«Ona tili» 5-sinf sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi



Download 1.87 Mb.
Page86/371
Date15.05.2023
Size1.87 Mb.
#61343
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   371
5-sinf-ona-tili-yillik-dars-ishlanma
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V. Dars turi:_________________________________________
VI. Dars usuli:_______________________________________
VII.Darsning borishi
VIII.Darsning jihozi: tabiat tasviri (qushlar, bog', gullar) tushirilgan surat
IX.Darsning rejasi:
1. Gapning uyushiq bo’laklari.
2. Uyushiq bo’laklarda tinish belgilarining ishlatilishi.
Uyushiq bo’laklar haqida o’quvchilar 4-sinfning oxirgi choragida ilk tushuncha olganlar. Shuning uchun ham kirish topshiriqlarida o’quvchilar tuzgan gaplaridagi sanash ohangi bilan sanalgan so’zlar qanday nomlanishini so’rash mumkin. Bu so’zlarga so’roq beriladi, gapdagi vazifalari aniqlanadi. Shundan so’ng uyushiq bo’laklarning bir xil so’roqqa javob bo’lishi, bir xil gap bo’lagi vazifasida kelishi, shuningdek, bitta gap bo’lagiga bog'lanishi haqidagi qoida chiqariladi. Aytmoqchimizki, darslikdagi qoidalarda amaliyotdan nazariyaga, ya'ni tuzilgan gaplardan qoidalar keltirib chiqarishga asosiy e'tibor qaratilgan.
Uyushiq bo’laklarda tinish belgilarining ishlatilishini tushuntirishda ham shu usulni qo’llagan ma'qul. Quyidagicha gaplar sinf taxtasiga yoziladi:
1. Maktab bog'iga manzarali, mevali ko’chatlar ekildi.
2. Chittak, qarqunoq, qizilishton, zag'aldoq kabi qushlar zararkunanda hasharotlarni qirib katta foyda keltiradi.
3. Qushlarni asrang, ularni seving!
4. Tog'larda gul-u lolalar chaman ochiladi.
Bu gaplardagi uyushiq bo’laklar va tinish belgilari tahlil qilingach, darslikda berilgan qoidalarga solishtiriladi.
Mashqlar darsning maqsadida ko’rsatilganidek, o’quvchilarning ekoloik madaniyatini o’stirishga mo’ljallanib tuzilgan. Shuning uchun dars jarayonida tabiat tasviri tushirilgan suratlardan unumli foydalanish, ular asosida suhbat, munozaralar uyushtirish mumkin.

Download 1.87 Mb.

Share with your friends:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   371




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page