Tszin-lo meridianlar haqidagi qontseptsiya bo‟lib, an'anaviy sharq tabobatining bir bo‟lagi hisoblanadi. U IN-YaN, U-sin, Chjan-fu nazariyalari bilan uzviy bog‟langandir. An'anaviy tabobatta'limotiga ko‟ra meridianlar bu - «kanallar yoki yo‟llar» bo‟lib, qaysiki ulardan energiya sirkulyatsiyasi amalga oshadi. Umuman 12 ta juft, 2 ta toq asosiy, 15 ta bo‟ylama va 12 ta ko‟ndalang ikkilamchi kollateral va 8 ta ekstroordinar (mo‟'jizaviy) meridianlar mavjud.
Qadimiy sharq tibbiyoti ma'lumotiga ko‟ra 12 ta asosiy meridianlar ikkita asosiy qismdan; tashqi va ichki yo‟llardan iborat. Ular o‟zaro uzviy bog‟liq va bir butunliknitashqil qiladi. Bu meridianlar o‟zini shaxsiy nuqtalariga ega bo‟lib, ularning soni 9 tadan 67 gachani tashqil qiladi. Har bir meridian standart nuqtalarga ega bo‟lib, qaysiki shu meridianga va qo‟shni meridianga spetsifik ta'sir ko‟rsatadi.
Tonus oshiruvchi nuqta (qo‟zg‟atuvchi). Bu nuqta o‟z meridianining tashqi yo‟lida joylashgan va shu meridianda energiya harakatini kuchaytiradi. Bu nuqtaga qo‟zg‟atuvchi ta'sir ko‟rsatish tavsiya etiladi.
Tinchlantiruvchi nuqta. Bu nuqta ham o‟z meridianining tashqi yo‟lida joylashgan bo‟ladi, meridianda energiya harakatini tormozlaydi, tinchlantiruvchi ta'sir ko‟rsatadi.
Manba nuqta. Bu nuqta ham o‟z meridianining tashqi yulida joylashgan, ta'sir usuliga ko‟ra tonus oshiruvchi va tinchlantiruvchi nuqtalarni o‟rnida ishlatilishi mumkin.
Mo‟'tadillovchi nuqta (lo-punkt). Bu nuqta ham o‟z meridianiningtashqi yulida joylashgan va juft, o‟zaro kesishgan meridianlarda energiya muvozonatini tiklaydi.
Hamdard nuqta. Bu nuqtalar o‟z meridianida joylashmagan, barchasi siydik pufagi meridianitashqi yulining birinchi tanasida joylashgan. Ta'sir usuliga ko‟ra qo‟zg‟atuvchi yoki tinchlantiruvchi nuqta sifatida ishlatilishi mumkin.
Signal nuqta (mo-punkt). Bu nuqtalarning bir qismi o‟z meridianining tashqi yulida, bir qism nuqtalar boshqa meridianlar-ning tashqi yo‟lida joylashgan. Bu nuqtalar sohasida bo‟ladigan og‟riq, shu meridianga tegishli organni jarohatlanganidan dalolat beradi.
Og‟riq qoldiruvchi nuqta. Bu nuqta ham o‟z meridianining tashqi yulida joylashgan, meridian yo‟li bo‟ylab kuzatiladigan og‟riqlarda ishlatiladi.
Ko‟rilgan nuqtalardan tashqari meridianlarning, birinchi va oxirgi nuqtalaritafovut qilinadi. Ular meridian boshlanishida va tugash joylarida joylashgan bo‟ladi.