Ona tilining vokalizmi va konsonantizmi


O‘zbek adabiy tili unli fonemalari va ularning tasnifi



Download 37.63 Kb.
Page2/8
Date20.12.2022
Size37.63 Kb.
#60177
1   2   3   4   5   6   7   8
Ona tilining vokalizmi va konsonantizmi
O‘zbek adabiy tili unli fonemalari va ularning tasnifi
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unli fonemalar oltita: i, e, a, u, o‘, o. Unlilar hosil bo`lishida til va lablar faol ishtirok etadi, shuning uchun ular tasnifi uch xususiyatga asoslanadi: tilning oldinga yoki orqaga harakat qilish darajasiga, tilning tanglay tomon ko‘tarilish darajasiga va lablarning ishtirokiga ko‘ra. Shu jihatdan unlilar uch tomondan tasnif qilinadi:
1) tilning gorizontal harakatiga ko‘ra;
2) tilning vertikal harakatiga ko‘ra;
3) lablarning ishtirokiga ko‘ra.
Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra unlilar ikki guruhga bo‘linadi:
1) old qator unlilar: i, e, a;
2) orqa qator unlilar: u, o‘, o.
Og‘iz bo‘shlig‘idagi eng faol a’zo tildir. U unlilarni talaffuz qilishda oldinga yoki orqaga qarab harakat qiladi. Masalan, i, e, a ulilarini hosil qilishda til oldinga siljiydi, u, o‘, o unlilarini hosil qilishda orqaga tortiladi.
Tilning vertikal harakatiga ko‘ra unlilar uch turga ajratiladi:
1) yuqori (tor) unlilar: i, u;
2) o‘rta (keng) unlilar: e, o‘;
3) quyi (keng) unlilar: a, o.
Unlilar talaffuzida tilning tanglayga tomon ko‘tarilishi va tushishi vertikal harakat sanaladi. Bu harakat tufayli og‘izning ochilish darajasi har xil bo‘ladi. Masalan, i, u unlilarini hosil qilishda til tanglayga yaqin turadi va og‘izning ochilish darajasi tor bo‘ladi; a, o unlilarini hosil qilishda esa til tanglaydan uzoqlashadi va til bilan tanglay o‘rtasidagi oraliq keng bo‘ladi.
Lablarning ishtirokiga ko‘ra unlilar ikkiga bo‘linadi:
1) lablangan unlilar: u, o‘, o;
2) lablanmagan unlilar: i, e, a.
Unlilar talaffuzida lablar ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi mumkin. Masalan, u, o‘, o unlilarini hosil qilishda lablar cho‘chchayadi, i, e, a unlilarini hosil qilishda bunday holat kuzatilmaydi.

Download 37.63 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page