Sharq tabobatida ko‟proq organlar anatomiyasini emas, balki uning funktsiyasini o‟rganishga e'tibor berilgan. Shuning uchun unda markaziy zveno bo‟lib Chjan-Fu ta'limoti turadi. Bu nazariyaga asosan organlar uch kategoriyaga bo‟linadi:
1.Chjan.
2.Fu.
3.Qo‟shimcha.
Chjan kategoriyasiga qo‟yidagi organlar kiritilgan: o‟pka, taloq, Yurak, perikard, buyrak, jigar. Ularning vazifasi «tozalash», «tarqatish», «saqlash» va «energiyani qontsentratsiya qilish» hisoblanadi. Ular IN organlar bo‟lib, simvolik ravishda ma'lum elementlarga kiritilgan. Fu kategoriyasiga oshqozon, ingichka va yo‟g‟on ichak, siydik va o‟t pufaklari va tana uch qismi kiritilgan. Bular hammasi YaN organlar bo‟lib hisoblanadi. Ularning vazifasi ovqat hazm qilish va chiqarish.
Qo‟shimcha kategoriya organlarga bosh va orqa miya, suyak, suyak ko‟migi, musqo‟llar va bachadon kiritilgan. Ular tuzilishini bir xil emasligi, funktsional holatini o‟zgarmasligi sababli qo‟shimcha kategoriyaga kiritilgan.
Hamma organlar o‟zaro IN-YaN munosobat orqali bog‟liq Chjan va fu organlar o‟zlarini shaxsiy meridianlariga egadirlar.
Shunday qilib, 6 ta Chjan organlari va 6 ta Fu organlar bo‟lib, bular o‟zaro IN– YaN va umumiy puls harakteriga ega. Har bir organ o‟z meridianiga ega bo‟lib, u teri hamda organlar bilan bog‟liqdir. Sharq tabobatida FU kategoriya organlari kasalliklari engil o‟tib, tez davolanadi deyilgan.
Chjan Yurak. Organizmda Yurak asosiy rol o‟ynab, qon tomirlarini nazorat qiladi. Hozirda bu qon sirkulyatsiyasini boshqarishini anglatadi. Qadimda o‟pka shishini asosan «qon tomir va Yurak energiyasi blokadasi» keltirib chiqaradi deyishgan. Haqiqatan ham Yurak etishmovchiligida o‟pka shishi kuzatiladi. Tilning rangi ham Yurakdagi o‟zgarishlarni bildiradi, ya'ni rangpar til Yurak gipofunktsiyasini, och qizil rangli til giperfunktsiyasini bildiradi. Ruhiy holatlarni ham qadimda Yurak bilan bog‟ashgan. Chunki Yurak meridiani nuqtalariga ta'sir etilganda Yurak tez urishi, qurquv, uyqusizlik, bezovtalik, hushdan ketish, alahsirash va boshqa shunga o‟xshash simptomlar bartaraf qilingan.
Chjan jigar. Qadimda jigar organizm funktsiyalarini kuchaytiradi deyilgan. Jigar organizmda moddalar almashinuvini ta'minlaydi va «bioximiyaviy laboratoriya» hisoblanadi. Jigar qon deposi bo‟lib kuchli qahr qilganda qon tupirish (qayd qilish) ga olib keladi. Qonga adrenalin va noradrenalin ajralib chiqadi. Natijada jigarda qonning saqlash funktsiyasi buziladi. Skleradagi o‟zgarish ham jigarning kasalligidan dalolat beradi deyilgan. Haqiqatan ham gepatit kasalligida sklera sarg‟ayadi, ko‟z qizaradi. Qadimda ko‟z qizarishi – bu «Jigar olovi», buni «o‟chirish» lozim deyilgan. Jigar meridiani nuqtalariga ta'sir qilinganda ko‟z kasalliklari bartaraf qilinadi.
Chjan taloq. Qadimda taloq ovqat hazm qilishni, ichaklar bo‟ylab harakatni, so‟rish kabi funktsiyalarni nazorat qiladi deb tushinishgan. Agar hazm qilish va so‟rish funktsiyasi kamaygan bo‟lsa bu erda qorin dam bo‟lishi, bu esa sklera mushaklarining atrofiyasi va umumiy tonusi pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari taloq qonni nazorat qiladi deyilgan, axlatda qon paydo bo‟lishi taloqning kasalligidan dalolat deyilgan.
Chjan o‟pka. O‟pka nafas va moddalar almashuvini nazorat qiladi. O‟pka regulyatsiya funktsiyasiga, ya'ni qon aylanishiga ham yordam beradi. Organizmdan suyuqliklarni chiqarishni nazorat qiladi. O‟pkadagi patologik o‟zgarishlar teri, ter bezlariga va soch holatiga ta'sir qiladi.
Chjan buyrak. Suyaklarning o‟sishi, rivojlanishi, tiklanishi buyrakning «maxsus energiyasiga» bog‟liq bo‟lib, u suyak ko‟migi tarkibiga ham ta'sir qiladi. Suyaklarda operatsiya qilinganda buyrak meridiani nuqtalariga analgetik ta'sir etiladi. Bundan tashqari uning quloq, anus, hamda jinsiy organlar bilan bog‟liqligi buyrakning «bo‟shlik» sindromida namoyon bo‟ladi.
Chjan perikard. Perikardning asosiy vazifasi Yurakni himoya qilish va unga qo‟shimcha yordam berish hisoblanadi. Diastola paytida Yurak mushaklari tolalarining kengayishini perikardning fibroz to‟qimasi chegaralab turadi.
Fu ingichka ichak. Ingichka ichak so‟rish funktsiyasini bajaradi. Suyuqliklar qonga so‟riladi va keyinchalik siydik pufagi orqali chiqariladi. Ingichka ichak va Yurak bir - birining aktivligi va funktsiyasini boshqarib turadi.
Fu o‟t pufagi. O‟t pufagi jigar bilan ichki tashqi bog‟liqlikda, shuning uchun jigardagi o‟zgarishlar o‟t pufagiga ham bevosita bog‟liqdir.
Fu oshqozon. Asosiy funktsiyasi ovqatni qabul qilish, qayta ishlash, shuningdek ingichka ichakka haydashdir. Oshqozon va taloq ichki tashqi bog‟liqlikni hosil qiladi. Shunday qilib oshqozon, oshqozon osti bezi, taloq ovqat hazm qilish jarayonida asosiy o‟rin egallaydi. Fu yo‟g‟on ichak. Asosiy vazifasi axlatlarni tashqariga chiqarish. Yo‟g‟on ichak o‟pka bilan ichki-tashqi bog‟liqlikni tashqil etadi. Masalan qabziyat bo‟lganda ko‟krak qafasida siqilish kuzatiladi.
Fu siydik pufagi. Asosiy vazifasi suyuqlikni to‟plashi va siydikni chiqarishi hisoblanadi.
Siydik pufagi va buyrak ichki-tashqi bog‟liqliknitashqil qiladi.
Fu tana uch qismi. Ichki organlar faoliyatini boshqarish funktsiyasini bajaradi.tana uch qismi va perikard ichki-tashqi bog‟liqlikni hosil qiladi.