Ko‘rkam, sezgir, katta, chaqqon, chiroyli, epchil, ziyrak, ulkan, shod, jasur, xursand, qahramon.
Berilgan sifatlardan qatnashtirib gaplar tuzing.
286-mashq. Sifatlarni ma’nosiga ko‘ra guruhlang.
Keng, taxir, kichkina, bepoyon, egri, cheksiz, qiyshiq, botir, tor, shirin, jasur, dumaloq, yam-yashil, sahiy, aqlli, qip-qizil, achchiq, yaraloq.
300-mashq. Matnni o‘qing. Rassom shu matn mazmuniga mos rasm chizishda qaysi so‘zlarga e’tibor bergan bo‘lardi.
Mashina to‘xtashi bilan Vohidni yalangoyoq, yalangbosh bolalar qurshab oldilar.
Vohidni ota-bobolaridan qolgan keksa tutning tagida onasi qarshi oldi. Onasi – Rizvon xola ko‘kimtir, guldor ko‘ylak kiygan. Boshiga oppoq ro‘mol o‘ragan, oyog’iga chiroyli amirkon kavush kiygan edi. CHetroqda ayvonning ustuniga suyanib singlisi turardi. U ilgarigi sho‘x, quvnoq, erka Zarifa emas. Oppoq, yumaloq yuzi uyatdan qizarib to‘rgan chiroyli qiz edi.
Odil Yoqubov
314-mashq. Sifatlarni so‘roqlar yordamida aniqlang, ularni o‘zi bog’langan so‘z bilan birga ko‘chiring va gapdagi vazifani ayting.
She’rni ifodali o‘qing.
Ona – Vatanimizga
Tip-tiniq osmon kerak.
Biz yashagan zamonga
Pokiza bog’bon kerak.