Sanoat katalizatorlari va adsorbentlari


Katalizatorlarning kislotali-ishqorli xususiyatlari



Download 1.05 Mb.
Page5/18
Date16.02.2024
Size1.05 Mb.
#63562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Amaliy mashgulot kataliz metodichka 2
Katalizatorlarning kislotali-ishqorli xususiyatlari
Katalizatorni kislotali xususiyati, asosan uni aktivligini baholash uchun zarurdir. Chunki katalizatorni aktivligi va selektivligi; kreking, riforming, izomerizatsiya, polimerizatsiya, degidratatsiya jarayonlarida uning kislotali xususiyatiga bevosita bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda gomogen va geterogen katalizni kislotali mexanizmlari bir-biriga o‘xshashdir. Shuning uchun geterogen katalizda, gomogen katalizdagidek quyidagi tushunchalar mavjud. “Brensted kislotasi”, “Lyuis kislotasi” va Brensted, Lyuis kislota markazlari ishlatiladi. Lekin kislotali markazlarni katalizator yuzasidagi strukturasi, bir turdagi kislotali markazni ikkinchi turdagiga o‘tishi va ularni jarayonda katalizatorga ta’siri hamon munozarali bo‘lib qolmoqda.
Kislotali xususiyatga ega bo‘lgan qattiq katalizatorlar.
Bular asosan:
1.Tabiiy loylar: kaolin, bentonit, seolitlar, montmorillonit.
2.Silikogel, kvars, alyuminiy oksidi va diatomitga yutdirilgan H2SO4, H3PO4 ,
H3BO3va boshqa mineral kislotalar.
3.Aralash oksidlar; SiO2, Al2O3, B2O3, Gr2O3, Al2O3: SiO2, MgO: Al2O3: SiO2


Katalizatorning zichligi
Amaliyotda katalizatorni o‘ziga xos g‘ovakli sturukturasini va katalizator donalarini shaklini hisobga oladigan xususiyatlaridan biri, uning zichligidir. Ularning keng qob‘llaniladigan turlari; sochiluvchan, ehtimol va chin (haqiqiy) zichliklardir.
Sochiluvchan zichlikρsoch=m\Vkat, g\sm3 (ml); m - katalizator massasi, g;
Vkat - katalizatoming umumiy hajmi, sm3 (ml). Vkat =Vm+Vn+Vc.
Bunda quyidagilar nazarda tutiladi: katalizatorning umumiy hajmi, katalizator materialining hajmi,katalizator donachalari orasidagi g‘ovak va bo‘shliqlar ham shularni hammasi birgalikda hisobga olinadi.

Download 1.05 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page