O’zbekiston respublikasi


Foydaning ishlatilishi, yakuniy moliyaviy natija va taqsimlanmagan foydani (qoplanmagan zarar) hisobga olish



Download 2.41 Mb.
Page89/119
Date18.12.2023
Size2.41 Mb.
#62979
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   119
O’zbekiston respublikasi
97821, Документ Microsoft Word, Dasturlash asoslari, 9-ma’ruza. Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari

11.9. Foydaning ishlatilishi, yakuniy moliyaviy natija va taqsimlanmagan foydani (qoplanmagan zarar) hisobga olish


Foyda korxonalar tomonidan yil davomida budjet oldidagi foyda (daromad) dan ajratma bo’yicha majburiyatlarni bajarish uchun ishlatiladi. Yil davomida budjetga daromad (foyda) dan ajratma bo’yicha bo’nak to’lanmalar va haqiqiy foydadan qaytadan hisoblash bo’yicha to’lanmalar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 9810-«Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar» va 9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyoti. Bular tranzit schyotlar bo’lib kontrpassiv schyotlariga mansubdir. Ushbu schyotlarning debet oborotlari yil davomida daromad (foyda) dan budjetga ajratma bo’yicha to’lanmalar summasini ko’rsatadi. Hisobot davri oxirida yillik hisobotini tuzishda bu schyotlar yopiladi va ularda yil boshiga qoldiq qolmaydi.


Foyda (daromad) dan ajratiladigan soliqlarni hisoblash va to’lash qonunchilik va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Yil davomida budjetga foydadan ajratma, yig’im va boshqa ajratmalar hisoblanganda 9810 va 9820 schyotlari debetlanib 6410 -«Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz» schyoti kreditlanadi. Ushbu foydadan ajratma, yig’im va boshqa ajratmalar budjetga o’tkazib berilganda 6410- schyot debetlanib, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi.
Hisobot yili oxirida bu schyot quyidagi yopiladi: Dt 9910- «Yakuniy moliyaviy natija», Kt 9810, 9820 - schyotlar.
Foydadan ajratma, yig’im va boshqa ajratmalarni hisobga oladigan 9810 va 9820 - schyotlarning sintetik va analitik hisoblari bankning hisob - kitob schyotidan berilgan ko’chirmasiga va boshqa hujjatlarga asosan 15 - jurnal - orderda yuritiladi.
Odatda korxona faoliyatining yakuniy moliyaviy natijasi yil oxirida aniqlanadi. Buning uchun korxona buxgalteriyasida 9910- «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti ochiladi. Bu schyot hisobot yilida korxona faoliyatining yakuniy moliyaviy natijasini shakllanishi to’g’risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan.
Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) quyidagicha aniqlanadi: asosiy faoliyatdan olingan moliyaviy natija (foyda) ga moliyaviy faoliyatdan olingan daromad va favquloddagi foyda summasi qo’shiladi va shu faoliyatlardan sodir bo’lgan zarar (xarajat) lar olib tashlanadi.
9910- «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti tranzit bo’lib aktiv - passiv schyotlarga mansubdir. Debeti bo’yicha xarajatlar, krediti bo’yicha - korxonaning foydasi aks ettiriladi. Bu schyotning debet oboroti bilan kredit oborotini solishtirish yo’li bilan hisobot davridagi yakuniy moliyaviy natija aniqlanadi.
BHir hisobot davrining oxirida 9910- «Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debet va kredit tomonlari ko’rsatkichlari jamlanib bu schyotning umumiy saldosi hisoblab chiqariladi. Ҳisoblab topilgan saldo hisobot davrida soliqqa tortilgunga qadar bo’lgan umumiy balans foydasi (yoki zarari) ni ko’rsatadi.
Hisobot yilining oxirida 9810- «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar», 9820 «Foydadan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyotlarida foyda (daromad) dan hisoblangan umumiy summa aks ettiriladi. Yillik hisobotni tuzishda oxirgi buxgalteriya o’tkazmalari bilan hisoblangan soliq va yig’imlar summasi, ilgari aytilganidek, quyidagi hisobdan chiqariladi: Dt 9910-«Yakuniy moliyaviy natija», Kt 9810-«Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar» yoki Kt9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyotlari.
9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotida qolgan sof foyda (yoki zarar) summasi quyidagi yozuv bilan taqsimlanmagan foydaga o’tkaziladi:
Sof foyda summasiga - Dt 9910-«Yakuniy moliyaviy natija», Kt 8710- «Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)». Zarar summasiga esa, Dt 8710, Kt 9910 - «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti.
Korxona faoliyatining boshidan yig’ib kelingan va hisobot davrida sodir bo’lgan mavjud taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar summasining harakati to’g’risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» va 8720-«Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)» schyotlari. Bu schyotlar nazariy jihatdan passivdir, lekin amaliyotda 8710-schyot debet saldoga ham ega bo’lishi mumkin, ya’ni korxona hisobot davrini zarar bilan yakunlashi ham mumkin.
Jamg’arilgan foyda - bu har qanday zararlar, dividendlar va mulkdorlar qarori bo’yicha hususiy kapitalga reinvestitsiya qilingan summalar chiqarilib tashlangandan qolgan xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyatini boshidan boshlab olgan sof foydasidir.
8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotida korxonaning hisobot yili bo’yicha taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) hisobga olinadi.
Dividendlar va mulkdorlar qaroriga binoan boshqa ajratmalar qilingandan so’ng hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotidan 8720-«Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)» schyotiga o’tkaziladi.
Ilgari aytganimizdek, 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyoti, agar xo’jalik faoliyatidan olingan foydasidan zararlari va to’langan dividendlari ko’p bo’lsa, debet saldoga ham ega bo’lishi mumkin. Bunday hollarda zarar summasi quyidagi yozuv bilan jamg’arilgan foydani kamaytirishga o’tkaziladi: Dt 8720-«Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)», Kt 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyoti.
Тaqsimlanmagan foydadan zaxira kapitalini shakllantirish uchun ajratiladi. Bunda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)», Kt 8520- «Zaxira kapitali» schyoti.
Тaqsimlangan foydadan dividendlar hisoblansa, 8710- schyot debetlanib, 6610- «Тo’lanadigan dividendlar» schyoti kreditlanadi. Dividendlar to’langanda, 6610 «Тo’lanadigan dividendlar» schyoti debetlanib quyidagi schyotlar kreditlanadi: 5010, 5110, 5210- schyotlar. Pul mablag’lari bilan yoki 9010- «Mahsulot sotishdan olingan daromadlar» schyoti - sotish bahosida ishlab chiqarilgan mahsulot bilan to’lansa, shu bilan birga natura shaklida to’langan mahsulotning haqiqiy tannarxiga 9110- «Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi» schyoti debetlanib, 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti kreditlanadi.
4610-«Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi» schyoti - dividendlar aksiyalar bilan to’lansa, 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotining sintetik va analitik hisobi 15-jurnal - orderida yuritiladi. Bu jurnal - orderga yozish uchun asos bo’lib buxgalteriyaning ma’lumotnomasi, bankning hisob - kitob schyoti va boshqa schyotlardan bergan ko’chirmasi va boshqa hujjatlar hisoblanadi. Chorak va hisobot yili oxirida jurnal - order ko’rsatkichlari chorak va yillik hisobot shakllarini tuzish uchun asos bo’lib hisoblanadi.

Download 2.41 Mb.

Share with your friends:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   119




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page