O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlantirish hududiy boshqarmasi Qo’qon davlat pedagogika institut huzuridagi Dang’ara ko’p tarmoqli texnikumi


Mavzu: “Ilk qadam” tayanch dasturi asosida jismoniy rivojlanish



Download 1.1 Mb.
Page22/47
Date09.10.2024
Size1.1 Mb.
#64700
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi SS — копия
21 22 Ишга жойлаш Шартнома ва буйруқ
6.Mavzu: “Ilk qadam” tayanch dasturi asosida jismoniy rivojlanish
sohasini tahlili
Reja:
1. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi
2. Ilk qadam davlat dasturining qo’llanilishi.
3. MTMning maqsad va vazifalari


Tayanch iboralar: “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi, MTMning maqsad va vazifalari.

Ilk qadam davlat dasturi Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o’quv dasturi (quyida: «MTM davlat o’quv dasturi») O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo’lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o’quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g’oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o’tishidagi asosiy kompetentsiyalari belgilangan. Davlat o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida qo’llash uchun majburiy:


davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko’rsatuvchi nodavlat muassasalari;
maktabgacha guruhlarga ega bo’lgan«Mehribonlik» bolalar uylari;
maktabgacha va boshlang’ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari.


MTM davlat o’quv dasturini qo’llash

Davlat o’quv dasturi variativ o’quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.


Ta’lim muassasasi Davlat o’quv dasturi asosida o’zining MTM ishchi o’quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o’quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi.Ilk qadam davlat dasturi .
MTMning maqsad va vazifalari
MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
•bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o’quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
•maktabgacha yoshdagi bolalarning o’quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;
•bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;
•bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o’zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.
MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari
MTM ta’lim jarayonining maqsadlari

O’quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetentsiyalar va rivojlanish sohalari kompetentsiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir. MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari. MTM ta’lim jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat:


•bola huquqlari, o’ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;
•ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o’zaro bog’liqligi;
•bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
•o’yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;
bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo’llab-quvvatlash;
MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasidagi rivojlanishini qo’llabquvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo’ladi. Ilk qadam davlat dasturi

Download 1.1 Mb.

Share with your friends:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page