Tafakkur turlari Muayyan ijtimoiy muhitda turmush kechirayotgan odamlarning ehtiyojlari, xatti-harakat motivlari, narsalarga qiziqishlari, intilishlari, mayllari, aqliy qobiliyatlari, hatto faoliyatlari ham turli - tumandir. Xuddi ana shu boisdan, ularning tafakkuri ham har xil holatlarda, vaziyatlarda turlicha tarzda vujudga keladi, namoyon bo‘ladi. Bundan oldingi boblarda ta’kidlab o‘tganimizdek, bilish jarayonida, amaliy va nazariy vazifalarni hal etishda, o‘zga kishilarning nutq orqali ifodalangan fikrlarini uqib olishda, muomalaga kirishishda, fikrlarini tushunib olishda inson fikr yuritadi. Psixologiya fanida tafakkur shakliga, topshiriqxususiyatiga, fikr yoyiqligiga, fikran originallik darajasiga qarab quyidagicha shartli klassifikatsiya qilinadi.
Tafakkurning konkret amaliy, konkret obrazli va obstrakt kabi asosiy turlari farqlanib olinadi.
Konkret amaliy tafakkur narsalar bilan ish bajarish jarayonida ularni bevosita idrok etishga suyanuvchi tafakkurdir. Bu so’zlar asosan kayd etish funksiyasini bajaradi. Bunday tafakkur maktabgacha yoshdagi bolalarga xosdir.
Konkret obrazli tafakkur tasavvurga tayanadi. Tafakkurning bu turi kichik maktab yoshidagi bolalar uchun mansubdir. Lekin bunday tafakkur katta yoshdagi kishilarda ham uchrab turadi. Xususan o’z oldilaridagi vazifa konkret bo‘lganda ular xuddi shu xilda fikr yuritiladi. Abstrakt tafakkur narsalarning mohiyatini aks ettiruvchi va so’zlarda ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdir. Tafakkurning bu turi dastavval har xil nazariy masalalarni yechish bilan bog‘liqdir. Lekin u kundalik hayotda ham keng qo’llaniladi. Fikr yuritishdagi mustaqillik kishining ijtimoiy tajribadan foydalana bilishida o’z mustakil fikrini ijtimoiy tajribaga nisbatan uz munosabatini namoyon eta bilishida qo‘zg‘a tashlanadi.
Tafakkur turlari shakliga ko’ra. Ko‘rgazmali harakat, ko‘rgazmali obrazli, mantiqiy.
Ko‘rgazmali – harakat tafakkurnining xususiyati shundan iboratki u ham odamning real predmetlar bilan ish qilayotgan paydagi fikrlash jarayonini nazarda tutadi. Ko‘rgazmali obrazli tafakkur esa ko‘rgan kechirgan narsalarva hodisalarning konkret obrazlari ko’z oldimizda gavdalangan chog’da ularning mohiyatini umumlashtirib, bilvosita aks ettirishimizdir.
Mantiqiy tafakkur-bu mavhum tafakkur bo‘lib, so’zlar suzda ifodalangan bilim, g’oya va tushunchalarga tayangan holda bevosita idrokimiz doirasida bo‘lmagan narsalar yuzasidan chiqargan hukmlarimiz, mulohazalarimiz bu tafakkurga misol bo’la oladi. Masalan, olam, uning noyob va murakkab hodisalarini falsafiy o‘rganish faqat mavhum, abstrakt tafakkur yordamida mumkin bo‘ladi. Tafakkur yangiligi va noyobligiga ko’ra quyidagi turlarga bulinadi. Fikrlarimining yana bir turi reproduktiv bo‘lib, uning mohiyati-ko‘rgan bilgan narsalarimizni aynan qanday bo‘lsa, shundayligicha, o’zgarishsiz qaytarish va shu asosda fikrlashga asoslanadi.
Produktiv yoki ijodiy tafakkur-fikrlash elementlariga yangilik, noyoblik qaytarilmaslik qo’shilgandagi tafakkurni nazarda tutadi. Tafakkur ijodiy elementiga ko’ra yana bir necha turlarga bo’linadi. Konvergent fikrlash masalaning yechimi faqat bitta bo‘lgandagi fikrlash nazarda tutsa, divergent tafakkur – fikrning shunday turiki, u shaxsga bir muammo yoki masala yuzasidan birdaniga bir necha yechimlar paydo bo’lishni taqozo etadi. Aynan shunday ijodiy tafakkur devergent shaklda bo‘lsa, u ijodiy parvoz yangiliklarni kashf etishga asos bo‘ladi. Fikrning kashf etish yangilik yaratishga qaratilgan faoliyati ba’zan uning kreaktivlik sifati bilan bog‘lab tushuntiriladi. Kreaktivlilik-shunday xislatki, u go’yoki yo’q joyda bor qiladi, ya’ni oddiygina, jungina narsalarga boshqacha birovlarnikiga uxshamagan yondashuvlarni talab qiladi. Masalan uchta so’z berilgan «qalam», «qo’l», «ayiq».