2.3. Ipak yo’li xalqaro dasturi haqida 1987-yil YuNESKO madaniy taraqqiyot boʻyicha BMTning umumjahon dekadasi doirasida „Ipak yoʻli – muloqot yoʻli“ xalqaro dasturini qabul qildi. Bu dastur Oʻrta Osiyo xalqlari boy madaniy tarixlarini keng qamrovda tadqiq etishni nazarda tutadi. Biroq uning asosiy maqsadi – Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida yanada mustahkamroq madaniy va iqtisodiy aloqalar oʻrnatish, ushbu buyuk qitʼalarda yashovchi koʻp sonli xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaxshilashdan iborat. Koʻplab (30 dan ziyod) xalqaro ilmiy konferensiya (jumladan, Samarqand, 1990-yil oktabr; Buxoro, 1996-yil fevral) va seminarlar oʻtkazildi. Buyuk ipak yoʻli y. boʻylab birgalikda xalqaro ekspeditsiyalar uyushtirildi, kinofilmlar yaratildi, kitoblar, broshyuralar va maqolalar chop etildi, baʼzi arxeologik va meʼmoriy yodgorliklar taʼmirlandi. Baʼzi bir Sharq mamlakatlarida (Hindiston, Xitoy, Oʻzbekiston, Shri Lanka, Yaponiya) Buyuk ipak yoʻli y.ni oʻrganish boʻyicha maxsus ilmiy institutlar barpo etilgan. Maye, BMT va YuNESKO qaroriga koʻra, Samarqand shahrida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochilgan. 1997-yil mayda Oʻrta Osiyoni Eron bilan bogʻlagan Saraxs – Mashhad temir yoʻl uchastkasi qurilishi tugallandi, bu bilan Oʻrta Osiyo mamlakatlari Fors qoʻltigʻiga, Yevropa mamlakatlari esa Oʻrta Osiyoga chiqish imkoniga ega boʻldilar. Ilmiy va madaniy dasturlardan tashqari Buyuk ipak yoʻli y.ni tiklash boʻyicha jahonshumul ahamiyatga ega boʻlgan loyiha amalga oshirilmoqda (qarang Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yoʻlagi (TRACECA)). Navbatdagi vazifa – Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi temir yoʻl uchastkasini qurishdir. Mana shu reja amalga oshgudek boʻlsa, Atlantika okeanidan tortib Tinch okeanigacha boʻlgan masofada Buyuk ipak yoʻlining „temir yoʻl“ varianti toʻla tiklangan boʻladi.
Oʻzbekistonda Buyuk ipak yoʻlini tiklashga katta eʼtibor qaratilmoqda. 1995-yil 2-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning Buyuk ipak yoʻlini qayta tiklashda Oʻzbekistonning ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro sayyohlikni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi.
3.Xulosa Buyuk Ipak yo’li – insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuviga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo – yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining o’ziga xos bo’lgan hodisasi bo’lgan. Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: «O’tirgan – bo’yra, yurgan – daryo». Harakatlanish – bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo’lgan edi. Buyuk Ipak yo‘li hech qachon yagona bir yo’ldan iborat bo’lmagan. Uning tarkibiga tog’ dovonlari orqali otgan, cho’llarni aylanib o’tgan turli yo’nalishdagi bir necha karvon yo’llari tarmog’i kirgan.
