O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi buхoro dаvlаt tibbiyot instituti хаlq tabobati va kasb kasalliklari kаfedrаsi


Ignaterapiya haqida an'anaviy tasavvurlarining nazariy asoslari



Download 1.34 Mb.
Page2/99
Date14.03.2024
Size1.34 Mb.
#63864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Xalq tabobati-2
Ignaterapiya haqida an'anaviy tasavvurlarining nazariy asoslari
«IN – YAN» nazariyasi
Qadimiy davrda kishilar kasallikni paydo bo‟lishini primitiv tasavvurlar asosida tushinishgan. Ular kasallikni kishi organizmiga «Yomon ruhni» kirishi natijasida kelib chiqadi deb tasavvur qilishgan va bu ruhni har xil duolar ta'sirida haydashga harakat qilishgan. Qadimiy sharq tabib va ulamolari induktiv-sintetik fikrlashga asoslanib butun organizm funktsiyasini yuqori kuzatuvchanlik bilan o‟rganishgan, kamroq har bir organning tuzilishiga, ko‟proq funktsiyasiga e'tibor berishgan. Shunga asosan qadimiy sharq tabobatida bir necha nazariya va qontseptsiyalar vujudga kelgan.
Qadimiy sharq tabobatida quyidagi asosiy printsiplar dominantlik qiladi:
1.Kishining bir butunlikda o‟rganilish printsipi.
2.Kishi osmon va erga to‟g‟ri kelishi printsipi, bu IN-YaN tushunchasini beradi (rasm 1).
3.Kishi hayotini besh element qontseptsiyasi bilan boshqarilishi qilinishi printsipi.
Birinchi printsipga asosan kishi tanasi va sezgisi o‟zaro ta'sirda va uzviy bog‟liqlikda bo‟ladi. Har bir organ va uning funktsiyasi boshqasi bilan bog‟liq, muntazam rivojlanish nuqtai nazaridan o‟zgaruvchanlikda. Kishitanasi bir butun hisoblanadi.
Ikkinchi printsip – kishining osmon va erga to‟g‟ri kelishi, sharq filosofiyasi va tabobati holatiga asoslangan. Bunda kishi tabiatdan ajralmagan holda bir butunlikda, tabiat bilan birgalikda ko‟riladi. Bu printsipga asosan kishi organizmiga klimat, mavsum, quyosh nurlari, oy va er ta'sir etadi, kishi holati har xil kasalliklarta'siri ostida o‟zgaradi, lekin koinotni tuzilishi va harakati kishi organizmiga to‟liqtasvirlanadi, ayniqsa, uning hayotiy funktsiyasida deb tushintiriladi.
Rasm 1.
Q adimiy falsafa va tabobat qonunlariga asosan kishi xuddi er yuzidagi barcha elementlar singari «Ikkilamchi umumiy almashinuv va to‟ldirish katta qonuni» - IN-YaN ta'siriga bo‟ysunadi.
IN-YaN nazariyasi hamma joyda va hamma narsada ikkita qarama – qarshilik mavjudligini ta'kidlaydi, bular «IN» va «YaN» terminlari bilan belgilanadi. Tabiatdagi barcha predmet va hodisalar o‟zining antipodlariga egadirlar. Ta'kidlanishicha osmon YaNga, er INga, kunduzi YaNga, kechasi INga, yuqori YaNga, past INga, tashqi taraf YaNga, ichki taraf INga, chap tomon
YaNga, o‟ng tomon INga tegishlidir va boshqalar.
YaN guruhiga quyidagi tushunchalar kiradi: harakatchanlik, kuchli, yaqqol ko‟rinish, aktiv, yuqori, samets, tez, kuchli funktsiya va boshqalar.
IN guruhiga quyidagi tushunchalar kiradi: tinchlik, kuchsiz, yopiq, passiv, pastki, samka, sekinlik, pasaygan funktsiya va boshqalar.
Qadimgi olimlar hamma predmetlar va ularning ikki qarama-qarshi tomoni nafaqat qarama-qarshi, balkim o‟zaro ta'sirda va o‟zaro bog‟liqlikdadir deb ta'kidlashgan. Bu o‟zaro bog‟liqlik bir butunlikka quyilish tendentsiyasiga egadir.
IN va YaN o‟zini rivojlanish jarayoniga ega. IN kuchayishi YaNni yaratadi, YaNning kuchayishi INni yaratadi va shu tariqa o‟zaro aloqa amalga oshadi. Me'yoriy holatda IN va YaN orasida uzviy bog‟liqlik - muvozanat mavjud. Muvozanatni buzilishi natijasida anomal holatlar yoki patologik jarayon yuzaga keladi. IN-YaN nazariyasi xulosasi asosida qadimiy Sharq hakimlari patologik jarayonni o‟rganishgan, diagnostika va davo ishlarini olib borishgan (jadval 1).

Download 1.34 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page