O’zbekiston respublikasi


Favqulodda foyda va zararlarni hisobga olish



Download 2.41 Mb.
Page88/119
Date18.12.2023
Size2.41 Mb.
#62979
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   119
O’zbekiston respublikasi
97821, Документ Microsoft Word, Dasturlash asoslari, 9-ma’ruza. Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari

11.8. Favqulodda foyda va zararlarni hisobga olish


Favqulodda foyda va zararlar - bu korxonaning xo’jalik faoliyatida nihoyatda kam sodir bo’ladigan, uning uchun odat bo’lmagan va korxonada boshqaruv qarorlarini qabul qilish natijasi bilan bog’liq bo’lmagan voqealardan olinadigan daromad va xarajatlardir. U yoki bu moddani favqulodda daromad va xarajat tarzida aks ettirilishi uchun quyidagi uchta talablarga javob berishi kerak:



  • o’z xarakteri bo’yicha odatdagidek bulmasli (korxonaning odatdagi xo’jalik faoliyatiga tegishli emas);

  • bir necha yillar davomida takrorlanmaydigan;

  • korxonaning boshqaruv xodimlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog’liq bo’lmagan holatlardan tashkil topadi.

Shunday qilib, tegishli modda bir vaqtning o’zida odatdagidek emaslik, oldindan ko’rabilmaslik va takrorlanmaslik talablariga mos kelishi kerak.
Korxonalarning xo’jalik faoliyatida shunday voqealar sodir bo’lishi mumkinki, ular faqat odatdagidek emas yoki faqat oldindan ko’rabilmaydigan voqea. Masalan, xorijiy valuta muomalalaridan olingan foyda yoki zararlarni oldindan ko’rib bo’lmaydi, lekin bu favqulodda emas, chunki valuta kursining barqaror emaslik sharoitida bu odatdagi foyda va zarar hisoblanadi.
Demak, quyidagi moddalar favqulodda foyda va zararlarga kiritilmaydi: darg’umon debitor qarzlarni hisobdan chiqarilishi yoki shu maqsad uchun tashkil qilinigan zaxira; valuta muomalalaridan yoki kurslar farqidan olingan daromad yoki yo’qotishlar; narxlardagi tuzatishlar; aktivlar qiymatini qaytadan baholashdan olingan natija, soliq summalari bo’yicha tuzatishlar; oldingi yillar foydasi yoki zarari.
Хorijiy amaliyotda favqulodda zararlarga quyidagilar kiritiladi: tabiiy ofatlardan ko’rilgan yirik yo’qotishlar; siyosiy voqealar, masalan, urush, inqiloblar natijasida yo’qotishlar; mazkur davlatning qonuniyatchiligidagi o’zgarishlar, natsionalizatsiya qilish, ma’lum bir faoliyatni taqiqlash va boshqalar natijasidagi yo’qotishlar.
Shuni ham aytish kerakki, tegishli modda favqulodda holatga to’g’ri kelishi va kelmasligiga korxona faoliyat ko’rsatayotgan tashqi muhit ham ta’sir qiladi. Foyda va zararlar summasining hajmi favqulodda voqealarga o’tkazish va o’tkazmaslik uchun sabab bo’lolmaydi.
Favqulodda foyda va zararlarni alohida ajratib hisobga olishdan maqsad hisobot davri ichida korxona faoliyati natijasini obyektiv aks ettirishdir. Favqulodda voqealar sodir bo’lganda bu voqealardan olingan foyda va zararlar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 9710-«Favquloddagi foydalar» va 9720-«Favquloddagi zararlar» schyoti. Bular tranzit schyotlar bo’lib 9710-passiv, 9720-aktiv schyotlariga mansubdir.
Favqulodda voqealardan olingan daromadlar summasiga 9710-«Favquloddagi foydalar» schyoti kreditlanib turli schyotlar debetlanadi. Sodir bo’lgan zarar summasiga esa 9720-«Favquloddagi zararlar» schyoti debetlanib turli schyotlar kreditlanadi. Bu schyotlarning debet va kredit oborotlari hisobot davri oxirida yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi: favqulodda voqealardan olingan foyda summasiga- Dt 9710-«Favquloddagi foydalar», Kt 9910- «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti.
Favqulodda voqealardan sodir bo’lgan zarar summasiga- Dt 9910-«Yakuniy moliyaviy natija», Kt 9720-«Favquloddagi zararlar» schyoti.



Download 2.41 Mb.

Share with your friends:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   119




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page