Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi reja



Download 33.63 Kb.
Page3/6
Date16.05.2024
Size33.63 Kb.
#64266
1   2   3   4   5   6
Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi reja
handbook, EJAR0538, 5-mavzu, moxi1, Livestock-CDE-Test-Bank-Answer-Key, Reja Kirish I. Bob. Savod o`rgatish davrida o`quvchilarni dikta-fayllar.org, Ушинский, 145. Challenge Your English, Shabonov Bahodir
Tafakkurning jarayonlari
Tafakkurni jarayon sifatida psixologiya jihatidan tadqiq qilish ma’lum bir bilish natijalarini hosil bulishiga olib keladigan ichki yashirin sabablarini o‘rganish demakdir.
Analiz va sintez operatsiyalari. Analiz shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy va xususiyatlarini tahlil qilamiz. Allomalarning aytishicha, maymunning yong’oqni chaqishining o‘ziyoq boshlang‘ich oddiy analizdir. O‘quvchi va talaba yoshlar turmushda va dars jarayonida analiz yordami bilan ko‘pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar misol va masalalarni yechadilar.
Sintez — shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, biz narsa va hrdisalarning analizda bo‘lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo‘laqlarini sintez yordami bilan fikran yoki amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bo‘laklarini bir butun qilib qo‘shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta’rifdan ham ko‘rinib turibdi. Analiz amaliy bo‘lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, motor yoki dvigatelning qismlarini, detallarini yig‘ishtirib o‘rnio‘rniga joylashtirilganda, ya’ni sintez qilinganda motor yoki dvigatel hosil bo‘ladi.
Taqqoslash insonning ijtimoiy faoliyatida, bilimlarning o‘zlashtirilishida, voqelikni to‘laroq aks ettirishida bir-biriga o‘xshash jihatlartafovutini, shuningdek, bir-biridan farq qiladigan tomonlar o‘rtasidagi o‘xshashlikni topishdan iborat fikr yuritish operatsiyasi katta ahamiyatga ega. Taqqoslash — shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya vositasi bilan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o‘xshashligi va bir-biridan farqi aniqlanadi. Taqqoslash shunday bir aqliy jarayondirki, bunda biz fikran ikkita narsani taqqoslab, ular o‘rtasida o‘xshashlik hamda farq borligini aniqlaymiz.
XIX—XX asrlarda yashagan allomalardan biri taqqoslashning psixologik mexanizmi to‘g‘risida juda ilg‘or fikrlarni ilgari surib, quyidagi mulohazalarni bildiradi: «Agar siz tabiatning biror narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz, uningo‘ziga juda o‘xshash bo‘lgan narsalardan tafovutini topingiz va uning o‘zidan juda uzoq bo‘lgan narsalar bilan o‘xshashlik topingiz. Ana shunda siz shu narsaning eng muhim, hamma belgilarini payqab olasiz, demak, shu narsani tushunib olasiz».
Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, inson, ko‘pincha, jamiyat formatsiyalarini o‘rganish davrida, ularning avvalgi mohiyatini keyingi formatsiyani o‘rganish paytida yanada chuqurroq va puxtaroq egallab oladi.
Abstraksiya. Narsa va hodisalarning, qonun va qonuniyatlarning ayrim belgisi, sifati, alomati yoki xususiyatlarini fikran ulardan ayirib olib, mustaqil fikr ob’ektiga aylantirishdan iborat fikr yuritish operatsiyasi inson bilish faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Masalan, bilish jarayonida tabiat, jamiyat va ayrim insonlarga xos bo‘lgan «go‘zallik» belgisini ayirib olib, ularning go‘zalligi to‘g‘risida emas, balki umuman go‘zallik, ya’ni estetik kategoriya mazmunidagi tushuncha yuzasidan mulohaza bildiriladi.
Abstraksiyalash shunday fikr tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo‘lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz.
Abstraksiya jarayonida ob’ektdan ajratib olingan belgi (alomat)ning o‘zi tafakkurning mustaqil ob’ekti bo‘lib qoladi. Abstraksiya operatsiyasi analiz natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini analiz qilish jarayonida uning faqat bir belgisini, ya’ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor to‘g‘risida emas, balki devorning oqligi to‘g‘risida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish mumkin.
Abstraksiyalash analiz bilan uzqiy bog‘liq jarayondir.
