15.2. Quduqlarning tub oldi zonasini mustahkamlash va yer usti uskunalari Suvli struktura, kollektor - qatlam kesimida kam sementlangan va mo’rt jinslardan tashkil topgan ishlatib bo’lingan kon yoki qatlam mavjud bo’lsa, quduqlarni tugallashda tub oldi zonani mustahkamlash ko’zda tutiladi.
Filtrlar (osma va shag’al-yuvmalining konstruktiv tayyorlanishi ularni yer osti gaz omborini ishlatish jarayonida qayta tiklanish (kolmatasiyalovchi materialdan tozalash), capital ta’mirlash va almashtirish imkoniyatini ta’minlanishi kerak.
Quduq tanasining kengaygan qismida shag’al-yuvmali filtrlarni o’rnatishda shag’al qoplamaning qalinligi yer osti gaz omborini uzoq vaqt ishlatish mobaynida mayday fraksiyali qumni to’liq ushlab qolinishini ta’minlashi kerak. Shu maqsadda shag’alning o’rtacha o’lchami va filtr-karkas yoriqlarining kengligini kollektor-qatlam jinslarining fanulometrik tarkibiga qarab tanlanadi.
Quduqlarning yer usti uskunalariga quyidagilar kiradi:
a) birikma kallakli favvora armaturasi;
b) bog‘lovchi quvur o‘tkazgichlar, bosim va haroratni o‘lchash tugunlari;
v) ingibitorni uzatish uchun qurilma va yordamchi inshootlar;
g) metall to‘siqlar, quduq ustida ishlashga imkon beruvchi xizmat ko‘rsatish maydonchasi, ogohlantiruvchi va ko‘rsatkich belgilar.
Ishlatish quduqlari uchun favvora armaturasi va birikma kallagi maksimal gaz haydash bosimini hisobga olgan hodda tanlanadi, mustahkamligi va germetikligi texnik shartlarda ko‘zda tutilgan bosim ostida sinaladi.
Barcha quduqlarda o‘rnatiladigan favvorali va berkituvchi armatura quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) berkitish elementi ko‘p marta ochilib-yopilganda ham uning germetikligi saqlanishi;
b) kam kuch bilan to‘liq ochish va yopish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
v) ishlab chikaruvchi zazod pasportida ko‘rsatilgan nominal bosimdan ikki baravar ortiq ichki bosimga chidamli bo‘lishi kerak. Barcha favvorali bog‘lov va berkituvchi armaturaning konstruksiyasi yoki bog‘lamasiga kiritiladigan o‘zgartirishlar majburiy tartibda ishlab chiqaruzchi zavod, loyiha tashkiloti va «Sanoatgeokontexnazorat» DI bilan kelishilgan bo‘lishi.
Quduqlarning yer usti uskunalari GEOSIni ishlatish jarayonida gaz sanoati xizmati operatorlarining muntazam kuzatuvi ostida bo‘lishi va ishchi holatda saqlanishi kerak. Profilaktika tekshiruvlarini o‘tkazish chog‘ida flanetsli, rezbali va payvandlangan bog‘lamalarga, qulfli armatura tiqini (salnikli zichlovchilar) holatiga, birikmalar o‘rtasidagi bosimga alohida e’tibor qaratish lozim. Nosozliklar yoki gaz o‘tkazish holatlari aniqlanganda quduqlarni zuddik bilan to‘xtatish hamda nosoz detal va uzellarni almashtirish yoki ta’mirlashga yuborish choralari ko‘rilishi shart.
Quduqni avtomatik tarzda berkitish, gaz oqimida qum borligini qayd etish va boshqa maqsadlar uchun uning og‘ziga o‘rnatiladigan yordamchi tizim va qurilmalar GEOSIni ishlatishdagi ekstremal (gidrat hosil bo‘lishi, suv chiqishi holatlari, normal ish sharoitida gaz bosimi va sarfining keskin pasayishi yoki ortishi) sharoitlarda ishchi holatda bo‘lishi kerak.
Quduqdarning yer osti uskunalariga quyidagilar kiradi:
a) klapan-uzgichli, pakerli, ajratgichli, sirkulyatsion va ingibitor klapanli lift birikmasi;
b) filtrni o‘rnatishda ishlatiladigan yordamchi qurilmalar va berkituvchi trubkaga (shag‘alni yuvidaa) ega tub filtri;
v) suvli oraliqlarni ajratish, qumli qatlamlarni izolyatsiyalash va h.k. lar uchun mo‘ljallangan maxsus moslamalar.
Yer osti uskunalari konstruksiyalari buyurtmachi tomonidan har bir konkret holat uchun ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi hamda quyidagilarni ta’minlashi kerak:
a) ishlatish va lift birikmalarining bir-biridan ishonchli ajratilishi;
b) quduq og‘zi armaturasi, birikma kallagi va lift birikmasi buzilganda ochiq favvoralanishning oldi olinishi;
v) gaz haydash va olish loyiha rejimlarida quduqni normal ishlatish;
g) quduqlarni o‘zlashtirish, sinash va ta’mirlash bilan bog‘liq texnologik operatsiyalarni bajarish;
d) lift kuvurlari va yer osti uskuna uzellari qismlarini chiqarib olish bilan bog‘liq profilaktika ishlarini (pakerni zich tiqin bilan berkitish va uning ustidagi muhitni quduqni berkitish uchun mo‘ljallangan suyuqlik bilan to‘ldirish) quduqni to‘liq yopmasdan bajarish;
e) ingibitorni quvur orqali lift birikmasi va qatlamning tub oldi zonasiga kiritish va haydash (quduq tubida gidratlar hosil bo‘lganda);
j) barcha yer osti uskunalarini tushirilgan birikmalarni mustahkamligi va germetikligiga shikast yetkazmasdan olish imkoniyati;
z) geofizik tadqiqotlarni o‘tkazish.