Mavzu Oshqozon yarasi (gastrit) 12-barmoqli ichak va oshqozon yallig’lanishi kasalligida IRT nuqtalari topografiyasi.
Epigastral sohada og’riq
Qorin bo‟shlig‟i organlari kasalliklarida asosiy simptom bu og‟riq hisoblanadi.
Etiologiya va patogenezi. Oshqozon va taloq «bo‟shlik–sovuqligi», oshqozon issiqligi, energiya o‟tmasligi, ovqat o‟tmasligi, balg‟am-ho‟llik, qon dimlanish hollari oshqozon sohasida og‟riq kelib chiqishiga sabab bo‟ladi. Bu holat oshqozon funktsiyasining buzilishiga, energiyasining bir ko‟tarilib, bir tushishiga olib keladi, natijada og‟riq paydo bo‟ladi. Simptomatikasi. Buzilishlarning 2 ta formasi tafovut qilinadi. Jigar energiyasining oshqozonga salbiy ta'siri natijasida og‟riqning paydo bo‟lishi:
sababsiz hayajon, birdaniga jahlning chiqishi, oshqozon sohasida og‟riq, qorin yuqori sohasida dam bo‟lishi, achchiq yoki xavoli kekirish.
Oshqozon va taloqning «bo‟shlik-sovuqlik» sindromi natijasida og‟riqning paydo bo‟lishi: qorin yuqori qismida to‟mtoq og‟riq, qusishda tiniq suyuqlik chiqishi, tez charchash, puls bo‟sh, yuMChoq bo‟lishi kuzatiladi. Ignaterapiya
Davolash printsipi. Jigar energiyasining oshqozonga salbiy ta'siri natijasida og‟riq paydo bo‟lishida jigar va oshqozon funktsiyasini regulyatsiya qilish.
Ta'sir nuqtalari: 12VC, 14F, 6MC, 36E, 34VB nuqtalarga tarqatuvchi ta'sir etiladi.
Davolash printsipi. «Bo‟shlik – sovuqlik» sindromi natijasida og‟riq paydo bo‟lishida oshqozon va taloqni isitish va tonuslash.
Ta'sir nuqtalari: 20 V, 21 V, 12 VC, 6 MC, 36 E, 13F nuqtalarga tonusni oshiruvchi ta'sir etiladi yoki kuydiriladi.
Nuqtalar terapevtik effekti: 12VC nuqta oshqozon sohasidagi buzilishlarni davolash uchun, 36E va 6MC organizmda ovqat hazm qilish funktsiyasining buzilishlarini davolashda qo‟llaniladi. 14V va 34 VB nuqtalar esa jigar energiyasi o‟tkazuvchanligini tiklash maqsadida qo‟llaniladi.
Aurikuloterapiya: oshqozon, jigar, simpatik nerv sitemasi, AP 55 nuqtalarigata'sir etiladi.
Share with your friends: |