Puls nuqtasi
|
Chap qo’l
|
O’ng qo’l
|
Tsun
|
Yurak, ingichka ichak
|
O‟pka, yo‟g‟onichak
|
Guan
|
Jigar, o‟t pufagi
|
Taloq, oshqozon
|
Chi
|
Buyrak, siydik pufagi
|
Perikard, tana uch qismi
|
«U – SIN» nazariyasi
Qadimiy olimlar besh element qontsepsiyasiga IN–YaN nazariyasini falsafiyta'limoti asosida kelishgan. Eng chetni qarama-qarshiliklar tushunchasi kiritilgan: eng chetni YaN - kunduzi, yoz, anub; eng chetni IN -kechqurun, qish, shimol. Bundan tashqari o‟zaro o‟tuvchi qarama-qarshiliklar ajratilgan, bular: IN-ertalab, kuz, g‟arb; YaN-oqshom, bahor, sharq (rasm 3).
Qadimiy tabiblar tabiatda va kishi organizmida o‟zaro bog‟liqlik bo‟lgan siklik hodisalarga e'tibor berishgan. Ular sikliklikni barcha hodisalar xususiyati deb tushunishgan. Ularning fikricha tabiatni va butun koinotni tuzilishini o‟zi YaN va IN o‟zaro almashinuvidan iborat. Buning yaqqol isboti bir sutka va yilning kechishidir (rasm-3).
Bunda har bir sikl to‟rtta ketma-ket keluvchi holatlardan iborat.
Tug‟ilish (ertalab, bahor)
Maksimal aktivlik (kunduzi, yoz)
Energiyani pasayish (oqshom, kuz)
Minimal aktivlik (kechqurun, qish) Keyinchalik to‟rtta ketma-ket keluvchi sikllarni (holatlarni) o‟rganib, qadimiy olimlar ularni har birini simvol bilan belgilashgan.
Daraxt – tug‟ilish, o‟sish simvoli
Olov – maksimal aktivlik simvoli
Metall – energiyani pasayish simvoli
Suv – minimal aktivlik simvoli
Rasm – 2. Bir sutka kechishi Bu to‟rt elementga ular beshinchi elementni qo‟shishgan, qaysiki boshqa elementlar, ularning siklik o‟zgarishining markazi yoki o‟qi bo‟lib xizmat qiladi (rasm 4). Bu element – er, chunki hamma hodisalar erda sodir bo‟ladi. Qadimiy sharq tabiblari bu koinot tuzilishini tirik jonzodga, jumladan odamga ishlatishgan. Shunday qilib, U-sin talimotiga ko‟ra koinotni (makrokosmos) va insonni (mikrokosmos) tuzilishi tashqil qilingan.
Rasm – 3. U–sin nazariyasi
Bu besh element orasida bog‟liqlik mavjud bo‟lib, bu bog‟liqlik qarama - qarshilik sifatida ko‟rsatilgan. Bular yaratuvchi (o‟zaro kuchaytiruvchi) va destruktiv (tormozlovchi) bog‟liqliklardir. Daraxt olovni paydo qiladi, olov erni isitadi, to‟ydiradi (kul bo‟lib), er metallni hosil qiladi, metall suvni tezlatadi, suv daraxtni rivojlantiradi.
Teskari ta'sirida barchasi bir-birini passivlashtiradi (ichki bog‟liqlikda). Bu bog‟liqliklardan birortasi buzilsa o‟zaro muvozanat buziladi. Bu elementlarga organlar xususiyatlariga mos holda biriktirilgan. Ko‟rsatilgan organlarning o‟zini meridiani mavjud. Bunda ham o‟zaro bog‟liqlik o‟zgarsa muvozonat buzilib patologik jarayonni rivojlanishiga olib keladi.
Share with your friends: |