Ta’lim jarayoni-yagona dinamik tizim sifatida.?


Ijtimoiy pedagogika. Ijtimoiy pedagogikaning kategoriyalari



Download 35.66 Kb.
Page4/6
Date24.02.2024
Size35.66 Kb.
#63658
1   2   3   4   5   6
1- topshiriq
A\'zamboy, 97137351-499b-46b2-8286-90745581affa
Ijtimoiy pedagogika. Ijtimoiy pedagogikaning kategoriyalari

Ijtimoiy pеdagogika - shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pеdagogik faoliyatning samarali usullari tеxnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo’llashga qaratilgan pеdagogika sohasi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat- bu bolaning ijtimoiylashuviga, ularga ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdirishga, jamiyatda o`z-o`zini boshqarishga sharoitlar yaratishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. U ma'lum shaxsga qaratilgan bo`lib, aniq manzilga yo`naltirilgan faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi xususiyatlarga ega.
▪ Ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat,
▪ bolalar tashkilotlaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat,
▪ bolalarning ijodkorligini oshirish va dam olishini tashkil etishga mas'ul tashkilotlardagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning asosiy yo`nalishlari qo`yidagilar hisoblanadi.
▪ dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni profilaktika qilish,
▪ ijtimoiy me'yorlardan chekingan (o`qish) bolalarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish .Bu ishlar ikki shaklda amalga oshiriladi:
1.Bevosita bolaning o`zi bilan olib boriladigan ishlar.
2.Bolaning ijtimoiy muhit bilan aloqasida vositachilik qilishi.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo`lgan ijtimoiy ta'lim kategoriyasi ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu bolaning ijtimoiylashuviga yordam beruvchi ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari
Xar qanday fanning rivojlanishi jarayonida tushunchalar ana shu fan kategoriyalariga birlashadi. Fan kategoriyalari shu fanda qo`llaniladigan yanada kattaroq,, amaliy tushunchalardir. Hammamizga ma'lumki, pedagogika fanining asosiy kategoriyalariga “ta'lim”, “tarbiya”, “ma'lumot” singari tushunchalar kiradi. Shu kategoriyalar asosida “shaxs”, “rivojlanish”, “faoliyat”, “jamiyat”, “ijtimoiylashuv” singari ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun umumiy bo`lgan tushunchalar qo`llaniladi. So`nggi yillarda «pedagogik faoliyat” kategoriyasi ham keng qo`llanilmoqda. Ijtimoiy pedagogika fani pedagogikaning yo`nalishlaridan biri sifatida “Ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “Ijtimoiy ta'lim” va “Ijtimoiy tarbiya” singari kategoriyalarga ega. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalarining bir-biridan farqli jixatlari mavjud.


  1. Download 35.66 Kb.

    Share with your friends:
1   2   3   4   5   6




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page