O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 1.42 Mb.
Page58/64
Date28.12.2023
Size1.42 Mb.
#63055
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64
Gaz qazib olish va yer ostida saqlash
Nazorat savollari

  1. Gaz quduqlarini sinash va tadqiq nima ish bajaradi?

  2. Suvli qatlamlar va suvlangan uyumlarning qidiruv davomida aniqlanishi zarur bo‘lgan asosiy parametrlariga nimalar kiradi?

  3. O‘rtacha gaz olish debiti (haydash unumdorligi)ni belgilashda nimalarga e’tibor beriladi?



GEOSINI BARPO ETISH VA ISHLATISHNING TEXNOLOGIK SXEMALARI
Reja
17.1.GEOSIni barpo etish va ishlatish
17.2.Texnologik sxema grafik materiallar o‘rganish


17.1.GEOSIni barpo etish va ishlatish
GEOSI qurilmalari va uskunalaridan foydalanish, nazorat- profilaktika tadbirlarini amalga oshirishda yer osti boyliklari va atrof-muhitni muhofaza qilish, favvoraga qarshi xavfsizlik va GEOSIni texnik ishlatish qoidalari talablariga majburiy tarzda rioya kilinishi shart.
GEOSIni barpo etish ishlari buyurtmachining topshirig‘i bo‘yicha loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan texnologik sxema hamda jihozlashga doir texnik hujjatlarga muvofiq bajariladi. Ular ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot va loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Texnologik sxemalar dastlabki texnik-iktisodiy hisob-kitoblar, qidiruv tashkilotining dastlabki kon-geologiya ma’lumotlari asosida, qo‘shimcha burg‘ilash ishlari, kon-geofizik, gazogidrodinamik va quriladigan GEOSI maydonida o‘tkazilgan maxsus tadqiqotlarning qo‘shimcha materiallaridan foydalangan holda ishlab chiqiladi.
GEOSIni jihozlashga doir texnik hujjatlar strukturaviy tutgich yoki umuman ishlab bo‘lingan kon bo‘yicha, shuningdek suvli qatlamlar (gorizontlar) yoki ishlab bo‘lingan uyumlar bo‘yicha alohida-alohida ishlab chiqilishi mumkin. Texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar yordamida yangi obyektlarni o‘zlashtirish, shuningdek maydonni yanada kengaytirish xisobiga GEOSIni kengayish imkoniyatlarini hisobga olgan holda gorizontlar yoki qatlamlarni o‘zlashtirish ketma-ketligi asoslab beriladi.
Texnologik sxemada g‘ovak hajmdan samarali foydalanish, quduqlar va texnologik uskunalarning maksimal unumdorligi, sun’iy gaz uyumini bevaqt suv bosishini oldini olish, chuchuk suv gorizontlarini saqlanishi, havo basseynining tozaligi, olinadigan va haydaladigan gazning yetarliligini ta’minlovchi barcha zarur tadbirlar hisobga olinadi.
texnologik sxemalar ushbu GEOSI tasarrufida bo‘lgan neft-gaz kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Qabul qilingan ko‘rsatkichlar asosida buyurtmachi gaz-transport tashkiloti (GEOSI balansida bo‘lgan) tomonidan loyiha tashkiloti bilan birgalikda o‘rnatilgan tartibda saqlash inshootini texnik loyihalash va uni jihozlashga topshiriq tuziladi va tasdiqlanadi.
GEOSIni barpo etish muddatlarini qisqartirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan, lekin tasdiqlangan texnologik sxemaning asosiy ko‘rsatkichlariga ta’sir etmaydigan to‘ldirishlar va qisman o‘zgartirishlarni texnologik sxemani ishlab chiqqan muallif-tashkilot va "Sanoatgeokontex-nazorat" DI bilan kelishilgan holda kiritishga ruxsat beriladi.
Tasdiqlangan texnologik sxemaga tub o‘zgartirishlar kiritish zaruriyati tug‘ilganda u loyiha tashkiloti tomonidan aniqlashtirilgan sxema sifatida kayta ishlab chiqiladi, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
GEOSIni barpo etish va ishlatishning texnologik sxemasi uni jihozlashning texnik loyihasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Unda g‘ovak hajm va qatlam energiyasidan samarali foydalanish, quduqlar va yer usti uskunalarining optimal ish unumdorligini ta’minlash, gazni tayyorlash, haydash va olishning texnologik jarayonlari samaradorligini oshirish, shuningdek haydalgan gaz yo‘qotilishlari, saqlash inshooti konturidan gaz chiqishi, saqlash inshootini suvlanishi va yuqorida joylashgan suvli gorizontlarning ifloslanishini oldini olish, havo basseynining tozaligini saqlash va zarur gaz miqdorini ta’minlash bilan bog‘liq asosiy texnologik va texnik-iqtisodiy vazifalarning prinsipial yechimlari keltiriladi.
Texnologik sxema quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
I-bo‘lim – dastlabki kon-geologiya ma’lumotlari GEOSI uchun ajratilgan maydon (struktura)dagi barcha burg‘ilangan quduqlarning texnik holatini hisobga olgan holda obyektning GEOSIni barpo etish uchun yaroqliligini asoslash;
II-bo‘lim – faol va bufer gaz hajmlari, gazga to‘yingan zonaning maksimal tarqalish konturi, gazni haydash va olish sur’atlari, saqlash inshootini barpo etish davomiyligi, quduqlar soni va ularning mahsuldorligi, maksimal gaz haydash bosimi va minimal gaz olish bosimi hamda GEOSIni barpo etish va ishlatishning optimal variantini tavsiflovchi boshqa texnologik ko‘rsatkichlarni asoslash;
III-bo‘lim – GEOSIni barpo etish va ishlatishning optimal variantini, uning faoliyatini bosqichlarga ajratib hamda quduqlarni burg‘ilash, gaz saqlash inshootini jihozlash va obyektni ishga tushirish navbatlarini belgilagan holda, detallashtirish;
IV-bo‘lim – GEOSIning texnologik imkoniyatlarini, sun’iy gaz qatlamining shakllanishi, kollektor-qatlam va quduqlar qopqoq-qatlamining germetikligini tekshirish hamda kuzatishni tashkil qilishga qaratilgan tajriba, kon-tadqiqot va boshqa ishlarning hajmi va ketma-ketligi;
V-bo‘lim – barpo etilayotgan GEOSIning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari.

Download 1.42 Mb.

Share with your friends:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page