Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V. Dars turi:_________________________________________
VI. Dars usuli:_______________________________________
VII.Darsning borishi
Matn o’qitiladi.
Shu matnga berilgan ikkinchi topshiriq - grammatik tahlil bajariladi.
Birinchi topshiriqqa o’tiladi, ya'ni matnga sarlavha topib, uning mazmuniga mos hadis va maqollar keltiriladi.
O'quvchilar hikoyatdan o’zlariga qanday xulosa chiqarganlari haqida soz‘lab beradilar.
VIII.Darsning jihozi: tabiat tasvirlangan surat.
IX.Darsning rejasi:
1. Sifatlovchi aniqlovchi haqida ma'lumot.
2. Sifatlovchi aniqlovchining ifodalanishi.
Bu mavzuni tushuntirishda kirish topshiriqlariga, xususan, topshiriqqa o’qituvchi e'tiborliroq bo’lishi kerak. Unga ko’ra gul, olma, uy, ko’cha so'zlarining oldiga o’quvchilar sifatlovchilarni topib ko’chirishlari kerak. Aksar hollarda ular bu otlar oldiga sifatlarni qo’yadilar. Lekin sifatlovchi aniqlovchi son, olmosh, ravish bilan ham ifodalanishi mumkin. Aynan shu holatni keyinroq tushuntirish lozimligi uchun mazkur otlar oldidan maqsadga xizmat qiladigan so’zlarni yozdirish kerak. 2-topshiriqda sifatlovchilar sifatdan iborat bo’lishi lozimligi ko’rsatilgan. Bu birinchi topshiriqni mantiqan davom ettiradi.
Qoida o’qib sharhlanib, sifatlovchi aniqlovchining qanday? qancha? (qanaqa? qaysi? nechanchi? so’roqlariga javob bo’lishi anglashilgach, topshiriqlardagi sifatlovchilarning so’roqlari aniqlanadi va so’zlarning ustiga yozib qo’yiladi.
Mashqlar bajarilar ekan, sifatlovchi aniqlovchilarning so’rog'i va qaysi so’z turkumidagi so’zga bog'lanayotgani, albatta, izohlanishi kerak.
155-mashq oldingi darsdagi ko’rsatma bo’yicha bajartiriladi. Bu mashqdagi sifatlovchi aniqlovchilarni topib, ularni o’zlari bog'langan so’zlar bilan ko’chirib yozish topshirig'i beriladi. Matnda bir nechta sifatlovchi aniqlovchi bor, ularning barchasini birikma shaklida ko’chirish ko’p vaqt olmaydi. Sifatlovchi aniqlovchilarning qaysi so’z turkumi bilan ifodalanayotganiga e'tibor qaratish lozim.
So’z birikmasida aniqlovchi doimo tobe so’z bo’lib, hokim so’zni belgi yoki miqdorga ko’ra aniqlayotganiga urg'u beriladi.
156-mashq uchun o’qituvchi hayvonlar, qushlar, o’simliklar, umuman, tabiat tasvirlangan rasm olib kirib, o’quvchilarning og'zaki va yozma nutqlarini rivojlantirishga e'tiborberishi lozim.Bu darsdagi barcha mashqlar tabiatni, atrof-muhitni ko’z qorachig'iday asrash munosabatini rivojlantirishga qaratilgan.
Share with your friends: |