Қўштепа тумани «Ойимча» махалла фукаролар йигинида ўтказилган йигилиш


Magnoliyanamolar (Magnoliidae) qabilasi



Download 139.5 Kb.
Page4/9
Date03.06.2022
Size139.5 Kb.
#58921
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ўштепа тумани «Ойимча» махалла фукаролар йигинида ўтказилган йи
Magnoliyanamolar (Magnoliidae) qabilasi
Magnoliyanomalar (Magnoliales) qabilasi - daraxtsimon hayot shakldagi
vakillardan iborat, magnoliyanamolar bo'r davridan boshlab Grenlandiyadan,
Alyaska, Avstraliyagacha tarqalgan. Magnoliyanomalaming hozirgi areali uzuq.
uzuq ( Shimoliy va Markaziy Amerikaning, Janubiy -- Sharqiy va Osiyo va
Avstraliyaning bir qismi).
Magnoliyanamolami ba’zi bir vakillarining balandligi 35-40m ga boaradi. Lola
daraxti bo'yi esa (Liiiodendron tulipifera) xatto 35m ga yetadi.
Magnoliyalar turkimiga 70 tur kirib, 0'zbekistonda yirik gulli magnoliya (
M.grandiflora) iqlimlashtirilgan. Shimoliy Amerikada (doim yashil turlari), Janubiy
- Sharqiy Osiyoda ( bargini to'quvchi turlari) uchraydi. Gulning tuzilish formulasi
Заз^Оз+з+зАдаСсо . Bu qabilaga 3 ta degeneriyadoshlar, magnoliyadoshlar va
himantradoshlar oilalari kiradi.
M ag n o liy ad o sh la r oilasi (Magnoliaceae)
Oila vakillari daraxt va butalardan iborat bo'lib, ulaming 12 turkumga mansub,
240 ga yaqin turi mavjud. Ular asosan Janubiy-Sharqiy Osiyoning va Shimoliy
Amerikaning Janubiy-G'arbidagi o rmonlarda tarqalgan. Barglari oddiy. Gulli to'g'ri,
ikki jinsli, gul qo'rg'on bolaklari 6-12 va undan ham ko'p. Changchi va urug'chilari
ko'p. Yashil va bargini to kib turadigan turlari bor.
Yirik gulli magnoliya (M. grandiflora) bo yi 30 m ga yetadigan daraxt. Yirik gulli
magnoliyaning vatani Florida, doim yashil daraxt guli yirik ( diametri 30 smgacha )
oq, o ziga xos o tkir hidli gulga ega. Gulning xarakterli belgilari: gul o rin qabariq,
oddiy yoki qo'sh guIqo'rg'onli gulqo'rg'on a’zolari tsiklik ( doira shaklida,
joylashgan), changchisi va urug'chisi ko'p sonli, erkin spiral shaklda joylashgan.
Mevasi - ko'p urug'li murakkab bargak. Bu oilaga lola daraxti (Liliodendron
tulipifera) ham kiradi. U bo yi 30-40m li daraxt. Guli lolaning guliga o'xshash. Shuning
uchun lola daraxti deb nom berilgan. Magnoliya va lola daraxti manzarali daraxt sifatida
1- yirik gulli magnoliya (M. grandiflora)
guli va urug'i, 2- gul diagrammasi
Lavmamolar (Laurales) qabilasiga 11 ta qabila kiradi. Ulardan eng yirigi
lavrdoshlar oilasidir. Qabila - vakillari doim yashil daraxt yoki buta Janubiy -
Sharqiy Osiyoda va Janubiy Amerikada tarqalgan.
Gulning tuzilish formulasi НСа3СОэ+3A9, G Q
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ayiqtovonkabilar ajdodchasi (Ranunculidae)
Bu ajdodcha magnoliyasimonlar ajdodchasiga yaqin. Ayiqtovonkabilaming
ko'pgina vakillari o'tsimon o'simliklar. Ayiqtovonkabilar ajdodchasi 4 ta qabila, 13
ta oila va 200 taga yaqin turkumga mansub 4000 taga yaqin turlami birlashtiradi.
Gullari ikki jinsli yoki ayrim jinsli, gul a’zolari spiralsimon va gemitsiklik
shaklda joylashgan. . Urug'i endospermli, murtagi juda kichik. Ajdodcha
ayiqtovonnamolar, ko'knorigulnamolar kabi qabilalarga bo linadi.
Ayiqtovonnamolar (Ranunculales) qabilasi. Qabila vakillari magnoliyanamolar
bilan umumiy ajdoddan kelib chiqqan. Guli aniqlik tuzilishidan tsiklik
tuzilishgacha, shuningdek gulqo'rg'oni aktinomorf shakldan zigamorf shakligacha
o'zgarib borgan.
Qabila bir necha oilalami o'z ichiga olgan birlashtirib, ulardan
ayiqtovondoshlar va zirkdoshlar kabi oilalar yirik va tabiatda keng tarqalgan.
Ayiqtovondoshlar ( Ranunculaceae) oilasiga 50 turkum va 2000ga yaqin tur
kiradi. Ko'pchilik vakillari o'tsimon o simliklar, ba’zan chala butalar, lianasimon
butalar ham uchraydi. Ulami barglari navbat bilan joylashgan, ko'pincha
panjasimon yoki patsimon qirqilgan, ba’zan butun yonbargsiz. Umumiy gul
tuzilishi formulasi Ca5C 0 5Ae Goq. Mevasi bargak, bir urug'li yong'oqcha yoki
ko sakcha. Ayiqtovondoshlaming turli organlarida alkaloidlar borligi sababli ulami
chorva mollari yemaydi. Ayiqtovondoshlar zararli ayiqtovon (Ranunculus sceleratus)
bahor suvuro'ti (Adomis vemalis) kabi vakillari zaharli va dorivor turlardandir.
O'zbekistonning baland tog'li shimoliy joylarida Tyan-Shan suv yig ari (
Aguilegia tian shanica). Bir yillik vakillaridan burishgan isparak ( Delphinium
ruguolsum) va so'galli isparak ( D. barbatum), Zarafshan akoniti (Aconitum
zeravschanicum) o'sadi. Bular dorivor va manzarali o'simliklar hisoblanadi.
Oilaning keng tarqalgan turlaridan biri yerbag'ir ayiqtovon (Ranunculus repens),
urugida 1,40 foiz efir moyi saqlovchi sedana - Nigella sativa va dorivor isfarak -
Delphinium semiborbatum, oq parpi - (Adonis turkestanica) kabi turlari bor.
Ayiqtovondoshlar oilasi 6 ta oilachaga bo'linadi, shulardan 5 tasining vakillari
0'zbekistonda o'sadi.

Download 139.5 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page