing.
Savol va topshiriqlar
1. Tasviriy ifodalarning nima ekanligini va ulaming nutqimizdagi ahamiyatini tushuntiring.
2. Tasviriy ifoda bilan u ifodalagan narsa va hodisa o‘rtasida qanday o‘xshashlik borligini aniqlang.
539-mashq. Uyga topshiriq. Tasviriy ifodalarning izohini yozib keling.
Samo lochini-
Kumush choyshab-
Po‘lat ot-
Zangori olov-



Download 1.87 Mb.

Share with your friends:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   371




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page