Umumlashtirish shunday bir tafakkur qilish usulidirki, bunda biz narsa va hodisalarning o‘xshash belgilarini fikran birlashtirib, bir tushuncha holiga keltiramiz.
Umumlashtirish va abstraksiyalash so‘zlar yordamida amalga oshadi. Tafakkur til, nutq bilan amalga oshirilar ekan, u har doim voqelikni umumlashtirib aks ettirishdan iborat bo‘ladi.
Umumlashtirish deganda psixologiyada narsa va hodisalardagi xossa, belgi, xususiyat, alomatlarni topish va shu umumiylik asosida ularni birlashtirish tushuniladi.
Masalan, temir, po‘lat, latun, oltin va boshqalarda mavjud bo‘lgan o‘xshashlik va umumiy belgilarni yagona tushuncha ostida to‘plab, uni «metall» degan ibora bilan nomlashimiz mumkin. Shuningdek, qish, bahor, yoz va kuz «fasl» degan tushuncha orqali ifodalanadi. Insonning yosh davrlari xususiyatidagi umumiy belgilar xisobga olinib, «o‘smir», «o‘spirin», «yetuk kishi», «keksa» singari terminlar ishlatiladi.
Fikr yuritishning umumlashtirish operatsiyasi har xil asoslarga ko‘ra turlarga bo‘lib o‘rganiladi.
Umumlashtirishni mazmuniga ko‘ra tushunchali umumlashtirish va yaqqol ko‘rgazmali yoki elementar umumlashtirish turiga ajratish qabul qilingan. Tushunchali umumlashtirish orqali ob’ektiv qonuniyatlarni muhim belgilari bo‘yicha birlashtirish amalga oshiriladi. Bunda muhim belgilar umumlashtirilib, ob’ektiv qonuniyatlarni ochish mumkin bo‘ladi. Yaqqol ko‘rgazmali umumlashtirishda narsa va hodisalar tashqi hamda yaqqol belgilari bo‘yicha umumlashtiriladi.
Konkretlashtirish hodisalarni ichki bog‘lanish va munosabatlardan qat’i nazar, bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish operatsiyasidir.
Psixologlar tadqiqotlarining ko‘rsatishiga qaraganda, konkretlashtirish, odatda, ikki xil vazifani (funksiyani) bajaradi. Dastlabki funksiyasiga taalluqli ko‘pgina misollarni keltirish bilan uning psixologik mexanizmini ko‘rsatishiga harakat qilamiz. Masalan, o‘quvchilar «qora» degan so‘zni ishlatgan paytlaridan ko‘z oldida bitum, chaqich, asfalt kabi qora rangdagi narsalar va hayvonlarni gavdalantirishlari mumkin. Shuningdek, ular «harakat» degan iborani ishlatsalar, odamni, mashinani, hayvonlarni suv va samolyot kabilarni tasavvur qila oladilar. Keyinchalik esa harakat tushunchasining ko‘lami kengayib boradi, biologik, ijtimoiy va hokazo harakatlarni nazarda tutadi.
Klassifikatsiyalash. Insonning bilish faoliyatida muhim rol o’ynovchi fikr yuritish operatsiyalaridan biri klassifikatsiyalash hisoblanadi. Bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga o‘xshamasligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab, iarsalarii turkumlarga ajratish tizimi klassifikatsiya deb ataladi. Fan olamida buyuk hissa bo‘lib qo‘shilgan D.I.Mendeleyevning «Elementlarning davriy tizimi» jadvali klassifikatsiya uchun yorqin misoldir. Bunda olim elementlarni atom og‘irligi ortib borishiga, kimyoviy sifatlarining bir tipligiga va boshqa belgi va alomatlariga qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan.
Sistemalashtirish. Fikr ob’ektiv hisoblangan narsa va hodisalarni zamon (vaqt), makon (fazo) va mantiqiy jihatdan ma’lum tartibda joylashtirishdan iborat fikr yuritish operatsiyasi bilimlarni o‘zlashtirishda, ko‘nikma va malakalarni tartibga solishda muqim rol o‘ynaydi. Odatda, sistemalashtirish operatsiyasi yordamida narsa va hodisalar, faktlar, fikrlar va ob’ektlar makondagi, vaqtdagi egallagan o‘rniga qarab yoki mantiqiy joylashtiriladi.

Download 33.63 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page