Sanoat katalizatorlari va adsorbentlari


Katalizatorlar va yoyuvchilarga shakl berish



Download 1.05 Mb.
Page2/18
Date16.02.2024
Size1.05 Mb.
#63562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Amaliy mashgulot kataliz metodichka 2
Katalizatorlar va yoyuvchilarga shakl berish
Katalizator va yoyuvchilarga shakl berish operatsiyasining asosiy (prinsiplari) negizlari: tomchilatib koagulyatsiyalash, ekstruziya, tabletkalash, granulyatorda granulyatsiyalash (donadorlash), mayda zarrachalarni quritgichda quritish, materialni maydalash.
Katalizatorni cho'ktirib tayyorlashda, materiallarga shakl berish uchun tomchilatib koagulyatsiyalash va mayda zarrachalarni quritgichida quritish usullaridan keng foydalaniladi, ularni keyinrok ko'rib chiqamiz. Pastalarni ekstruziyalash va tabletkalash eng ko'p ko'llaniladigan universal (ananaviy) usullar hisoblanadi.Nam (xo'l) cho'kmani (ko'proq bog'lovchilar bilan) to'xtovsiz harakatlanuvchi shnek yoki gidravlik presslarda shnurga (vermishelga) o'xshab ekstruziyalanadi, uning shakli va o'lchovlarini (granulni) press boshida shaklga keltiruvchi teshiklar bilan aniqlanadi. Uni press boshida o'rnatilgan aylanuvchi- kesuvchi pichoq yoki tortilgan sim (qil) bilan kesib, lentali transporter yordamida boshqa yerga chiqarib turiladi.
Tabletkalash, tabletka qiluvchi mashinalar yordamida 30 MPa (300 kg/sm³) gacha bosim ostida olib boriladi. Tabletka qilish mashinasi matritsa (qolip) va puanson (sterjen) larining shakliga qarab; silindrlar, halkalar, yulduzchalar va boshqa xil shakllardagi tabletka (granul) lar olinadi. Bog'lovchi moddalar sifatida talk, grafit, suyuq shisha, ayrim organik kislotalar va boshqa moddalar qo'llaniladi.Tarelkali granulyatorda granulyatsiyalash, asosan, komponentlarni texnik aralashtirgichlar yordamida bajariladi. Kontakt massasiga shakl berish, g'ovak strukturasi va solishtirma yuzasi hamda uning mexanik kattiqligini namoyon qilib, tomchilatib koagulyatsiyalash, mayda zarrachalarni quritgichda quritib olingan granulalarni kattiqligi yuqori bo'ladi va aksincha, tabletkalab, ekstruziyalab va maydalab (tolkonlab) olingan materiallarning qattiqligi kamroq bo'ladi. Katalizatorni tayyorlash usuli asosan, uning xususiy donadorlik darajasiga, shakliga, strukturani g'ovakligiga, shuningdek kontakt massasini aktivligiga bog'liq. Katalizator tayyorlashda uning tabiatiga bog'liq bo'lgan holda oldindan kerakli boʻlgan g'ovakni tuzilishini va solishtirma yuzani hosil qilish mumkin. Cho'ktirish yo'li bilan tayyorlangan kontakt massalari, yuqorida keltirilgan ko'rsatgichlar ko'p jihatdan, uning cho'ktirish sharoitlariga (rN muhitiga), olingan (boshlang'ich eritmalarning konsentratsiyasiga, temperaturaga, cho'ktirish tezligiga, cho'kmani yetilish vaqtiga) yuvishga va termik qayta ishlashga bog'liq. Katalizatorni yutdirish yo'li bilan tayyorlanganda g'ovakli yoyuvchiga aktiv komponentlari yutdirilganda, asosan, uning ikkilamchi tuzilishi saqlanib qoladi. Komponentlarni quruq aralashtirish yo'li bilan tayyorlangan katalizatorni g'ovakligi ko'p jihatdan shakl berish usullariga, boshlang'ich moddalarning maydalanish (maydaligi) darajasiga, maxsus bog'lovchi) moddalar qo'shilishiga bog'liq bo'lib, uni hususiyatlarini aniqlaydi. Kontakt massalarini tayyorlashda, uni optimal o'lchamlari umuman olganda, komponentlarni kam sarf qilish, massani gidravlik qarshiligini yenga olish (yoki kamaytirish) va boshqalar bilan belgilanadi yoki baxolanadi (aniqlanadi). Granulani mexanik kattiqligiga, to'g'ri tanlangan shakl turlariga, termo qayta ishlash sharoitlariga bog'liq.
Turli xil silikagellar, alyumogellar, alyumosilikatlar va boshqalarni uglsvodorodlarni kreking jarayonida, gidratatsiyalashda, degidratatsiyalashda, alkillashda, izomerizatsiyalashda, ularning yuzasini kislotalik (nordon) bo‘lishligini ta’minlaydi. Ularni olish jarayonida cho‘ktirishda ishlatiladigan eritmalarni munosib cho‘kmalari, kremniy yoki alyumokremniy kislotalari, alyumiy oksidlarini SiO2 nN2 O, Al2 Oz•3SiO2 • nN2O xosil qiladi. Me2/p O Al2 Oz • xSiO2 • u-N2 O seolitning umumiyformulasi; p - valentlik, x-SiO 2 : AlO3 ni mollar nisbati, u-N2O ni mollar soni, 3SiO2-gel, silikogel, mSiO2 –pAl2 Oz alyumosilikat.
Katalizator tayyorlashda aktiv komponentlar tuzlarining cho‘ktirishda hosil bo‘lgan tuz cho‘kmalarini keyingi texnologik operatsiyalarida uning tarkibini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. SHunday qilib, fenol olishda xlorbenzolni bug‘ fazasida gidrolizlashda, cho‘ktirilgan uchkalsiy fosfat katalizatoridan foydalaniladi. Uni SaSl2 va Na3[PO 4] larni eritmasini ammiakli suv bilan cho‘ktirib olinadi.




Download 1.05 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page