Fan- ilmiy dunqarash shakli. Bilimlarning o’sishiga qarab har xil muammolar va masalalar soni ham tinimsiz ko’payib bordi. Bu jarayon fanning rivojlanish sur’ati yanada jadallashuviga va u falsafadan yanada ko’proq ajralishiga sabab bo’ldi. Biroq fan bilimning mustaqil sohasi, dunyoqarashning alohida shakli sifatida faqat XVII-XVIII asrlarda to’la shakllandi. Muayyan darajada shartlilik bilan shuni aytish mumkinki, bu I.Nyuton klassik mexanikaning asosiy qonunlarini ta’riflab, shu tariqa tabiatshunoslikning bo’limi – asoslari asrlar mobaynida shakllangan, bosh tamoyillari esa bundan yuz yilcha muqaddam, avvalo Galileo Galiley tomonidan ta’riflangan klassik mexanikaning shakllanishiga yakun yasaganidan keyin yuz berdi.
Falsafaning gnoseologik funksiyasitajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz inkor etish mumkin bo’lmagan, ya’ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo’lmagan narsalar va hodisalarni oqilona yo’l bilan tushuntirishga harakat qilishdir.
Aksiologik funksiyasi. Falsafa hayotning ma’nosi, o’lim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo’yish, u yoki bu harakat, voqea, hodisaga “yaxshi”, “yomon”, “muhim”, “foydali”, “foydasiz” kategoriyalari bilan baho berish orqali– aksiologik (yunon. axia - qadriyat) funksiyani bajaradi. Metodologik funksiyasi to’g’risida so’z yuritganda metod tushunchasiga murojaat etish o’rinli bo’ladi. Bu tushuncha yunoncha methodos – yo’l, tadqiqot, tekshirish so’zidan kelib chiqqan bo’lib, u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, shuningdek borliqni nazariy va amaliy o’zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi.
FAlSAFA-U insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilimlardandir. U olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson umrining mohiyati, borliq va yo’qlik kabi ko’plab muammolar haqida bahs yuritadigan fandir. Falsafa qadimgi yunon tilida “Filosofiya”so’zidan olingan bo’lib “Donishmandlikni sevish” manosini anglatadi. Bu atama ilk bor qadimgi Yunonistonda buyuk alloma matematik olim Pifagor tomonidan qo’llanilgan. Evropa madaniyatiga esa yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. Shu tariqa u avvalo qadimgi yunonistonda alohida bilim sohasiga “fanlarning otasi’’ ya’ni asosiy fanga aylangan.
ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАҲМАТ!