10 ichida masalalar yechish metodlaridan foydalanish
Mundarija
KIRISH ..................................................................................................................5
I bob. Boshlang’ich sinflarda masalalar ustida ishlash metodikasining nazariy va amaliy asoslari
1.1 Masalalar bilan dastlabki tanishuv.............................................................9
1.2 Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan masalalar turlari..........................16
II bob. 10 ichida masalalar yechish metodlaridan foydalanish asoslari
2.1 O‘nlik ichida masalalar yechishga o'rgatish..............................................25
2.2 "O‘nlikni" alоhida kоntsеntr sifatida ajratishning sabablari................28
2.3 10 gacha bo'lgan sonlar ichida raqamlash va masalalar o‘rgatish jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish usullari.....................................32
XULOSA..............................................................................................................35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.............................................................36
KIRISH
Boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o‘rganishini tashkil etishning didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashish bilim olish faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bola birinchi marta jamoat jihatidan baholanuvchi faoliyatga kirib boradi. Bu faoliyat barcha o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lgan qoidalardan iborat bo‘lib uning muvaffaqiyati birgina o‘quvchiga emas butun jamoaning faol harakatiga bog‘liq.
Aynan shu davrda bola bilim olish faoliyatining jamoa ishlab chiqqan uslublarini egallash zaruriyatini tushunadi. Chunki faqat ulargina qo‘yilgan masalani muvaffaqiyatli yechishni ta’minlaydi, aynan shu paytda bilim olish faoliyati to‘planadi.
Ta’lim sohasidagi bosh maqsad - ta’lim va tarbiyaning demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish, xalqimizning tarixiy an’analari va urf-odatlari, shuningdek, umumbashariy qadriyatlar asosida ta’lim – tarbiya jarayoni mazmunini tubdan o‘zgartirish, shu maqsadda pedagogik jamoalarning tashabbuskorligiga keng imkoniyat ochib berishdan iboratdir.
Shu paytgacha psixologik-pedagogik tadqiqotlarda boshlang‘ich ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning ilmiy tahlili birinchidan, axborotlarni boyitib borish orqali ta’lim mazmunini o‘zgartirish, didaktik elementlarni kattalashtirib o‘zlashtirish, (B.P.Erdniyev, P.M.Erdniyev), har bir fanning asosiy g‘oyasini ajratish (I.D.Zverev, V.N.Maksimova, R.A. Mavlonova, A.Abduqodirov, A.M.Markushevich) nazariy bilimlarning rolini oshirish (V.V. Davidov, A.K. Markova, J. Ikromov, A.M. Pishkalo, T. To‘laganov, D.B.Elkonin) yo‘nalishlarida amalga oshirilgan.
Ikkinchidan, sonlarnio‘rganishbo‘yicha o‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan aqliy hatti-harakatlar tizimini aniqlashga qaratilgan. Bunda o‘qitish va o‘qish faoliyatlari chegaralanadi; o‘quvchilarda aqliy faoliyat tizimini maqsadga muvofiq shakllantirish mexanizmini ishlab chiqish (N. Azizxodjayeva, Yu.K.Babanskiy, O.Rozikov, N.F.Talizina, T.I.Shamova, D. Shodiyev, G.I.Shukina va boshqalar) masalalari ustida tadqiqotlar amalga oshirildi.
Uchinchidan, ayrim tadqiqotchilar o‘quvchilarning funksiyalarini to‘la aniqlash, ta’lim mazmunining tuzilishi va komponentlarini aniqlash bilan bog‘laydilar. (V.P. Bespalko, D.D. Zuyev, B. Qodirov, E. G‘oziyev, G‘.B. Shoumarov va boshqalar);
To‘rtinchidan, o‘qitishning tashkiliy shakllariga bog‘liq ekanligi qayd qilinadi. Bunday yondoshish boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari uchun maqsadga erishish yo‘llari, usullarini muhokama qilish uchun qulay sharoit yaratishi, o‘zaro ishonch muhitini yaratishiga urg‘u beriladi (Sh.A. Amonashvili, M.V. Matyuxina, R.A. Mavlonova va boshqalar);
Beshinchidan, psixologik-pedagogik tadqiqotlarda boshlang‘ich ta’lim samaradorligini o‘quvchilarning motivlariga bog‘liq ekanligi qayd etilmoqdakim, bunda ham bilish faoliyatining turli motivlarini shakllantirish masalalari ochib beriladi. (A.K. Markova, M.V. Matyuxina, M.X. To‘xtaxodjayeva, S. Annamurodova, G.I. Shukina, B.P.Erdniyev, P.M.Erdniyev va boshqalar).