Ipak yo’li Xitoyning qadimiy poytaxti — Chanandan (Chang’An) boshlanib, shimoliy Tyan-Shan yoqalab Dunxuaga — Buyuk Xitoy devori atrofidagi shaharga qarab ketgan. Shu yerga kelganda yo’l Takla-Makan cho’lini shimoldan va janubdan aylanib o’tadigan bir necha tarmoqlarga bo’linib ketgan. Shimoliy yo’l Turfan orqali IIi daryosi vodiysiga chiqqan. O’rtadagi yo’l So’g’diyonaga olib borgan, janub tomondagisi esa — Baqtriyaga yo’nalgan. Tyan-Shandan oshib o’tgan karvon yo’l Samarqand, Buxoro, Xorazmga, undan esa Kaspiy dengizi qirg’oqlariga yetib kelar edi. Janubiy yo’l ikkiga bo’linib ketgan, ularning biri Hindistonga boshlasa, ikkinchisi — g’arbga, Parfiya, Fors, Mesopatamiya, Bog’dod, Damashq orqali O’rtaYer dengiziga chiqqan. Miloddan avvalgi III asrga qadar Yevrosiyodagi to ‘rtta — Rim ( O‘rta Yer dengizi), Parfiya (Yaqin Sharq), Qushon (Hindiston, Afg’oniston, O’rta Osiyo) va Xan (Xitoy) imperiyalari tomonidan nazorat qilingan. Garchi ularo’rtasida savdo yo’lining muhim nuqtalarini izmida tutib turish uchun doimiy kurash olib borilgan bo’lsada, umuman olganda bu to’rtlik karvon yo’llaridagi barqarorlikni ta ’minlashga muvaffaq bo’lgan. Vaqt o’tib ularning o’rnini o’rta asr imperiyalari egalladi, ipak yo’li tarixida shunday qisqa davrlar ham bo’ldiki, bu paytda u deyarli bitta davlat tomonidan nazorat qilib turildi: VI asming oxirlarida Turk hoqonligi, XIII asming ikkinchi choragida — Chingizxonimperiyasi tomonidan, XIV asming so’nggi 30 yilida esa AmirTemur imperiyasi tomonidan nazorat qilindi. Biroq yo’l juda uzun masofani o’z ichiga olganligidan uni bitta yagona davlat tomonidan nazorat qilish o’ta qiyin edi, axir bu yo’l amalda Tinch okeandan Atlantika okeanigacha cho’zilib ketgan transkontinental yo’l bo’lgan ekan.
«Buyuk Ipak yo’li» tushunchasi o’sha paytda juda qimmatli hisoblangan mol -ikkita turli dunyo: G’arb va Sharqni bir-biriga tanishtirgan ipak bilan bog’liq. Ilk marotaba bu terminni 1877-yilda nemis olimi Ferdinand Rixtgofen o’zining «Xitoy» deb nomlangan ilmiy asarida ishlatgan.
– Buyuk ipak yo‘li kimsasiz sahrodan, shahar infrastrukturasi shakllanmagan, karvonsaroy va bozorlari yo‘q hududdan o‘tmagan,chunki bu narsa nafaqat moddiy tovarlarning, balki olis masofalarni bosib kelayotgan karvonlardagi yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlashda ham muhim o‘rin tutgan. Shuning uchun Buyuk ipak yo‘li o‘tgan hududlar xaritasini belgilashda, albatta, xalqlarning madaniyati va shaharsozligi taraqqiy etganligiga e’tibor qaratish o‘rinli. Tadqiqotda Buyuk ipak yo‘lining boshida turgan Xitoy xalqining madaniy tarixi, Konfutsiy, Laotszi kabi faylasuflarning qarashlari, mifologik tushunchalar, ularning zamirida vujudga kelgan o‘ziga xos binokorlik san’ati haqida so‘z boradi. E’tiborli tomoni shundaki, Xitoy madaniyati va arxitekturasining shakllanishida Chin yurtiga borgan allomalarimizning ham xizmatlari bor ekanligi o‘z isbotini topgan. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan Xitoy, Markaziy Osiyo, Rossiya, Kavkazorti va Yevropaning savdo yo‘llari bilan tutash hududlaridagi xalqlarning badiiy-falsafiy dunyoqarashi va uning binokorlikka ta’siri masalasiga bag‘ishlangan ilk tadqiqot yaqin kelajakda Yevropa universitetlaridagi kabi insoniyat falsafasi, badiiy qarashlari va binokorligining umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi yangi sohaga asos soladi.