Sanoat katalizatorlari va adsorbentlari



Download 1.05 Mb.
Page14/18
Date16.02.2024
Size1.05 Mb.
#63562
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Amaliy mashgulot kataliz metodichka 2
Seolitli katalizatorlar

Seolit katalizatorlari polivalentli kationli (yoki dekationlangan) shakld neorganik va organik reaksiyalarda: kreking, gidrokreking, izomerizatsiya, alkillash gidridlash, degidratsiyalash, oksidlash va boshqalarda ishlatiladi. Ayrim hollarda ular promotorlarsiz va boshqa hollarda aktiv komponentlarni yutdirilgan shaklda ishlatiladi. seolitli katalizatorlar issiqlikka turg'un va ular zaharlar: oltingugurtli va azotli birikmalariga chidamli, undagi metallar jihozlarni korroziyaga uchratmaydi, chunki undagi metallar yuvilib chiqmaydi.Seolitlarning rivojlangan yuzasi (800 m2g gacha), kation almashishga boʻlgan xususiyati, yuqori mexanik mustaxkamligi, uni aktiv katalizator tayyorlashda yoyuvehi sifatida keng qo'llanishiga imkon beradi. Hamma tabiiy va sintetik seolitlar. asosan, alyumosikatlardan iborat bo'lib, tarkibida ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining oksidlaridan tashkil topib, ularning asosiy farqi, undagi g'ovakli tuzilishi boʻlib, oddiy sharoitda suv molekulalari bilan to'lgan bo'ladi. Extiyot bo'lib seolitni qizdirilganda suv bug'lari chiqib ketadi, lekin seolitni holati buzilmaydi. Bu bilan seolit so'zini grekcha ma'nosi kelib chiqadi.


"seo" va "lit", ya'ni qaynayotgan tosh.


Seolit skeletlarini tuzilishi karkasi, undagi ko'plab bo'shliq uyalardan iborat bo'lib, o'zaro kichik teshikehalar bilan bog'lanadi. I g seolitda 3 * 10 ^ 20 ta bo'shliqlar bo'ladi, shuning uchun ularni avvallari «Molekulyar elako deb atashgan. Katalizda eng ahamiyatli scolitlar-kristall alyumosilikatlarning A.X.U turlari bo'lib, u uch tomonlama skeletli mustaxkamdir, seolitni umumiy formula bilan yozsak M2/nO Al2O3 xSiO2- yH2O
bunda, p M-metallning (kationning) valentligi, x-SiO2:Al2O3-mollar nisbati, u-suvni mollar soni, x ning qiymati seolitning tuzilishi va xossalarini belgilaydi. A-turdagi seolitlarda x = 2 bo'lsa, X-turdagi seolitlarda x = 22:3 va U- seolitlarida x – 3,1:5,0 bo'lib, sintetik seolitlarda x = 10 gucha bo'lishi mumkin. Katalitik jarayonlarida x = 2, 8 6,0 bo'lgan seolitlar ishlatiladi.Seolit sintezi jarayonida uning lizik-kimyoviy xususiyatlarini (kristallanish parametrlarini, kationlar tabiati va kimyoviy tarkibini) x ni keng interval orasida o'zgartirish mumkin. Masalan kam kremniyli seolitni sintezi uchun (x = 1, 9/2, 8) yuqori ishqoriy muhitda, natriy silikat asosida olingan kremnezem ishlatiladi. Yuqori kremniyli seolitlar olish uchun past ishqoriy muhitda kremniy kislotasini reaksiyaga kirishish xususiyati yaxshi zollari yoki gellari ishlatiladi. Odatda, sintezda Na formali seolit olinib, uni kation almashtirish yo'li bilan, kerakli katalitik jarnyon uchun ishlatiladigan kation (metall) o'tkaziladi. Har bir turdagi seolit uchun g'ovakni kesma o'lchami va kirish teshiklari (derazalari), molekula o'lchamlari doimiy bo'lishi shart. Bu esa katalizatorning tanlovehanligini oshiradi. Quyida ayrim seolitlarning xususiyatlari keltirilgan.

Download 1.05 Mb.

Share with your friends:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page