Mavjud tadqiqotlar ushbu muammoning yo‘nalishlarini ma’lum darajada aks ettirsa-da, bu raqamlashnio‘rganish tizimining didaktik asoslarini ta’minlay olmaydi. Bu esa bizning bitiruv ishimizning dolzarbligini ko‘rsatadi.
O‘quvchilar bilan har bir darsda bir necha tushunchalar bilan ish olib boriladi. Har birini shu darsning turli bosqichlarida o‘zlashtirishi mumkin. Har bir tushunchani tushunish boshqa bir tushunchani takrorlash, esga olish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi tushunchalarni tushuntirish uchun xizmat qiladi. O‘qitish jarayonida har bir o‘quv materiali rivojlantirilgan holda olib boriladi, bu o‘quv materiali o‘zidan keyin o‘qitiladigan materiallarni tushunish uchun poydevor bo‘ladi. Boshqa tushunchaning o‘zlashtirilish jarayonini qarasak, u bir necha darslarning o‘zaro bog‘liqli o‘qitilishi natijasida hosil bo‘ladi. Shunday qilib matematik tushunchalarini hosil qilish birgina darsning o‘zida hosil qilinmasdan, balki o‘zaro aloqada bo‘lgan bir qancha darslarni o‘tish jarayonida hosil qilinadi. Bunday darslarni birgalikda darslar tizimi deb ataymiz. Shuning uchun o‘qituvchi mavzuning mazmunini ochadigan darslarni mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirishi kerak.
Darslar sistemasining tuzilishidagi eng katta talab darsning o‘quv-tarbiyaviy maqsadini e’tiborga olish, o‘qitish tamoyillarining metodik va umumpedagogik tomonlarini hisobga olishdir. Mavzu bo‘yicha yaxshi o‘ylangan darslar tizimining o‘quv vaqtini mavzuchalarga to‘g‘ri taqsimlashga bog‘liq.
Unda o‘quvchilarning mustaqilligini hosil qilish, xususiy misollarni qarash, xususiy xulosalar chiqarish, undan umumuy xulosalar chiqarishga olib kelish diqqat markazida turishi lozim. Bu bilimlar darslar tizimida hosil qilinib, mustahkamlangandan keyin misol va masalalar yechishni ta’minlashi kerak. Undan keyin mashqlar yordamida malakalarni qayta ishlashi, shuningdek, hosil qilingan bilimlarni doimo bir tizimga keltirish va umumlashtirishni ham ta’minlash kerak.
Dasturning qandaydir mavzusining mazmunini aniqlashda, mavzu materialini dars vaqtlariga taqsimlashda, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirishga quyidagi asosiy bosqichlar qaraladi.
1. Yangi materialni o‘qitishga tayyorlash.
2. Yangi o‘quv materialini idrok qilish va yangi bilimlarni hosil qilish.
3. Bilimlarni mustahkamlash va turli xil mashqlar orqali
malakalarni hosil qilish.
4. Bilimlarni takrorlash, umumlashtirish va bir tizimga keltirish.
5. Bilim va malakalarni tekshirish.
Boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallar bajarish talablarining o‘quvchilar tomonidan bajarilishi ularning tevarak zarur bilim, malaka va konikmalarni egallashlariga yordam beradi:
a) O‘quvchilarning tevarak atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish.
b) faohiyatning har-xil turlarini o‘quv mehnat,muloqatni egallash.
v) o‘z-o‘zini nazorat qilish hamda baholarshga o‘rgatish.
g) muayyam umumiy tabiiy -ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi uning keyingi
taraqiyotining tavsifi.
Shunday qilib, boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallar bajarish jarayoni o‘quv- bilimjarayoniga matematika o‘qitish bo‘yicha bilim,konikma va malakalarigina emas balki shaxsning muayyam asosiy faoliyati majmuasi-mehnat o‘quv-biluv, kammunikativ-axloqiy va jismoniy- kamolatiga mos keladigan fasilatlarining shakllanishini ham taminlaydi.
Share with your friends: |