Bu qoida asosida chap tomon YaNga, o‟ng tomon INga kirishi yotadi. Bu qoidaga asosan chap qo‟ldagi pulsni palpatsiya qilish nuqtalarida proektsiyalangan organlar, o‟ng qo‟lni analogik nuqtalarida proektsiyalangan organlar faoliyatiga tormozlovchi ta'sir ko‟rsatadi. Qadimda sharq tabiblari shartli ravishda o‟ng tomon «ayol» - chunki u INga, chap tomon – «erkak» - chunki u YaNga kiradi deyishgan. Ular agar chap qo‟ldagi ma'lum puls nuqtasida proektsiyalangan organda patologik jarayon yuzaga kelsa, o‟ng qo‟lda xuddi shu proektsiyada joylashgan organda ham patologik jarayon rivojlanish xavfi tug‟iladi deb hisoblaganlar
(ingichka ichak-yo‟g‟on ichak, Yurak-o‟pka, o‟t pufagi-oshqozon) (rasm-2).
Energiyaning sutkalik sirkulyatsiyasi natijasida YaN va IN meridianlar har doim o‟zaro munosobatda bo‟ladi. IN meridian ayniqsa IN davrida tonuslashtirilganda, unga qarama-qarshi joylashgan YaN meridian tinchlantiruvchi ta'sir kuzatiladi va buning teskarisini kuzatish ham mumkin. Buni oldini olish maqsadida qarama-qarshi joylashgan meridian ham shu vaqtning o‟zida shu usuldata'sir etish tavsiya etiladi. Yarim kun va yarim tun qoidasi asosan profilaktik maqsadlarda ishlatiladi.
Ma’ruza№2