Nazorat savollari. 1.Katalizatorlar ishlab chiqarishdagi asosiy ko‘rsatmalar.
2.Organik jarayonlarda katalizatorning selektivligi.
3. Katalizatorlar va yoyuvchilarga shakl berish.
4. Katalizatorlarning issiqlik o‘tkazuvchanlik
2-AMALIY MASHG‘ULOT KATALIZATORNING SIRT YUZASINI O‘RGANISH Katalizatorlarning asosiy xususiyatlari. Katalizatorlarning asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
1. Katalizatorning aktivligi 2. Yonish harorati. Ta’sirlashayotgan moddalarning minimal harorati jarayon ketishini va
tezligini amaliy jihatdan ta’minlasa, bu harorat katalizatorning yonish harorati
deyiladi.
Katalitik jarayon qanchalik past haroratda ketsa, shu reaksiyadagi katalizator aktiv hisoblanadi.
3. Katalizator selektivligi yoki tanlanishi. Ko‘pincha asosiy reaksiya bilanbir vaqtda parallel reaksiyalar sodir bo‘ladi. Katalizator esa shu reaksiyalarning faqat bittasini tezlashtirib, qolganiga ta’sir etmasligi mumkin, organik sintezlarda bunday kataliz muhim ahamiyatga ega.
bu yerda: G as max - asosiy mahsulotga aylanadigan dastlabki moddalar miqdori, mol yoki kg; G kush – qo‘shimcha mahsulotga aylanadigan dastlabki moddalar miqdori, mol yoki kg; G um. bosh – mahsulotga aylangan dastlabki moddaning umumiy miqdori, mol yoki kg.
Misol: 4 NH3+ 5 O2 = 4NO + 6H2O + 986 Kdj
Bu reaksiya platina katalizatori ishtirokida boradi. Bu reaksiyadan tashqari yana ikkita parallel reaksiya ham ketadi.
4NH3+4O2=2N2O+6H2O+1105 Kdj
4 NH3+3O2=2N2+6H2O+1205Kdj
Bu reaksiya o‘zidan juda ko‘p issiqlik ajratib chiqazgani uchun ahamiyatga ega. Lekin bu reaksiya platina katalizatori ishtirok etganda amalga oshmaydi. Katalizator ishtiroki ularning reaksiya tezligini kamaytiradi.
Katalizator aktiv komponentlarining yuzasi Katalizatorlarda aktiv komponentni yuzasini aniqlash, katalizatorni solishtirma yuzasini aniqlashdan ko‘ra muhimroqdir. Shuning uchun, bu maqsadda xemosorbsiya, elektron – mikroskopik va rentgen usullaridan keng foydalaniladi. Aktiv komponentlarni yuzasini alohida-alohida xemosorbsiya bilan aniqlash, metallarni moddalarga selektiv sorbsiyalanish xususiyatiga asoslangan.
Tekshirilayotgan aktiv komponentni solishtirma yuzasi – S sol quyidagi formula bilan hisoblanadi.