Sanoat katalizatorlari va adsorbentlari


Katalizatorning mexanik qattiqligi



Download 1.05 Mb.
Page4/18
Date16.02.2024
Size1.05 Mb.
#63562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Amaliy mashgulot kataliz metodichka 2
Katalizatorning mexanik qattiqligi
Turg‘un “qaynab turgan qavatda” (psevdooksijennom sloe) va harakatdagi jarayonlarda ishlatiladigan katalizatorlar uchun mexanik sinovlar bir-biridan keskin farqlanadi. Turg‘un sharoitda ishlaydigan katalizatorlar uchun asosiy ko‘rsatkich, bu katalizatorni ezib – maydalashga mustahkamligidir. “Qaynab turgan qavatda”ishlaydigan katalizator uchun, katalizatorni ezib-maydalash katta rol o‘ynaydi, bu uning emirilishga chidamligidir. Ezib-maydalashga mustahkamligini tekshiradigan bir qancha usullari bor. Bu usullarni tanlab olish katalizator donalarini shakliga, olingan natijalarni takrorlash mumkinligiga bog‘liq. Asosiysi, ko‘p kuch sarflamasdan katalizator donalarini maydalashdir. Shar holidagi va noto‘g‘ri shakldagi katalizator donachalari ikki mustahkam sterjen orasida parchalanadi (eziladi), silindr holidagi tabletkalar, o‘qiga perpendikulyar, ya’ni yonbosh tomonidan kuchtasiretiladi. Chervyak va vermeshel holidagi tabletkalar egiluvchanlikka ham sinab ko‘riladi.
Katalizator tabletkasini mustahkamligini sinashda eng oddiy usul qo‘llaniladi. Tabletka gidravlik press stoliga qo‘yilib, katalizatorni ezib yuborishga sarflangan kuchlanish (kuch) o‘lchanadi va olingan qiymat tabletkalarnio‘rtacha chidamliligi (qattiqligi) deyiladi. Katalizator tabletkalarini mustahkamlik xususiyatlarini universal pribor MP– 2S da o‘lchanadi. Katalizatorni mexanik qattiqligini emirilishga sinash uchun har xil; sharli, vibratsiyali (silkinishli), markazdan qochuvchi tegirmonlardan foydalaniladi. Katalizatorni maydalanib ketmasligini oldini olib, bu tegirmonlarda mayda sharlar ishlatilmaydi.Katalizatorni mustahkamligi vaqt birligi ichida hosil bo‘lgan mayda fraksiyani miqdoriga qarab belgilanadi.
Katalizatorning fazoviy tarkibi
Katalizatorni umumiy fazoviy tahlili uchun asosan 2 usul qo‘llaniladi; 1 – rentgenografiya, 2 – elektron difraksiyasi (elektronografiya). Ba’zi bir muhim masalalarni echish uchun boshqa fizik usullar: termografiya, magnitni qabul qilish yoki magnitlanish, EPR va spektroskopik usullar qo‘llanilishi mumkin.

Download 1.05 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page